Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

48
2
-modda. Undiruvni Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysining, qimmatli 
qog‘ozlar bozori professional ishtirokchisining va ular mijozlarining pul mablag‘lariga 
hamda qimmatli qog‘ozlariga qaratish xususiyatlari
Qimmatli qog„ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog„ozlar bozori professional 
ishtirokchisining qarzlari bo„yicha undiruv ular mijozlarining Qimmatli qog„ozlar markaziy 
depozitariysi va qimmatli qog„ozlar bozorining professional ishtirokchisi tomonidan kredit 
tashkilotida ochilgan hisobvarag„idagi pul mablag„lariga qaratilishi mumkin emas.
Qimmatli qog„ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog„ozlar bozori professional 
ishtirokchisining qarzlari bo„yicha undiruv ular mijozlarining tegishli reyestr yuritish tizimidagi 
shaxsiy hisobvaraqlarida hamda Qimmatli qog„ozlar markaziy depozitariysi va qimmatli qog„ozlar 
bozorining professional ishtirokchisi tomonidan ochilgan depo hisobvaraqlarida saqlanayotgan 
qimmatli qog„ozlariga qaratilishi mumkin emas. 
(48
2
-modda O„zbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi O„RQ-411-sonli 
Qonuni 
tahririda — O„R QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda) 
48
3
-modda. Undiruvni ayrim yuridik shaxslarning, ular mulkdorlarining
muassislarining va a’zolarining (ishtirokchilarining) mol-mulkiga qaratish xususiyatlari 
Yuridik shaxsning qarzlari bo„yicha, shu jumladan uning mol-mulki ijro hujjatidagi 
talablarni ijro etish uchun yetarli bo„lmaganda, undiruv sud hujjati asosida, qonunda belgilangan 
shartlarda va tartibda ushbu yuridik shaxs mulkdorlarining, muassislarining va a‟zolarining 
(ishtirokchilarining) pul mablag„lariga hamda boshqa mol-mulkiga qaratilishi mumkin. 
Tegishli qarzdor yuridik shaxslarga nisbatan ijro harakatlarini amalga oshirishda undiruvni 
xususiy korxona mulkdori, muassasa mulkdori, fermer xo„jaligining rahbari, dehqon xo„jaligining 
a‟zolari, ishlab chiqarish kooperativining a‟zolari, qo„shimcha mas‟uliyatli jamiyat ishtirokchilari
to„liq shirkat ishtirokchilari, shuningdek kommandit shirkatdagi to„liq sheriklar pul mablag„lariga 
va boshqa mol-mulkiga qaratish ijro hujjatini ijro etish tartibi hamda usulini o„zgartirish orqali 
amalga oshiriladi. 
Qarzdorning ijro hujjatidagi talablarni ijro etish uchun yetarli mol-mulki bo„lmaganda, 
undiruv sud qarori asosida qarzdorning mas‟uliyati cheklangan jamiyat, qo„shimcha mas‟uliyatli 
jamiyat, to„liq shirkat, kommandit shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushiga, qarzdorning 
ishlab chiqarish kooperatividagi payiga qaratiladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling