Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

43-modda. Yo‘qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yo„qolgan ijro ishi yuritilishi sud tomonidan ishda ishtirok etgan shaxslarning, ijro ishi 
yuritilishi taraflarining, davlat ijrochisining, prokurorning, shuningdek ijro hujjatini bergan sud yoki 
boshqa organning tashabbusiga binoan tiklanishi mumkin. 
(43-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Yo„qolgan ijro ishi yuritilishi to„liq yoki u sud fikriga ko„ra tiklanishi zarur deb hisoblagan 
qismida tiklanadi. 


Yo„qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to„g„risidagi ariza ijro etiladigan joydagi sudga 
beriladi. 
Arizada ijro ishini yuritilishiga doir ma‟lumotlar to„liq bayon etilishi lozim. Arizachida 
saqlanib qolgan va ijro ishini yuritilishiga daxldor bo„lgan hujjatlar yoki ularning nusxalari arizaga 
ilova qilinadi. 
Sud ishni ko„rayotganda ijro ishi yuritishning saqlanib qolgan qismidan, ish yo„qolguniga 
qadar undan jismoniy va yuridik shaxslarga olib berilgan hujjatlardan, bu hujjatlarning 
nusxalaridan, shuningdek ijro ishi yuritilishiga daxldor bo„lgan boshqa ma‟lumotnoma va 
hujjatlardan foydalanadi. 
Sud ijro harakatlarini bajarish vaqtida ishtirok etgan yoki hozir bo„lgan shaxslarni guvoh 
sifatida so„roq qilishi mumkin. 
To„plangan materiallar yo„qolgan ijro ishi yuritilishini aniq tiklash uchun yetarli bo„lmasa, 
sud ajrim chiqarib, ijro ishi yuritilishini tiklash to„g„risidagi arizani ko„rib chiqishni tugatadi. Bu 
holda arizachi umumiy tartibda da‟vo taqdim etishga haqli. 
Arizachi yo„qolgan ijro ishi yuritilishini tiklash to„g„risidagi ish ko„rib chiqilishi vaqtida 
sud tomonidan qilingan sud xarajatlarini to„lashdan ozod qilinadi. Bila turib, yolg„on ariza berilgan 
bo„lsa, sud xarajatlari arizachidan undirib olinadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling