Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 34-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning majburiyligi
33-modda. Ijro harakatlarini keyinga qoldirish
Oldingi tahrirga qarang. Davlat ijrochisi ijro harakatlari amalga oshirilishini undiruvchining arizasiga ko„ra keyinga qoldirishga haqli. Arizada ijro harakatlarini keyinga qoldirishning so„ralayotgan muddati ko„rsatilishi kerak. Ijro harakatlarini amalga oshirishga to„sqinlik qiluvchi holatlar mavjud bo„lganda davlat ijrochisi ijro harakatlarini qarzdorning arizasiga ko„ra yoki o„z tashabbusiga ko„ra o„n kundan ko„p bo„lmagan muddatga ko„pi bilan ikki marta kechiktirishi mumkin. Ijro harakatlari keyinga qoldirilgan taqdirda davlat ijrochisi ijro harakatlarini keyinga qoldirish asosini va ijro harakatlari qaysi muddatga qoldirilganligini ko„rsatgan holda qaror chiqaradi. Chiqarilgan qaror haqida ijro ishi yuritishdagi taraflar, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organ xabardor qilinadi. Davlat ijrochisining ijro harakatlarini keyinga qoldirish to„g„risidagi qarori ustidan shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin. (33-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 34-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishning majburiyligi Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda sud tomonidan to„xtatib turilishi shart: 1) agar sud tomonidan aniqlangan huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo„l qo„ysa, qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e‟lon qilinganda yoki bedarak yo„qolgan deb topilganda; Oldingi tahrirga qarang. (34-modda birinchi qismining 2-bandi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ- 762-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Oldingi tahrirga qarang. 3) agar qonunchilikda nizolashishga yo„l qo„yilgan bo„lsa, qarzdor ijro hujjati yuzasidan sud tartibida nizolashganda; (34-modda birinchi qismining 3-bandi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ- 683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 4) ma‟muriy huquqbuzarlik to„g„risidagi ishlarni ko„rib chiqish vakolatiga ega organlarning qarorlari (mansabdor shaxslarning harakatlari) ustidan sudga shikoyat berilganda; 5) ijro hujjati bo„yicha undiruv qaratilgan mol-mulkni ro„yxatdan chiqarish (xatlashdan ozod qilish) to„g„risida sudga da‟vo arizasi berilganda; 6) ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan boshqa asoslar vujudga kelganda. Oldingi tahrirga qarang. Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda davlat ijrochisi tomonidan to„xtatib turilishi shart: (34-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30- iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 1) qarzdor muddatli harbiy xizmatda bo„lganda yoki muddatli harbiy xizmatda bo„lgan undiruvchi iltimos qilganda; Oldingi tahrirga qarang. 2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to„g„risidagi ish bo„yicha iqtisodiy sud tomonidan ish yuritish qo„zg„atilganda, shu jumladan kuzatuvni joriy etish to„g„risida, sud sanatsiyasini yoki tashqi boshqaruvni joriy etish va (yoki) ularning muddatini uzaytirish to„g„risida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul qilinganda, “ Bankrotlik to„g„risida ”gi O„zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ijro etilishi to„xtatib turilishi mumkin bo„lmagan ijro hujjatlari bundan mustasno; (34-moddaning ikkinchi qismi 2-bandi O„zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O„RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Oldingi tahrirga qarang. 2 1 ) qarzdor muomalaga layoqatsiz deb topilganda; (34-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ-762- sonli Qonuniga asosan 2 1 -band bilan to„ldirilgan — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Oldingi tahrirga qarang. 3) ijro hujjatini berish uchun asos bo„lgan sud hujjatini yoki boshqa organ hujjatini ijro etishni to„xtatib turish huquqi qonunda berilgan mansabdor shaxs tomonidan qaror chiqarilganda; 4) undiruvchi mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish to„g„risidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar ijro ishi avval mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish munosabati bilan to„xtatib turilmagan bo„lsa. (34-modda ikkinchi qismining 3-bandi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ- 551-sonli Qonuniga asosan 3 va 4-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) LexUZ sharhi O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 455-moddasi va Iqtisodiy protsessual kodeksining 345-moddasiga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling