¤збекистон респуликаси олий ва ¤рта махсус таълим вазирлиги
Download 51.73 Kb.
|
ishlab chiqarish sexlarini changdan tozalash uskinalarni hisoblashni o\'rganish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi guruhga
- Ikkinchi guruhga
Mehnat qurollari deb, inson uning yordamida tabiatga, mehnat ‘redmetlariga ta’sir qiladigan vositalarga aytiladi (mashinalar, stanoklar, traktorlar, qurilmalar, uskunalar va boshqalar). Mehnat ‘redmetlari esa bevosita mehnat ta’sir qiladigan, ya’ni mahsulot tayyorlanadigan narsalardir (er-suv, xom ashyo va boshqa turli materiallar). Mehnat ‘redmetlari tabiatda tayyor holda uchrashi mumkin yoki oldingi davrdagi mehnat mahsuli, ya’ni xom ashyo bo’lishi mumkin. Mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari birgalikda ishlab chiqarish vositalari deb yuritiladi. Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari hamma ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar, insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir.
Mehnat vositalarini mehnat ‘redmetlariga ta’sir etish xususiyatiga ko’ra bir nechta katta guruhlarga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga mashinalar, mexanizmlar, stanoklar, uskunalar, turli xil a’’aratlar va boshqalardan iborat mehnat qurollarini kiritish mumkin. Ularning yordamida ishchi tabiat ashyolari va kuchlariga bevosita ta’sir qiladi va bu ashyolarni o’zining iste’moli uchun zarur bo’lgan shaklga keltiradi. Ikkinchi guruhga materiallarni saqlash uchun mo’ljallangan mehnat vositalari (stisternalar, turli xil bochkalar, quvurlar, omborlar va boshqalar) kiritiladi. Uchinchi guruhga ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashmaydigan, lekin unga shart-sharoit yaratib beradigan mehnat vositalari kiradi. Lekin bu vositalarsiz ishlab chiqarish jarayonining amalga oshishi mumkin emas yoki to’la va samarali amalga oshmasligi mumkin. Bularga binolar, yo’llar va boshqalar misol bo’la oladi. Hozirgi fan-texnika inqilobi davrida ishlab chiqarishning rivojlanishida mehnat ‘redmetlarining ahamiyati oshib bormoqda. Materiallarning tabiatda tayyor holda uchramaydigan yangi turlari yaratilmoqda. Ishlab chiqarish omillari insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun umumiy bo’lsada, bu omillarga turli adabiyotlarda turlicha ta’rif berishadi va ularni turlicha tushuntirishadi. Jumladan, «Siyosiy iqtisod» darsliklarida ishlab chiqarishning ikki omili: moddiy va shaxsiy omillari mavjudligi tan olinadi. Bunda mehnat qurollari va mehnat ‘redmetlari (er-suv, er osti boyliklari kabi tabiiy boyliklar ham) ishlab chiqarish vositalari deyiladi va ishlab chiqarishning moddiy omilini tashkil etadi, ishchi kuchi esa uning shaxsiy omili deb yuritiladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotiga doir ko’’chilik adabiyotlarda esa ishlab chiqarishning to’rt omili: mehnat, ka’ital, er-suv, tadbirkorlik qobiliyati tan olinadi. Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o’rtasidagi farqni anglab olish juda muhimdir. Chunki, mehnat insonning to’g’rirog’i ishchi kuchining ma’lum maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo’lib, ishchi kuchi tushunchasidan tamomila boshqa tushunchadir. Ko’’gina adabiyotlarda esa ularni sinonim (bir xil tushuncha) deb qarashadi va ko’’gina chalkashliklar keltirib chiqaradi. Bizga ma’lumki, mehnat turli omillarning birikib, amal qiladigan jarayonidir. Ishchi kuchi, yuqorida aytganimizdek, insonning mehnatga bo’lgan aqliy va jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab chiqarishga qatnashishiga tayyor turgan omil bo’lib xizmat qiladi, mehnat esa ishchi kuchining ishlab chiqarish vositalari bilan qo’shilishi natijasida sodir bo’ladigan va ma’lum samara olishga qaratilgan faoliyatdir. Shuning uchun biz mehnat degan tushunchani emas, balki ishchi kuchi degan tushunchani ishlab chiqarishning omili deb bilamiz va ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, ka’ital, er-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat deb ta’kidlaymiz (2-chizma). Download 51.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling