Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

8
2
-modda. Ayrim toifadagi ijro hujjatlarining ijro etilishini ular Majburiy ijro 
byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar ta’minlash
Quyidagi ijro hujjatlari Majburiy ijro byurosi organlariga taqdim etilguniga qadar 
undiruvchi tomonidan tegishli davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga ijrosini 
ta‟minlash uchun topshiriladi: 
yuridik shaxsdan pul mablag„larini undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari — qarzdor yuridik 
shaxsga hisobvaraqlar bo„yicha xizmat ko„rsatuvchi bank muassasasiga yoki boshqa kredit 
tashkilotiga (bundan O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga undiruvni nazarda tutuvchi ijro 
hujjatlari mustasno); 
davlat ro„yxatidan o„tkazilgandan keyin yuzaga keladigan mulkiy huquqlarni belgilash 
to„g„risidagi yoki ularni davlat ro„yxatidan o„tkazish haqidagi ijro hujjatlari — tegishli mulkiy 
huquqlarni davlat ro„yxatidan o„tkazishni amalga oshiruvchi davlat organlariga va tashkilotlarga; 
qimmatli qog„ozlarga bo„lgan mulk huquqini belgilash yoki qimmatli qog„ozlarning 
miqdori va turi bo„yicha aniqlanadigan yuridik shaxslar ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni 
belgilash to„g„risidagi yoxud qimmatli qog„ozlarga bo„lgan mulk huquqini hisobga olishga doir 
majburiyat yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qimmatli qog„ozlarga bo„lgan mulk 
huquqini ijro hujjatida ko„rsatilgan shaxs nomiga hisobga qo„yish maqsadida vakolatli organga 
(tashkilotga); 
ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari — ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga; 
ish haqini va unga tenglashtirilgan to„lovlarni undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — 
ish haqini va unga tenglashtirilgan to„lovlarni amalga oshirishi shart bo„lgan tegishli ish beruvchiga 
(tashkilotga); 
qarzdor davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxslari to„g„risidagi yoxud 
ularning zimmasiga majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutuvchi ijro hujjatlari — qarzdor davlat 
organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga yoxud ijro hujjatida o„z zimmasiga 
majburiyatlar yuklatilgan davlat organiga, tashkilotga yoki uning mansabdor shaxsiga; 
ma‟muriy jarima solish haqidagi ijro hujjatlari — ish haqini yoki boshqa daromadni
pensiyani yoki stipendiyani to„lashni amalga oshiruvchi tashkilotga (bundan huquqbuzar 
ishlamayotgan yoki uning ish joyi noma‟lum bo„lgan hollar mustasno). Ushbu tartib sudning 
ma‟muriy jarima solish to„g„risidagi ijro hujjatlariga nisbatan qo„llanilmaydi. 


Ushbu moddaning 
birinchi qismida
nazarda tutilgan ijro hujjatlari o„ziga ushbu hujjatlar 
taqdim etilgan davlat organi, tashkilot va mansabdor shaxslar tomonidan, agar ijro hujjatlarida 
boshqa muddat ko„rsatilmagan bo„lsa, ular taqdim etilgan kundan e‟tiboran o„n besh kun ichida, 
banklarga taqdim etilgan yuridik shaxsdan pul mablag„larini undirish to„g„risidagi ijro hujjatlari esa 
keyingi ish kunidan kechiktirmay bank tomonidan ijro etiladi. 
Ishga tiklash haqidagi ijro hujjatlari ishga tiklash vakolati berilgan ish beruvchiga ijroni 
ta‟minlash uchun undiruvchi tomonidan ijro hujjati taqdim etilgan kundan keyin darhol ijro etiladi. 
Ayrim toifadagi ijro hujjatlari ushbu moddaning 
ikkinchi
va 
uchinchi qismlarida
 
ko„rsatilgan muddatlarda davlat organi, tashkilot yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan uzrsiz 
sabablarga ko„ra ijro etilmagan taqdirda, undiruvchi tomonidan ijro hujjati Majburiy ijro byurosi 
organlariga taqdim etiladi hamda aybdor shaxslar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro 
etish to„g„risidagi qonunchilikni buzganlik uchun qonunda belgilangan javobgarlikka tortiladi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling