Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
27-modda. Ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari
Ijro hujjatlari quyidagi muddatlarda ijroga topshirilishi mumkin: Oldingi tahrirga qarang. 1) umumiy yurisdiksiya sudlarining sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari uch yil mobaynida, iqtisodiy sudlarning sud hujjatlari esa — olti oy mobaynida; (27-moddaning birinchi qismi 1-bandi O„zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O„RQ-446-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) Oldingi tahrirga qarang. 2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish to„g„risidagi sud hujjatlari asosida beriladigan ijro varaqalari — olti oy mobaynida; (27-modda birinchi qismining 2-bandi O„zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O„RQ- 106-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda) 3) notariuslarning ijro xatlari — uch yil mobaynida; 4) mehnat nizolari komissiyalarining guvohnomalari — uch oy mobaynida; 5) ishlarni ma‟muriy tartibda ko„rish vakolatiga ega organlarning (mansabdor shaxslarning) qarorlari — uch oy mobaynida. Oldingi tahrirga qarang. Boshqa ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari tegishli ijro hujjatlarini berish shartlari va tartibini belgilovchi qonunchilik hujjatlarida ko„rsatiladi. (27-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Ushbu moddaning birinchi qismida ko„rsatilgan muddatlar quyidagicha hisoblanadi: 1) ushbu modda birinchi qismining 1-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari (sud buyrug„i bundan mustasno) ijroga topshirilganda — sud hujjati qonuniy kuchga kirgan yoki uning ijrosini kechiktirish yoki bo„lib-bo„lib ijro etish uchun belgilangan muddat tugagan kundan boshlab yoxud ijro hujjatini ijroga topshirishning o„tkazib yuborilgan muddatini tiklash to„g„risidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab, sud hujjati darhol ijro etilishi lozim bo„lgan hollarda esa — hujjat chiqarilgan kunning ertasidan boshlab; 2) sud buyruqlari ijroga topshirilganda — ular berilgan kundan boshlab o„n kunlik muddat o„tganidan keyin; 3) ushbu modda birinchi qismining 5-bandida qayd etilgan ijro hujjatlari ijroga topshirilganda — qaror chiqarilgan kundan boshlab. Ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan boshqa barcha ijro hujjatlari bo„yicha ularni ijroga topshirish muddatlari, agar qonunda boshqacha tartib belgilangan bo„lmasa, ular berilgan kunning ertasidan boshlab hisoblanadi. Davriy to„lovlarni undirish to„g„risidagi (alimentlar undirish, sog„liqqa shikast yetkazilgani oqibatidagi zararni qoplash to„g„risidagi va shu kabi ishlarga doir) sud hujjatlari bo„yicha ijro hujjatlari to„lovlarni undirishning belgilangan butun davrida o„z kuchini saqlab qoladi. Bunday tartib alimentlar to„lash to„g„risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlarga nisbatan ham amal qiladi. Bunday hollarda ijro hujjatlarini ijroga topshirish muddatlari har bir to„lov uchun alohida hisoblanadi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling