Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. So‘mda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

48-modda. So‘mda hisoblanadigan qarz undiruvini qarzdorning chet el valyutasidagi 
pul mablag‘lariga qaratish tartibi
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi qarzdorning ma‟lum bo„lib qolgan va olib qo„yilgan chet el valyutasidagi 
naqd pul mablag„ini u olib qo„yilgan kunning ertasidan kechiktirmay O„zbekiston Respublikasining 
ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankka sotish uchun 
topshiradi.
Qarzdorning chet el valyutasidagi xatlangan pul mablag„lari O„zbekiston Respublikasi 
ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish huquqidan foydalanuvchi bankdagi bank 
hisobvarag„ida, omonatida turgan yoki saqlanayotgan bo„lsa, davlat ijrochisi o„z qarori bilan bank 
zimmasiga ijro yig„imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni ijro 
xarajatlarini inobatga olgan holda ijro hujjatini ijro etish uchun zarur hajmda chet el valyutasini 
sotish majburiyatini yuklaydi.
Agar bank O„zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotish 
huquqidan foydalanmasa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el valyutasini shunday huquqdan 
foydalanuvchi bankka o„tkazish majburiyatini yuklaydi. 
(48-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
48
1
-modda. Qarzni chet el valyutasida hisoblab chiqarishda undiruvni qarzdorning 
pul mablag‘lariga qaratish tartibi 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdordan topilgan va olib qo„yilgan, ijro hujjatida ko„rsatilgan naqd chet el valyutasini 
davlat ijrochisi olib qo„yilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay Majburiy ijro byurosi 
organining depozit hisobvarag„iga topshiradi, ijro hujjatida ko„rsatilganidan boshqa chet el 
valyutasini yoki so„mdagi naqd pul mablag„larini sotish (ijro hujjatida ko„rsatilgan tegishli chet el 
valyutasini sotib olish) uchun chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish huquqidan 
foydalanuvchi bankka topshiradi.
Qarzdorning bank hisobvarag„ida, omonatida turgan yoki bankda saqlanayotgan, ijro 
hujjatida ko„rsatilganidan boshqa chet el valyutasidagi yoki so„mdagi pul mablag„lari xatlanganida, 
davlat ijrochisi o„z qarori bilan vakolatli bank zimmasiga ijro hujjatini ijro etish uchun zarur 


bo„lgan miqdorda ijro hujjatida ko„rsatilgan tegishli chet el valyutasini sotib olish majburiyatini 
yuklaydi.
Agar bank O„zbekiston Respublikasining ichki valyuta bozorida chet el valyutasi sotish 
yoki sotib olish huquqidan foydalanmayotgan bo„lsa, davlat ijrochisi uning zimmasiga chet el 
valyutasi yoki so„mni shunday huquqdan foydalanuvchi bankka o„tkazish majburiyatini yuklaydi.
Vakolatli banklar tomonidan chet el valyutasida sotib olingan pul mablag„lari ular 
tomonidan Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmasi depozit valyuta hisobvarag„iga 
o„tkaziladi.
Qarz chet el valyutasida hisoblab chiqarilayotganda davlat ijrochisi ijro yig„imi, 
shuningdek u tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini tegishli qaror 
chiqarilgan kundagi O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan chet el 
valyutasi kursidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqilgan miqdorda so„mda hisoblab chiqaradi. 
(48
1
-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling