Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

25
1
-modda. Yig‘ma ijro ishi yuritish 
Bitta qarzdorga nisbatan qo„zg„atilgan mulkiy tusga ega bo„lgan bir nechta ijro hujjati
shuningdek solidar javobgar bo„lgan bir nechta qarzdorga nisbatan bir undiruvchi foydasiga undiruv 
bo„yicha qo„zg„atilgan ijro ishi yuritishlar yig„ma ijro ishi yuritishga birlashtiriladi. 
Majburiy ijro byurosining bir nechta hududiy boshqarmasi bo„linmalariga kelib tushgan bir 
qarzdorga yoki solidar javobgar bo„lgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo„yicha ijro 
hujjatlari yuzasidan yig„ma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi direktori yoxud uning o„rinbosari 
belgilaydigan bo„linma tomonidan qo„zg„atiladi va yuritiladi. 
Majburiy ijro byurosi bitta hududiy boshqarmasining bir nechta bo„linmasiga kelib tushgan 
bir qarzdorga yoki solidar javobgar bo„lgan bir nechta qarzdorga nisbatan undiruv bo„yicha ijro 
hujjatlari yuzasidan yig„ma ijro ishi yuritish Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmasi boshlig„i 
yoxud uning o„rinbosari belgilaydigan hududiy bo„linma tomonidan qo„zg„atiladi va yuritiladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yig„ma ijro ishi yuritish qo„zg„atilganidan keyin kelib tushgan va yig„ma ijro ishi 
yuritilayotgan qarzdorga nisbatan mulkiy tusdagi talablar ko„rsatilgan ijro hujjatlari yig„ma ijro 
ishini yuritayotgan davlat ijrochisiga topshiriladi. Bu haqda undiruvchi, qarzdor, sud yoki ijro 
hujjatini bergan boshqa organ xabardor qilinadi. 


(25
1
-moddaning to„rtinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
26-modda. Ijro harakatlari amalga oshiriladigan vaqt 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro harakatlari ish kunlarida soat 8.00 dan 22.00 gacha amalga oshiriladi. Ijro harakatlarini 
amalga oshirishning aniq vaqtini davlat ijrochisi belgilaydi. Ijro ishi yuritishda qatnashuvchi taraflar 
ijro harakatlarini amalga oshirishning o„zlari uchun qulay vaqtini taklif etishga haqlidirlar. Ijro 
harakatlarini sutkaning boshqa vaqtida, shuningdek dam olish va bayram kunlarida amalga 
oshirishga belgilangan tartibda faqat kechiktirib bo„lmaydigan yoki qarzdorning aybiga ko„ra ularni 
boshqa vaqtda amalga oshirish mumkin bo„lmagan hollarda yo„l qo„yiladi. 
(26-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling