¤збекистон респуликаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Korxonalarda sexlarni isitish sistemalari
Download 51.73 Kb.
|
ishlab chiqarish sexlarini changdan tozalash uskinalarni hisoblashni o\'rganish
2. Korxonalarda sexlarni isitish sistemalari.
Umuman isitish sistemalari uch xil bo’ladi. 1. Maxaliy -pechkalar bilan isitish. 2. Markaziy - Bug’ qozonlari bilan isitish (maktablar, paxta zavodlari, ayrim korxonalar). 3. Rayon sistemasi. Sexlarni isitishda eng maqsadga muvofiq turi rayon sistemasidir. Isitish sistemalarini issiqlik tashuvchi turiga qarab uch xilga bo’lish mumkin: 1. Suv bilan isitiladigan. 2. Bug’ bilan isitiladigan. 3. Havo bilan isitiladigan. Bularning xarbirini afzalliklarini va nuqsonlari haqida tHxtalib O’tamiz. Suv bilan isitish sistemalari. Afzalliklari: 1. Isitish asboblariga kelayotgan issiqlikni markaziy boshqarish imkoni borligi. 2. Isitish asboblarining yuzalaridagi xarorat juda yuqori bHlmaganligi sababi gigiyenik nuqtai nazardan afzalligi. 3. Tuzilishi oddiy va ekspluatasiyada qulay. 4. Shovqin - suronsiz, tinch ishlaydi. 5. Quvurlar va isitish asboblari uzoq vaqtga chidaydi. Nuqsonlari. 1. Nisbatan qiymatga tushadi. 2. Sistemada suvning muzlab qolish extimoli bor. 3. Quvurlar ulangan joylardan suv oqishi mumkin. 4. Suvning og’irligidan quvurlarda va isitish asboblarrida, ayniqsa pastki qavatlarda katta gidrostatistik bosim xosil bo’lishi mumkin. Bug’ bidlan isitish sistemalari. Afzalliklari. 1. Nisbatan arzonroq turadi. (20-30%). 2. Sex havosini tez isitaolish qobiliyati. Nuqsonlari. 1. Issiklikni tez markaziy boshqarish imkoni yo’qligi. 2. Sistemasining gigiyenik nuqtai nazardan qulay emasligi. (O’tirgan chang quyib, sex havosini buzadi). 3. Sistema tinch va sokin ishlamaydi. Gidravlik zarba. 4. Boshqarishning qiyinligi, ayniqsa yuqori bosimli sistemalarda. 5. Sexning yuzasi bo’yicha barcha nuqtalarda bir xil xaroratga erishib bo’lmaydi. Havo bilan isitiladigan sistemalar. Afzalliklari. 1. Bir vaqtning O’zida sexning barcha nuqtalarida bir xil xaroratga erishish mumkin. 2. Sex havosining ion tarkibini boshqarish mumkin. 3. Sex havosining elekstr xolatini boshqarish mumkin. 4. Xaroratini markaziy boshqarish imkoniyati qulayligi. 5. Havo tarkibiga antibiotoklar aralashtirib ishchilarning sog’liQini profilaktika qilish mumkin. Nuqsonlari. 1. Havo quvurlari ancha maydonni egallaydi va yoritilganlikni tashkil etishda qulaysiz tuQdiradi. Download 51.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling