Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
42-modda. Qarzdorni, uning mol-mulkini yoki bolani qidirish
Oldingi tahrirga qarang. Alimentlar undirish to„g„risidagi, mayib bo„lganlik yoki sog„liqqa boshqacha tarzda shikast yetkazganlik oqibatidagi zararni qoplash to„g„risidagi yoxud boquvchisining vafoti natijasida ziyon ko„rgan shaxslarga zararni to„lash, zararni davlat foydasiga undirish to„g„risidagi, shuningdek bolani olib qo„yish to„g„risidagi ijro hujjatlari bo„yicha qarzdorning turgan joyi haqida ma‟lumotlar bo„lmaganda, davlat ijrochisi o„z tashabbusi bilan yoki undiruvchining arizasiga ko„ra qarzdorni qidirish to„g„risida qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Bu holda davlat ijrochisi qarzdorning mol-mulkini yoki bolani qidirish to„g„risida qaror chiqaradi. Ijro hujjatlarining boshqa turlari bo„yicha davlat ijrochisi qarzdorni yoki uning mol- mulkini qidirishga ketadigan xarajatlarini hamda ko„rsatilgan xarajatlar yuzasidan ushbu Qonunning 76-moddasiga muvofiq bo„nak to„lash uchun undiruvchining roziligi bo„lgan taqdirda qidiruv e‟lon qilishga haqlidir. Bu holda undiruvchi qidiruv xarajatlarini to„lashni qarzdordan sud tartibida talab qilishga haqlidir. Qidiruv ijro hujjatini ijro etish joyida, qarzdorning ma‟lum bo„lgan oxirgi yashash joyida (turgan joyida) yoki uning mol-mulki turgan joyida yoxud undiruvchining yashash joyida (turgan joyida) e‟lon qilinadi. Oldingi tahrirga qarang. Qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo„yilishi lozim bo„lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish Majburiy ijro byurosi organlari tomonidan amalga oshiriladi. Avtomototransport vositasini qidirish davlat ijrochisining qarori bilan ichki ishlar organlarining zimmasiga yuklatilishi mumkin. (42-moddaning to„rtinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ-762- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Oldingi tahrirga qarang. Qarzdorni, uning mol-mulkini va olib qo„yilishi lozim bo„lgan bolani qidirish xarajatlari qarzdordan undiriladi, davlat ijrochisi bu haqda qaror chiqaradi, qarorni katta davlat ijrochisi tasdiqlaydi. Avtomototransport vositasini qidirish bo„yicha xarajatlar ichki ishlar organining arizasiga ko„ra, qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo„yilishi lozim bo„lgan bolani, qarzdor yuridik shaxsni va qarzdorning (jismoniy yoki yuridik shaxsning) mol-mulkini qidirish bo„yicha xarajatlar esa tegishli davlat ijrochisi tomonidan qilingan xarajatlar hisob-kitobi asosida aniqlanadi. (42-moddaning beshinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ-762- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Davlat ijrochisining qarzdorni yoki uning mol-mulkini qidirishni rad etish to„g„risidagi va qidirish xarajatlarini undirish to„g„risidagi qarori ustidan shikoyat qilish yoki protest bildirish mumkin. (42-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling