Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko„zdan kechirish, xatlash, olib
qo„yish va berish bilan bog„liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart.
Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko„ra chaqiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo„lmagan va o„zaro
yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo„lmagan, bir-biriga bo„ysunmaydigan va bir-
birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif
etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo„lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: