Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet31/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

39-modda. Ijro ishi yuritishni tugatish oqibatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi sudning ijro ishi yuritishni tugatish to„g„risidagi ajrimi asosida, shuningdek 
davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni tugatish to„g„risidagi qarorida ijro etish bo„yicha o„zi 
tayinlagan barcha majburiy ijro choralarini, shu jumladan mol-mulkni xatlashni, shuningdek 
qarzdor uchun belgilangan cheklovlarni bekor qiladi. Ayni vaqtda davlat ijrochisi qarzdorning 
hisobvaraqlariga qo„yilgan inkasso topshiriqnomalarini chaqirib oladi, shuningdek cheklovlarni ijro 
etayotgan organlarni ushbu cheklovlar bekor qilinganligi to„g„risida yozma yoki elektron shaklda 
xabardor qiladi.
Ijro ishi yuritish tugatilganidan so„ng davlat ijrochisi qarzdorga davlat ijrochisi tomonidan 
solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish to„g„risida ilgari chiqarilgan hamda ijro etilmagan 
qarorlar ijrosini davom ettiradi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan taqdirda, ijro yig„imi ijro hujjatining faqat majburiy tartibda ijro 
etilgan qismi bo„yicha undiriladi. Bunda ijro ishi yuritish ushbu Qonun 37-moddasi ikkinchi 
qismining 
4-bandida 
ko„rsatilgan asoslar bo„yicha tugatilgan taqdirda ijro yig„imi davlat ijrochisi 
tomonidan amalga oshirilgan majburiy ijro etish choralaridan qat‟i nazar, to„liq hajmda qaytariladi.
Ijro ishi yuritish tugatilgan ijro hujjati ijro ishi yuritish materiallarida qoladi va takroran 
ijroga qaratilishi mumkin emas.
(39-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
40-modda. Ijro ishi yuritish qo‘zg‘atilganidan keyin ijro hujjatlarini qaytarish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatlarida ko„rsatilgan undiruv (talab) amalga oshirilmagan yoki qisman amalga 
oshirilgan bo„lsa, bunday ijro hujjatlari quyidagi hollarda undiruvchiga qaytariladi: 
(40-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ-762-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 
1) undiruvchining arizasiga ko„ra; 
2) agar qarzdorning manzilini yoki uning mol-mulki turgan joyni aniqlash yoxud banklar 
yoki boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlar va omonatlarda qarzdorga qarashli pul 
mablag„lari hamda boshqa qimmatliklar turganligi yoki saqlanayotganligi to„g„risidagi 
ma‟lumotlarni olish mumkin bo„lmasa (ushbu Qonunga muvofiq qarzdorni yoki uning mol-mulkini 
qidirish nazarda tutilgan hollar bundan mustasno); 
3) agar qarzdorning undiruv qaratilishi mumkin bo„lgan mol-mulki yoki daromadlari 
bo„lmasa va uning mol-mulki yoki daromadlarini qidirish yuzasidan davlat ijrochisi tomonidan 
qonunda yo„l qo„yiladigan doirada ko„rilgan barcha choralar natijasiz bo„lsa; 
4) agar undiruvchi ijro hujjati ijro etilayotganda qarzdorning sotilmagan mol-mulkini 
o„ziga olishdan voz kechsa yoxud qarzdorlik hisobidan ushbu mol-mulkni o„ziga olish to„g„risidagi 
davlat ijrochisining taklifi bo„yicha o„z qarorini belgilangan muddatda taqdim etmagan bo„lsa; 
5) agar undiruvchi o„z harakatlari (harakatsizligi) bilan ijro hujjatining ijro etilishiga 
to„sqinlik qilayotgan bo„lsa, shu jumladan ijro hujjatida ko„rsatilgan, qarzdordan olib qo„yilgan 
muayyan ashyolarni olishdan voz kechsa. 
Ushbu modda birinchi qismining 
3, 4
va 
5-bandlarida 
ko„rsatilgan asoslar bo„yicha 
undiruvni amalga oshirish mumkin bo„lmagan taqdirda, davlat ijrochisi bu haqda tegishli 
dalolatnoma tuzadi, dalolatnomani katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. 
Ushbu modda birinchi qismining 
2
 va 
3-bandlarida 
ko„rsatilgan asoslar bo„yicha undiruvni 
amalga oshirish mumkin bo„lmagan taqdirda, budjetga hamda davlat maqsadli fondlariga soliq va 
boshqa majburiy to„lovlar bo„yicha boqimanda qarzdorlikni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjati 
davlat soliq xizmati organiga, davlat daromadiga o„zga undiruvni nazarda tutuvchi ijro hujjati esa 
tegishincha ushbu hujjatni bergan sudga yoki boshqa organga qaytariladi. 


Ijro hujjatining undiruvchiga qaytarilishi mazkur hujjatni ushbu Qonunning 
27-moddasiga 
muvofiq hisoblab chiqariladigan muddat doirasida yangidan ijroga topshirish uchun to„siq 
bo„lmaydi. 
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 
1-bandida 
ko„rsatilgan asos bo„yicha 
qaytarilganda, undiruvchiga ushbu Qonunning 
76-moddasida 
nazarda tutilgan bo„nak badali to„liq 
qaytariladi. 
Ijro hujjati ushbu modda birinchi qismining 
3

4
va
5-bandlarida 
ko„rsatilgan asoslar 
bo„yicha qaytarilgan hollarda bo„nak badalining qaytarilayotgan ijro hujjatini ijro etish yuzasidan 
davlat ijrochisi qilgan xarajatlardan ortiqcha qismigina qaytariladi. Undiruvchiga ijro hujjati va 
bo„nak badalini qaytarish to„g„risida davlat ijrochisi tomonidan katta davlat ijrochisi tasdiqlaydigan 
qaror chiqariladi. 
(40-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling