“Ўзбекистон тарихи” кафедраси


Download 71.37 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.11.2023
Hajmi71.37 Kb.
#1777242
1   2   3
Bog'liq
organized (1)

 
 
Техник котиб: Ботиров Ш.А.
Мазкур тўплам Ўзбекистонда тарихи фани, унинг илмий ва назарий
асосларини, фан янгиликларни таълим соҳасига жорий этилиши, гуманитар 
фанлар, фан ва таълим соҳаси масалаларига оид мақола ва тезисларни ўз 
ичига олади. Тўпламда ёш тадқиқотчилар ва иқтидорли талабалар 
Ўзбекистон тарихининг долзарб масалалари (қадимги даврдан ҳозирги 
кунгача), Ўзбекистон давлатчилиги тарихи ва унинг тараққиёт босқичлари 
(қадимги даврдан ҳозирги кунгача), Ўзбекистонда ер – сув муносабатлари 
тарихи (қадимги даврдан ҳозирги кунгача), Ўзбекистон тарихини ўрганишда 
археология, этнология-этнография, тарихшунослик ва манбашунослик 
масалалари ҳамда Ўзбекистоннинг энг янги тарихи: сиёсий, ижтимоий-
иқтисодий ва маънавий-маърифий соҳалардаги ислоҳотлар каби масалаларни 
ўз тадқиқотларида очиб берган. 
Мазкур тўпламга киритилган мақола ва тезислардаги келтирилган 
статистика ва маълумотлар учун муаллифларнинг ўзи жавобгардир. 
 
Мазкур тўплам Мирзо Улуғбек номидаги Ўзбекистон Миллий 
университети Илмий – техникавий кенгашининг 2020 йил 4 апрелдаги 
4-сонли мажлисида муҳокама этилиб, нашрга тавсия этилган. (20.04.2020. 
Баённома № 4.). 


84 
Qo‘shboyev Q.S.– 
O‘zMU II bosqich talabasi
XALQ SUYGAN HUKMDOR 
 
O‘zbekiston tarixining o‘rta asrlar, xususan, so‘nggi o‘rta asrlar davriga oid 
tadqiqotlar nisbatan kamchilikni tashkil etadi. Shu bilan birga, sovet davri 
tarixshunosligida bu davrda yashagan shaxs, davlat arboblarining faoliyatiga 
nisbatan bir tomonlama qarab kelindi. Natijada, XVI-XIX asrlarda faoliyat 
ko‘rsatgan O‘rta Osiyo xonliklari hukmron sulola vakillari zolim, ma’rifatsiz, o‘z 
saroylarida huzur-halovatda yashagan hukmdorlar sifatida nohaq ayblar qo‘yib 
kelindi. Ularning islohotchilik faoliyati, ma’rifatparvarligi va xalq mehrini 
qozonish yo‘lidagi faoliyati deyarli yoritilmadi. Buning oqibatida, bugungi kunda 
ham ta’lim tizimi o‘quv adabiyotlari va ba’zi ilmiy tadqiqotlarda ularning 
faoliyatini yoritishda sovet davri metodlari ta’siridan uzoqlashmaslik holati yuqori 
darajasini saqlab qolgan. Shu nuqtai nazardan, xonliklar davri tarixiy shaxslari 
faoliyatiga xolis baho berish tarix fani oldidagi dolzarb vazifalardan biridir. 
Buxoro xonligida Ashtarxoniylar hokimyat tepasidan ketkandan keyin 
xonlikni yangi Mang‘itlar sulolasi egalladi[1756-yildan]. Uning yirik vakillaridan 
biri hisoblangan amir Shohmurodning shaxsiyati, hayoti va hukumronlik yillarida 
olib borgan islohotlari diqqatga sazovordir. Ahmad Donish o‘z asarida‘‘Amiri 
Ma’sum hayot tarzining o‘zi haqida butun bir kitob yozilishi kerak‘‘ deya 
ta’kidlagan edi. Shuning uchun uning shaxsiyatiga ozgina to‘xtalib o‘tishni lozim 
toptik. 
O‘z davrida Amiri Ma’sum, Amiri Kabir, Amiri Jannatmakon, Ikkinchi 
Umar kabi turli nomlar bilan atalgan Amir Shohmurod 1742-1800-yillarda 
yashagan
164

Donyolbiy otaliq hukumronligining oxirgi yillarida davlat ishlaridan 
chetlashib mamlakatda tartibsizliklar, og‘ir soliqlar natijasida xalqning ahvoli 
og‘irlashishi mamlakatda noroziliklarning kuchayib ketishiga sabab bo‘ladi. Amir 
Donyol bin Xudoyorbiy 27 yil podsholik qilib, 75 yil umr ko‘rdi. Uning 12 o‘g‘il 
farzandi bo‘lib, hammadan Amir Shohmurodbiy farosatli, aqlli va taqvodor edi. U 
hijriy 1199-yili Buxoro taxtiga o‘tirdi. Jannatmakon deb atar edilar
165
. Otasining 
vafotidan keyin Mang‘itlar sulolasining uchinchi vakili hisoblangan Amir 
Shohmurod hokimyat tepasiga kelgach o‘zidan oldingi ‘‘soxta xonlarni” va xon 
unvonini bekor qilib o‘zini Amir deb e’lon qiladi. Amirlik unvoni ilgari asosan 
qo‘shin boshliqlari va joylardagi turli harbiy vakillarga berilgan bo‘lsa, 
164
Zamonov A.T. O‘rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma’lum sahifalari. T.: Bayoz, 2020. – B. 119.
165
Мирзо Салимбек.Кашкули Салимий Таворихи Муттакадимин ва Муттахирин.-Бухоро: Бухоро,2003. –Б. 
289.


85 
Muhammad Rahimbiy davriga kelib amir unvoniga ega bo‘lgan bironta mansabdor 
shaxs qolmagan, ushbu unvon ilgari amalda bo‘lgan amir-beklik unvonidan farqli 
o‘laroq, xalifalik maqomi ‘‘Amir ul-mo‘minin’’ sifatida talqin etilgan edi. 
Shohmurod davlat boshlig‘i-amirlik unvonini ta’sis etar ekan, ushbu unvonning 
o‘zbek va mo‘g‘ul urug‘lari an’analari bilan emas, balki shariyat qoidalari asosida 
yuzaga kelganini asoslab beradi va shu davrdan boshlab mamlakat rasmiy Buxoro 
amirligi deb atala boshlanadi. 
Tarixiy manbalarda uning darveshsifat hukumdor, so‘fiylik ta‘limotini 
chuqur o‘rgangan va kamtarona hayot kechirganligi haqida ko‘plab ma‘lumotlar 
uchraydi. Jumladan, Abu Toxirxo‘ja o‘zining “Samariya” asarida keltirilishicha, 
Shohmurod yoshligida bir necha yil Mir Arab madrasasida taxsil oladi va boshqa 
fanlar qatorida tasavvuf ilmini ham o‘rganadi va so‘fiyona turmush tarzi uning 
hayotiga aylanadi. Shohmurod tariqatda mujaddidiya-naqshbandiya sulukida 
bo‘lib, ilk murshidi ohund Muhammad Xorazmiy bo‘lgan. Daslab uni sen 
zolimlardansan deb yaxshi kutib olmaydi. Biroq Shahzoda qarorida qat’iy turib 
uning ishonchini qozonishga jahd qiladi va o‘sha vaqtdagi eng past kasb bo‘lgan 
hammollikni tanlaydi. Ana shu vaqtdan boshlab uning xalq bilan yaqindan 
tanishishi va ularning yashash tarzini bevosita boshdan o‘tkazishi kelajakda uning 
odil hukumdor bo‘lib yetishiga asos bo‘lib xizmat qiladi
166

Tarixiy manbalarda uning oddiy odamlardek faqir va kamtarona hayot 
kechirganligi to‘g‘risida ko‘plab ma’lumotlar uchraydi. Jumladan, Ahmad Donish 
o‘zining asarida quyidagicha tariflaydi: “Amir Shohmurodning kundalik yeydigan 
taomlari quruq non va bir stakan suv bo‘lgan”
167
. Boshqa bir tarixchi Muhammad 
Xakimxon “Shohmurodbiyning yeydigan taomlari kishi yeydigan darajada 
bo‘lmay, o‘t-o‘lan, sut-qatiq va dukkakli o‘simliklar bilan taomlangan” ligini qayd 
etadi
168
.
Amir Shohmurod dastlab hokimyatga unchalik ro‘yxushlik bermagan bo‘lsa-
da, keyinchalik mamlakatdagi tartibsizliklar natijasida va ustiga-ustak otasining 
keksayib qolganligi tufayli hokimyat boshqaruviga yaqinlashadi. Bu haqda Ahmad 
Donish quyidagicha hikoya qiladi: “Mamlakat hukumdori Doniyolbiy otaliq 
keksayib, hokimyat ishlaridan bezib o‘z xonasidan deyarli chiqmasdi (o‘sha 
vaqtlarda uning yoshi taxminan 70 yoshlar atrofida edi). Mamlakatni esa amalda 
Davlat qo‘shbegisi va shuningdek, poraxo‘r Nizomiddin qozilar idora 
qilardilar”
169
. Ularning adolatsiz boshqaruvi va og‘ir soliqlardan xalqning ahvoli 
nihoyatda og‘irlashib ketadi va buning natijasida 1784-yil Buxoroda katta xalq 
166
Zamonov A.T. O‘rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma’lum sahifalari. T.: Bayoz, 2020. –B. 120.
167
Ахмад Дониш. История мангитской династии. Перевод предусловии примечание И.А.Наджаповой.-
Душанбе: Дониш,1967. –С. 25. 
168
Мухаммад Хакимхон. Мунтахаб ат-таворих. –Т.: Янги аср авлоди,2010. –Б. 27.
169
Ахмад Дониш. История мангитской династии. Перевод предусловии примечание И.А.Наджаповой.-
Душанбе: Дониш,1967. –С. 24 


86 
qo‘zg‘aloni yuz beradi. Ana shunday paytda shahzoda o‘z siyosiy faoliyatini ularni 
yo‘q qilishdan boshlaydi. Xalq oldida Nizomiddin qozini otdan yiqitib, uning 
ostida qoldirib o‘ldiradi. Undan so‘ng saroy a’yonlari kengashida hammaning ko‘z 
o‘ngida qo‘shbegini o‘zining olmos bilan bezatilgan xanjari yordamida o‘ldiradi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, Amir Shohmurod nafaqat ilmli, taqvodor balki, 
hukumdorlarga xos hislatlarga ham ega ekanligini ko‘rishimiz mumkin. U bu yo‘l 
bilan zolimlardan xalqni ozod qilib, xalqning mehrini qozonadi va saroy 
a’yonlarining oldida o‘zining qattiqqo‘lligini ko‘rsatib, kimda-kim unga qarshi 
chiqsa, qo‘shbegining holiga tushishi mumkinligini ko‘rsatib beradi. Shuningdek, 
bu jarayon uni xalq oldidagi obro‘sini yanada ko‘targan edi. Bu holatni, 
Shohmurodning taxt sari qo‘yilgan dastlabki qadam deb baholash mumkin. 
Otasining vafotidan keyin mamlakat taxtini egallagan Shohmurod o‘zining 
dastlabki ishlarini xalqni og‘ir soliqlardan ozod qilishdan boshlaydi va ‘‘xatti-
tarxoniy’’(bevosita davlat uchun yig‘iladigan soliqlardan boshqa barchasini bekor 
qilish)ni joriy qiladi
170
.1758-1785-yillarda rasmiy Buxoro taxtida o‘tirgan 
Abulg‘oziy Muhammad Bahodirxonni (amalda hokimyat Donyolbiy otaliq qo‘lida 
bo‘lgan) podsholikdan chetlashtirib, Arkdan tushirib, Buxoroda – Bozor xo‘jadagi 
hovlilardan birini ajratib, unga umurbod nafaqa tayinlaydi. Bundan tashqari, 
podsholigining dastlabki yilida u bilan birga bo‘lgan barcha birodarlariga shafqat 
qilib, har birini bir viloyatga hokim qilib tayinlaydi va ularning hech biriga 
yomonlikni ravo ko‘rmadi. Uning saltanati oxirlarida barcha birodarlari undan rozi 
edilar
171

O‘rta Osiyoga tashrif buyurgan vengiryalik sayyoh A.Vamberi o‘zining 
“Buxoro yohud Movarunnahr tarixi” asarida ushbu hukumdor to‘g‘risida qattiq 
tanqid qilib yozgan bo‘lsada (Darvesh libosi ostiga yashiringan, dunyoning 
dabdaba va ziynatlariga nafrat ko‘zi bilan qarashini ko‘rsatish uchun oriq otga 
minib yurgan, eski chodir va gilamda o‘tirib, dunyoning foniyligi to‘g‘risida 
soatlab mushohada yurituvchi bu odam tufayli qancha xon-u-monlar xarob bo‘lib, 
oilalar vayron bo‘lib, ko‘z yoshlar oqizildi
172
), uning oliyjanobligini ham tan olgan. 
Amiri Ma’sum otasidan qolgan merosdan voz kechib: ‘‘Ommaga xayr 
tarqatuvchilarga beringlar, meros moli bilan qo‘limni kir qilishni xohlamayman, bu 
mollar kimlardan yig‘ilgan bo‘lsa, shularga qaytarilsin, iloji boricha mukofot 
tarzida berilsin” deydi va keyin otasining hukumronlik davridagi falokatlar uchun
butun xalqdan uzur so‘radi
173
. U Buxoro amiri bo‘lishiga qaramasdan bayt-ul-mol 
ya’ni davlat xazinasidan o‘zining shaxsiy ehtiyojlari uchun bir fulus ham xarj 
170
Zamonov A.T. O‘rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma’lum sahifalari. T.: Bayoz, 2020. –B. 120.
171
Мирзо Салимбек.Кашкули Салимий Таворихи Муттакадимин ва Муттахирин.-Бухоро: Бухоро,2003. –Б. 
289.
172
Армений Вамбери.Бухоро ёхуд Мовароуннахр тарихи.- Т.: Info capital group,2019. –Б. 163
173
Армений Вамбери.Бухоро ёхуд Мовароуннахр тарихи.- Т.: Info capital group,2019. –Б. 158


87 
qilmagan. Manbalarda keltirilishicha, kiyim-kechak, yeb-ichish bo‘yicha qanday 
chiqim bo‘lsa, g‘ayridinlardan olinadigan jizya solig‘i hisobidan ishlatkan ekan. 
O‘zi oddiy xalq orasida yurib, hattoki eng quyi tabaqa qiladigan hammollik kasbi 
bilan ham shug‘ullanib, ro‘zg‘or tebratgan
174

Muhammad Xakimxon o‘zining Muntahab at-tavorix asarida quyidagi qiziq 
bir hikoyani keltiradi: ‘‘Bir kuni hukumdor Samarqandga kelibdi va bir necha kun 
shu joyda qolib ketibdi, natijada sarflaydigan puli qolmabdi. Bisotida esa bitta eski 
po‘stinidan bo‘lak hech narsasi yo‘q ekan. Noiloj shuni sotish uchun bozorga berib 
yuboribdi. Biroq haridor topilmabdi va nihoyat deyarli tekin bahoga, aniqrog‘i 
yarim dirhamga sotishga majbur bo‘lishibdi. Sotib olgan kambag‘al bir mullo kishi 
bo‘lib, ertasigayoq po‘stinning aybi bor ekan deb, pulini so‘rab kelibdi. Biroq 
valiyne’mat (Shohmurod) kechagi pulni ishlatib qo‘yganidan unga qaytargani puli 
qolmapti. Shunda mullo uni (hukumdorligidan xabari yo‘q) qozi oldiga olib 
boribdi va men bu po‘stinni hatto bir chaqaga ham olmayman chunki bunda butun 
dunyoning biti jamlangan ekan, deya shikoyat qilibdi. Ko‘plab tortishuvlar 
natijasida oxiri mullo rozi bo‘libdi
175
. Bundan ko‘rinib turibdiki, hukumdor har 
qanday holatda ham o‘zining ahdiga sodiq qolgan va shariat qoidalarida sobit 
turgan. 
Amiri Ma’sum nomi bilan mashhur bo‘lgan Amir Shohmurodning 
hukumronlik yillarida(1785-1800) Buxoro amirligi nisbatan tinch-osoyishta va ilm 
ma’rifatning markaziga aylandi. Hukmdorning shaxsan o‘zi ilm-fanning 
rivojlanishiga homiylik qildi. Jumladan, Samarqand shahrida Shayboniyxonning 
to‘ng‘ich o‘g‘li Muhammad Temurning xotini tomonidan qaynotasiga atab 
madrasa qurdirgan, biroq u keyinchalik buzilib ketgan edi. Amir Shohmurod esa 
bu imoratni qayta ta’mirlatib, vaqflarini belgilaydi va talabalarning tahsil olishi 
uchun barcha sharoitlarni yaratib beradi
176
. Uning davrida Boxoro xalqi farovonligi 
oshdi, urushlar, qo‘zg‘olonlar nisbatan kam kuzatildi.
Amiri Ma’sumning oilaviy holati ham boshqa hukmdorlarnikiga qaraganda 
odmiroq bo‘lgan. Uning uch nafar farzandi bo‘lib, ular Amir Haydar, Dinnosirbek 
va Muhammad Husaynxonlardir. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Amir Haydar Ashtarxoniy 
hukumdor Abulfayzxon (1711-1747)ning qizi Shamsiyabonuning farzandi bo‘lib, 
otasi zamonida Qarshi hukumati shu hukumdorga qarashli bo‘lgan. Dinnosirbek 
Marvda, Muhammad Husaynxon esa Samarqandda amirlik mansabida o‘tirgan
177

Amir Shohmurod hijriy 1215-yil rajab oyining o‘n uchida, juma kuni bomdod 
mahali (milodiy 1800-yil 30-noyabrda) 61 yoshida olamdan o‘tdi. O‘limidan oldin 
174
Zamonov A.T. O‘rta asr tarixiy shaxslari hayotining ayrim noma’lum sahifalari. -T.: Bayoz, 2020. –B. 119.
175
Мухаммад Хакимхон.Мунтахаб ат-таворих.-Т.: Янги аср авлоди,2010. –Б. 27.
176
Абу Тохирхожа. Самария. -Т.:Камалак,1991. –Б. 26.
177
Мухаммад Хакимхон.Мунтахаб ат-таворих.-Т.: Янги аср авлоди,2010..30 


88 
o‘zini Xoja Habibulloh hamda ustozi Muhammad Safar Xorazmiy qabri poyiga 
qo‘yishlarini vasiyat qiladi va o‘sha joyga dafn etiladi
178

O‘sha davrdagi manba va adabiyotlariga suyanib shuni aytish lozimki, Amir 
Shohmurod hukumronligi davrida Buxoro amirligi gullab-yashnadi, nisbatan 
tinchlik-osoyishtalik hukm surdi. Amir bir tomondan, o‘zining buyuk e’tiqod va 
mustahkam iymoni bilan, ikkinchi tomondan esa mamlakatni markazlashtirish, 
ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotni ko‘tarish vazifasini muvaffaqiyatli amalga 
oshirib, davlat rivoji va xalq ravnaqini ta’minlagan, yurt obodonchiligiga kata 
e’tibor qaratgan, ijtimoiy adolatsizliklarga barham bergan islohotlari bilan 
chinakam adolatli va xalq suygan hukumdorga aylana oldi. 

Download 71.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling