Ўзбекистон таризи Қадимги давр testlar


Download 145 Kb.
bet2/2
Sana11.11.2021
Hajmi145 Kb.
#173450
1   2
Bog'liq
Ўзб.тарихи-Тестлар

Тестлар

5-14 асрлар


  1. Ma`lumki, ilk o`rta asrlarda dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalari shakllandi. Turon aholisining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida sodir bo`lgan bunday keskin o`zgarish . . .

A) yirik davlatlarning paydo bo`lishiga asos bo`lgan edi

B) Sharq va G`arb o`rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarga asos soldi.

C) aholi asosiy qismining qishloqlarga zichlashuviga olib keldi

D) mamlakatning mayda davlatlarga bo`linib ketishiga sabab bo`ldi.




  1. Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyoda qishloq xo`jaligi mahsulotlariga bo`lgan ehtiyoj . . .

A) shaharlarda aholining gavjumlashuvi, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoning rivoj topishi natijasida ortib bordi

B) dehqonlar, kadivarlar va kashovarzlar tabaqalarining shakllanishi natijasida ortib bordi

C) dehqonchilikda almashlab ekish joriy qilinishi natijasida ortib bordi

D) qishloq xo`jaligi mahsulotlarining qo`shni mamlakatlarga chiqarilishi natijasida ortib bordi




  1. IV asr o`rtalaridan boshlab Rim imperiyasi inqiroz tomon yuz burdi. Ushbu davrda Turon hududida qanday muhim voqealar sodir bo`ldi?

A) Xioniylarning O`rta Osiyoga hujumi boshlandi

B) Kidariylar Shimoliy Hindistonga chekindi

C) Afrig`iylar sulolasi hukmronligi boshlandi

D) Eftaliylar va sosoniylar o`rtasida urushlar boshlandi




  1. IV asr o`rtalarida O`rta Osiyoga Yettisuv va Sharqiy Turkiston hududlaridan bostirib kelgan qabilalarni aniqlang

A) xioniylar B) kidariylar

C) toxarlar D) eftaliylar




  1. Xorazm va Amudaryo havzasiga toharlar (kidariylar) kirib kelgan sanani aniqlang.

A) V asrning 20-yillarida

B) IV asrning o`rtalarida

C) IV asrning 70-yillarida

D) V asrning 50-yillarida




  1. Ilk o`rta asrlarda O`rta Osiyo hududida tashkil topgan davlatlarning qaysi biri Xitoyga o`z elchilarini yuborgan?

A)Xioniylar B)Kidariylar C)Afrig`iylar D)Eftaliylar


  1. Eftaliylar davlati tarkibiga kirgan hududlar to`g`ri ko`rsatilgan javobni aniqlang.

A) Shimoliy Hindiston, Eron, O`rta Osiyo, Yettisuv, Afg`oniston

B) Sharqiy Eron, Sharqiy Turkiston, O`rta Osiyo, Shimoliy Hindiston

C) Yettisuv, Kavkazorti, O`rta Osiyo, Shimoliy Afg`oniston

D) Sharqiy Hindiston, Shimoliy Eron, Kavkazorti, O`rta Osiyo




  1. 456-yilda eftallar qaysi davlatga elchi yuborgan edilar?

A) Eronga B) Xitoyga

C) Hindistonga D) Vizantiyaga




  1. Eftaliylar Xitoyga elchi yuborgan yilni aniqlang

A) 531-yil B) 484-yil C) 456-yil D) 488-yil


  1. V asr o`rtalarida Bey-Vey davlatining ayrim hududlari kimlar tomonidan egallandi?

A) turklar B) xitoyliklar

C) eftallar D) xioniylar




  1. Eftaliylar davrida davlat boshqaruvida qonun va qoidalar qaror topishi sababini aniqlang.

A) yakka hukmdorlarning mavjudligi, dasht an`analarining butunlay yo`qolishi

B) tashqi siyosiy aloqalarning nihoyatda kuchayib ketganligi

C) aholining tabaqalashuvi, mulkiy tengsizlikning kuchayishi

D) qonunshunoslarga katta imtiyozlar berilishi natijasida qonun-qoidalar ishlab chiqilishi




  1. Eftaliylar davrida O`rta Osiyo xalqlarining quyidagi qaysi hududlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari kengayib borgan?

A) Vizantiya, Afg`oniston, Sosoniylar davlati bilan

B) Hindiston, Eron va Vizantiya bilan

C) Dohiston, Hindiston va Afg`oniston bilan

D) Xitoy, Hindiston va Eron bilan




  1. Eftallar davrida xalqaro savdo aloqalarining rivojlanishi bilan . . .

A) Sosoniy hukmdorlarining kumush tangalari muomaladan chiqarildi.

B) mahalliy oltin tangalar tashqi savdoga joriy etildi

C)mamlakatda tanga pul muomalasi tartibga solindi

D)faqat Buxoro va Samarqandda zarbxonalar barpo etildi




  1. Mixirakula qaysi davlat hukmdori bo`lgan?

A) Sosoniylar B) Xioniylar

C) Xorazmshohlar D) Eftaliylar




  1. Eftaliylar davrida qaysi davlat hukumdorlari o`z saroylarini O`rta Osiyodan keltirilgan rangli shishalar bilan bezatganlar?

A) Xitoy imperatorlari B) Eron shahanshohlari

C) Vizantiya imperatorlari

D) Hindiston rojalari


  1. Eftaliylar davlati tamomila barbod bo`lgach Amudaryoning janubiy qirg`oqlarigacha bo`lgan viloyatlar qaysi davlat tasarrufiga o`tgan?

A) Eron B) Turk xoqonligi

C) Hindiston D) Sharqiy Turkiston




  1. Sosoniylarning eftaliylar davlatiga qarshi yurish qilishiga sabab bo`lgan omilni aniqlang.

A) sosoniylarning tobora kuchayib borayotgan eftaliylar tajozuvidan xavfsirashlari

B) eftaliylarning sosoniylar bilan tuzgan savdo shartnomasini buzganliklari

C) eftaliylar shohining sosoniylar shohi Pero`zga nisbatan haqoratli maktub yo`llashi

D) eftaliylarning sosoniylar davlatiga da`vo qilishi




  1. Turkiylar 563-yilda Eftaliylar davlati yerlariga bostirib kirganlarida kimlarning Balxga hujumi ko`magidan foydalanganlar?

A) Toxariston malikshohlarining

B) Eron askarlarining C) Xitoy harbiylarining

D) Afg`oniston qo`shinlarining


  1. 563-567-yillarda . . .

A) Suy sulolasiga Vendi hukmronlik qildi

B) Hindistonda Xarsha imperiyasi tashkil etildi

C) Turk xoqonligi Eftalitlar davlatiga zarba berdi

D) Yaponiyada hokimiyat Minamoto qo`liga o`tdi




  1. 575-576-yillarda turkiy xalqlar qaysi hududlardagi bepoyon yerlarni egallaganlar?

A) Janubiy Kavkazdagi

B) Shimoliy Kavkazdagi

C) Tohariston va Chag`oniyondagi

D) Yoyiq va Itil daryosi oralig`idagi




  1. 673-yilda qaysi xalifaning farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryoni kechib o`tib Buxoro muzofotiga bostirib kirgan?

A) Abu Bakr B) Abul Abbos Saffoh

C) Umar ibn Abdulaziz D) Muoviya I




  1. Ubaydulloh ibn Ziyod Movarounnahrdagi qaysi shaharlarni egallaydi?

A) So`g`d,Buxoro va Kesh

B) Shosh,Buxoro va So`g`d

C) Poykand, Romiton va Termiz

D) Naxshab, So`g`d va Poykand




  1. Qutayba ibn Muslimning harbiy yurishlari qayerni zabt etishdan boshlangan?

A) 705-yil Balx viloyati atroflarini

B) 651-yil Marvni C) 707-yil Poykandni

D) 707-yil Buxoro atrofini


  1. Qayer Qutayba ibn Muslimga jangsiz taslim bo`lgan?

A) Chag`oniyon B) Marv C) Choch D) Isfijob


  1. Qutayba qo`shinlari Poykandni egallagan yilni aniqlang

A) 705-yil B) 707-yil C) 709-yil D) 710-yil


  1. Tarxun taxtdan tushirilib o`rniga Gurak So`g`d podshosi qilib ko`tarilgan yili . . .

A) arablar Naxshab va Keshni bosib oldi

B) Xorazm shohi Chag`on yordam so`rab Qutaybaga murojaat qildi

C) Qutayba Samarqandga qarshi qo`shin tortdi

D) Poykand ikki kunlik qamaldan so`ng bosib olindi




  1. Qutayba ibn Muslimning 710-yilda Samarqandga uyushtirmoqchi bo`lgan yurishi kechiktirilishiga nima sabab bo`ldi?

A) arablar qo`shini orasidagi kuchli charchoq va norozilik kayfiyati

B) Poykand shahrida arablarga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olon

C) Xorazm shoxi Chag`onning yordam so`rab murojaati

D)Balx shahrida arablarga qarshi ko`tarilgan qo`zg`olon




  1. 711-yilda Xorazmda bostirilgan xalq qo`zg`oloni rahbarini aniqlang.

A) Chag`on B) Sumbad C) Hurzod D) Surayj


  1. Qutayba Samarqandni egallagandan so`ng

G`urakni qayerlarga hokim etib tayinlagan?

A) Samarqand, Kesh va Naxshabga

B) Buxoro, Poykand va So`g`dga

C) Samarqand, Choch va Isfijobga

D) Choch, Farg`ona va Samarqandga


  1. Arab xalifaligi tomonidan istilo qilingan joylarning yillari bilan to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang

1) Maymurg`; 2) Chag`aniyon; 3) Naxshab; 4) Marv.

a) 667-yil; b) 654-yil; c) 651-yil; d) 710-yil.

A) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d B) 1-b; 2-a; 3-d; 4-c

C) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d D) 1-d;2-b; 3-c; 4-a




  1. IX asrning boshlarida qanday jarayon mahalliy zodagonlarning nafaqat Movarounnahr va Xurosonda, balki xalifalikning markazida ham hokimiyat boshqaruvida ko`proq rol o`ynashiga yo`l ochib bergan?

A) arablar zulmining chidab bo`lmas darajada kuchayib ketishi

B) xalifa vafotidan so`ng uning o`g`illari Ma`mun va Amin o`rtasidagi kurash

C) somoniylarning ayrim shaharlarda hukmronlik qilishi va markaziy hokimiyatga intilishi

D) Tohir ibn Husaynning hokimiyatni egallashi va o`zini mustaqil deb e`lon qilishi




  1. Tohiriylar hokimiyatni egallagach dastavval nimaga harakat qilganlar?

A) mamlakat sarhadlarini kengaytirish va pul islohotini o`tkazishga

B) boshqaruv tizimini tartibga soluvchi qonun-qoidalar ishlab chiqish va qo`shni davlatlarni bosib olishga

C) qudratli qo`shin tuzish va qo`shni viloyatlarni bosib olishga

D) hokimiyatni mustahkamlash va qishloq xo`jaligini tartibga solishga




  1. Tohiriylar davrida qaysi shaharlar poytaxt bo`lgan?

A) Marv va Nishopur B) Balx va Hirot

C) Nishopur va Astrobod D) G`azna va Marv




  1. Tohir ibn Husayn xalifa nomini xutbadan chiqarib tashlaganidan roppa-rosa 70 yil o`tib . . .

A) Ismoil Somoniy butun Movarounnahrni birlashtirdi

B) Xalifa Mu`tazid hukmronligi boshlandi

C)Safforiylar Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar

D) Butun Xuroson somoniylar qo`l ostiga o`tdi




  1. Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqini bergan xalifani aniqlang

A) Mu`tazid B) Mansur

C) Abu So`fyon D) Amin




  1. Qaysi xalifa Amr ibn Laysga Xuroson va Movarounnahr ustidan hukmronlik qilish huquqini beruvchi farmon chiqargan?

A) Xalifa Xorun ar-Rashid

B) Xalifa Ma`mun

C) Xalifa Abul Abbos Saffoh

D) Xalifa Mu`tazid




  1. Xalifa Mu`tazidning hukmronlik yillari nechanchi yillarga to`g`ri keladi?

A) 892-902-yillar B) 890-902-yillar

C) 874-907-yillar D) 865-900-yillar




  1. Quyidagi voqealar va ularning sanasi to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang.

1) Yoqub va Amir ibn Lays boshchiligidagi qo`zg`olonchilar Nishopurni egalladi;

2) Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga zarba berdi;

3) Rofe ibn Lays boshchiligida xalifalikka qarshi qo`zg`olon ko`tarildi;

4) Tohir ibn Husayn xutbadan xalifa nomini chiqartirib tashladi.

a) 893-yil; b) 873-yil; c) 806-yil; d) 822-yil.

A) 1-c; 2-b; 3-d; 4-a B) 1-b; 2-a; 3-c; 4-d

C) 1-b; 2-c; 3-a; 4-d D) 1-a; 2-b; 3-d; 4-c


  1. Somoniylardan kim birinchi bo`lib Movarounnahrning barcha viloyatlarini birlashtirish va uni Xurosondan ajratib olish choralarini ko`radi?

A) Nasr B) Ahmad C) Nuh D) Ismoil


  1. Nasr butun Movarounnahr hukmdoriga aylangan vaqtni toping.

A) IX asr o`rtalari B) IX asr oxirgi choragi

C) IX asr boshlari D) IX asr birinchi yarmi




  1. 588-yilda Turk xoqonligi G`arbiy va Sharqiy qismlarga bo`linib ketgandan 300 yil vaqt o`tgach sodir bo`lgan voqeani aniqlang.

A) Qoraxoniylar davlati tashkil topdi

B) Saljuqiylar davlati tashkil topdi

C) Movarounnahrda Ismoil Somoniy hukmronligi boshlandi

D) Safforiylar davlati tashkil topdi




  1. 893-yili Ismoil Somoniy Taroz shahrini fath etib, dashtliklarga qaqshatqich zarba berishi natijasida...

A)bu yerda mudofaa infootlari qurilishi boshlab yuborildi

B) Somoniy harbiy boshliqlari dashtdan yangi viloyatlar tashkil qilishdi

C) ko`chmanchilardan yollanma askar to`plash imkoniyati tug`ildi

D) Movarounnahrning ichki viloyatlariga dashtdan bo`lgan xavf bartaraf etildi.




  1. Somoniylarning davlat boshqaruvi asosan o`nta devon orqali idora etilishi haqida qaysi tarixchi yozib qoldirgan?

A) Abu Rayhon Beruniy B) Juvayniy

C) Narshaxiy D) Abul Fazl Bayhaqiy




  1. Somoniylar davlatida qaysi devon bosh boshqaruv markazi hisoblangan?

A) vazir devoni B) amid ul-muluk devoni

C) sohibi shurat devoni D) mustovfiy devoni




  1. Somoniylar davrida davlat hujjatlari va elchilik aloqalari devoni qanday atalgan?

A) Devoni amid ul-mulk B) Devoni mustovfiy

C) Devoni sohibi shurat D) Devoni avqof




  1. Somoniylar davlatida yaxshi va uzoq xizmat qilgan sarbozlar qanday lavozimga ko`tarilgan?

A) hojibi buzruk B) hojib

C) sipohdor D) sipohsolor




  1. Somoniylar davrida qaysi yo`l orqali Janubiy Sibir va Mo`g`ulistonga Movarounnahrdan turli mahsulotlar olib borilgan?

A) Sharqiy yo`l orqali B) G`arbiy yo`l orqali

C) Shimoliy yo`l orqali D) Janubiy yo`l orqali




  1. Somoniylar davrida qaysi yo`l orqali Sibir va Mo`g`ulistonga Movarounnahrdan mahsulotlar olib borilgan?

A) janubiy yo`l orqali B) shimoliy yo`l orqali

C) sharqiy yo`l orqali D) g`arbiy yo`l orqali




  1. Somoniylar davrida Ibrohim qo`zg`olon ko`targan yilni aniqlang.

A) 942-yil B) 954-yil C) 947-yil D) 952-yil


  1. Abu Ali Chag`oniy 952-yilda qayerga hokim qilib tayinlangan?

A) Chag`oniyonga B) Marvga

C) Balxga D) Termizga




  1. Somoniylar davrida isyon ko`targan Ibrohim kimning yordamida Buxoro taxtini egallagan?

A) Nuh ibn Nasr B) Sabuktegin C) Foyiq

D) Abu Ali Chag`oniy




  1. Somoniy hukmdori Nuh ibn Nasrga qarshi isyon ko`targan shaxsni aniqlang.

A) Abu Ali Chag`oniy B) Nuh ibn Ismoil

C) Abul Abbos Xurdodbek D) Abu Bakr




  1. Somoniylar hukmdori Nuh ibn Nasr tomonidan 952-yilda avval Chag`oniyonga, so`ngra Xurosonga hokim qilib tayinlangan shaxsni aniqlang.

A) Abu Ali Chag`oniy B) Ibrohim ibn Ismoil

C) Abu Ali Simjuriy D) Nuh ibn Mansur




  1. Nasr II ning aholidan ikki marta soliq undirib olishi sababini aniqlang.

A) masjid, madrasa, xonaqoh, maqbara va karvonsaroylar qurish uchun

B) yangi joylarni o`zlashtirish uchun sug`orish tarmoqlarini barpo etish uchun

C) harbiy qo`shinga maosh to`lash uchun

D) hukmdor saroyini ta`mirlash uchun




  1. Somoniylardan kimlarning hukmronligi davrida siyosiy vaziyat nihoyatda keskin tus oldi?

A) Nasr va Ismoil B) Nuh va Ibrohim

C) Nuh va Nuh II D) Nuh II va Ahmad




  1. X asr oxirida somoniylar davlatining zaiflashishiga nima sabab bo`lgan?

A) mahalliy hukmdor va yirik mulkdorlarning markaziy hokimiyatga qarshi kurashi

B) dindorlar hokimiyatining kuchayishi

C) qurg`oqchilik, hosilsizlik

D) aholining mahalliy hukmdorlarga qarshi qo`zg`oloni




  1. Somoniylar davrida Shosh o`zining qanday mahsulotlari bilan mashhur bo`lgan?

A) ko`nchilik mahsulotlari va charm mollari bilan

B) yuqori sifatli qog`ozi bilan

C) zarbof hamda shoyi matolari bilan

D) kumush va qo`rg`oshin konlari bilan




  1. Somoniylar davrida iqto dastavval . . .

A) alohida xizmat ko`rsatgan har bir shaxsga berilgan

B) amirzodalar va yirik mansabdorlarga berilgan

C)shayxulislomga in`om etilgan D)bir umrga berilgan


  1. Somoniylar davrida qanday yerlar ”mulki xos” deb atalgan?

A)oliy martabali ruhoniylar va sayyidlarning yerlari

B)madrasaga qarashli yerlar C)qishloq jamoasi yerlari

D)davlat oldidagi xizmatlari uchun hadya qilingan yerlar


  1. Somoniylar hukmronligi davrida yer egaligi turlarini aniqlang.

1) mulki xos, mulki inju xon, vaqf yerlari;

2) mulki sultoniy, jamoa yerlari, mulki xos;

3) mulk yerlari, vaqf yerlari, mulki sultoniy;

4) muqto`, suyurg`ol, vaqf yerlari, tarxon;

5) iqto`, mulki inju xon, jamoa yerlari

A) 1, 4, 5 B) 2, 3 C) 1, 5 D) 1, 3, 5




  1. Somoniylar davrida ”mulki xos” yerlardan ko`pincha qanday soliq olingan?

A) xiroj B) ushr C) targ`u D) tamg`a


  1. X asr oxirlarida so`nggi somoniylardan biri Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashda G`azna noibi Sabuktegin yordamidan foydalanib qoraxoniylarni tor-mor etadi. Buning evaziga Nuh . . .

A) Sabukteginni somoniylar qo`shiniga boshliq qilib tayinlaydi

B) Sabukteginni bosh vazir lavozimiga tayinlaydi

C) Sabukteginni Xuroson noibi etib tayinlaydi

D) Sabukteginga qoraxoniylarga tegishli yer-mulklarni in`om etadi




  1. Somoniylar davrida qanday maqom egalari keyinchalik ”Shayx ul-Islom” nomi bilan yanada ulug`langan?

A) xatib B) muftiy C) hojib D) ustod


  1. Abu Ali Chag`oniy Chag`oniyon hokimligini qo`lga kiritgandan 40 yil o`tib . . .

A) Buxoroda harbiy askarlarning g`alayoni ko`tarildi

B) Buxoro Nasr Eloqxon tomonidan bosib olindi

C) Horun Bug`roxon Movarounnahrga yurish boshladi

D) Qoraxoniylar Xuroson ustiga ikkinchi marta qo`shin tortadilar




  1. Chigil va yag`mo qabilalari qachon yagona ittifoqqa birlashganlar?

A) IX asr oxirida B) X asr o`rtalarida

C) IX asr boshlarida D) X asr oxirida




  1. Qoraxoniylar davlati asoschisini aniqlang.

A) Xorun Bug`roxon B) Nasr Eloqxon

C)Abdulkarim Sotuq Bug`roxon

D) Ibrohim Bo`ritegin


  1. Qoraxoniy Horun Bug`roxon 992-yilda Movarounnahrga yurish qilgan davrda somoniylar sulolasi ...

A) o`z qo`shinlarini isloh qilish bilan band edi.

B) Xuroson va Seystonga harbiy yurishlar qilib turgan edi

C) chuqur ichki ziddiyatlar girdobiga tushgan edi

D) Eron bilan elchilik aloqalarini olib borayotgan edi




  1. Nasr Eloqxon tomonidan Buxoroning zabt etilishi natijasida . . .

A) Somoniylar hukmronligi barham topdi

B)Qoraxoniylar va G`aznaviylar o`rtasidagi munosabatlar keskinlashdi

C)Shahardagi savdo-sotiq munosabatlar inqirozga uchradi

D) Somoniylar davlati ikkiga bo`linib ketdi




  1. “Alpomish” dostonining 1000 yilligi nishonlangan yildan o`n asr oldin . . .

A) Abu Ali ibn Sino tug`ildi

B) Normandiyalik Vilgelm Angliyani bosib oldi

C) ”Ma`mun akademiyasi”ga asos solindi

D) Nasr Eloqxon Buxoroni bosib oldi




  1. Qoraxoniylar hukmdori Ibrohim Bo`ritegin tomonidan 1038-yilda g`aznaviylardan tortib olingan hududlarni aniqlang.

A) Xuttalon, Vaxsh va Chag`oniyon

B) Marv, Balx va Saraxs C)Movarounnahr va Farg`ona

D) Xuroson, G`azna va Kobul


  1. Qoraxoniylar davlatida ”takin” kim bo`lgan?

A) ”xonlar xoni” B) ”el-yurt hokimi”

C) ”ulug` xon” D) ”viloyat noibi”




  1. Qoraxoniylar davrida viloyat boshqaruv

ma`muriyatida kimlar xizmat qilgan?

A) eloqxon, shayxlar va sadrlar

B) shahar hokimi, rais va muhtasiblar

C) vazirlar, sohibbaridlar, mustovfiylar

D) vazirlar, shayxlar va muhtasiblar


  1. Qaysi sulola hukmronligi davrida imomlar, sayyidlar, shayxlar va sadrlarga e`tibor kuchayib, ularning obro`yi har qachongidan ham balandga ko`tarilgan?

A) Qoraxoniylar B) Somoniylar

C) Tohiriylar D) G`aznaviylar




  1. XI asr Movarounnahrda, ayniqsa Zarafshon vodiysida qishloq xo`jaligi ahvoli qanday bo`lgan?

A) ko`pgina dalalar, paykal va bog`lar barbod bo`lgan, ekin maydonlari qisqarib ketgan

B) ko`pgina dalalar, paykal va bog`lar rivoj topib, ekin maydonlari kengaydi

C) sug`orish tarmoqlari vositasida sug`orilib obod etilgan serunum vohalarda g`allakorlik, sholikorlik, paxtachilik, sabzavotchilik, yuqori darajada rivoj topgan edi

D) bog` va chorbog`larda uzum, anor, anjir, olma, nok, behi, o`rik, shaftoli, olxo`ri, jiyda va ko`pgina boshqa mevalar yetishtirilar, ekin maydonlari kengayib borar edi




  1. Qoraxoniylar davlatida shaharlarda hunarmandchilikning qaysi sohalari ayniqsa rivoj topdi?

A) ko`nchilik, duradgorlik, zargarlik va miskarlik

B) to`qimachilik, temirchilik va zargarlik

C)qog`oz ishlab chiqarish, to`qimachilik va chilangarlik

D)kulolchilik, shishasozlik, miskarlik va chilangarlik




  1. X-XII asrlarda Bolosog`un shahri qaysi davlatlarning poytaxti bo`lgan?

A)g`aznaviylar,qoraxoniylar B)saljuqiylar,xorazmshohlar

C)qoraxoniylar,qoraxitoylar D)g`aznaviylar,saljuqiylar




  1. Quyidagi davlatlar va ularning poytaxti to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang.

1) Qarluqlar davlati; 2) O`g`uzlar davlati; 3) Qoraxitoylar davlati; 4) Kidariylar davlati.

a) Bolasog`un; b) Balx; c) Suyob; d) Yangikent.

A) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b B) 1-b; 2-c; 3-d; 4-a

C) 1-c; 2-d; 3-a; 4-b D) 1-c; 2-d; 3-b; 4-a




  1. Sulton Sanjarga qarshi o`g`uzlar isyon ko`targan yilni aniqlang.

A) 1127-yil B) 1153-yil

C) 1141-yil D) 1130-yil




  1. Xorazmshoh Otsiz (1127-1156) qaysi hududlarda Xorazmshohlar davlati poydevorini barpo etgan?

A) Amudaryo va Sirdaryo oralig`idagi yerlarda

B) Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimi,

Janubi-sharqiy Qozog`iston va Yettisuv hududlarida

C) G`arbiy Xuroson, Movarounnahr va Sharqiy Turkistonni o`z ichiga olgan ulkan hududlarda

D) Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o`rta oqimiga qadar bo`lgan yerlarda


  1. Otsiz Sulton Sanjarga qarshi kurashish uchun kimlardan kuchli yollanma qo`shin tuzgan?

A) o`g`uz va qirg`izlardan

B) qang`li va turkmanlardan

C)qipchoq va saljuqlardan D)nayman va qarluqlardan


  1. Xorazmshohlar davlati hukmdorlari ketma-ketligi to`g`ri keltirilgan javobni aniqlang.

A) Qutbiddin Muhammad, Otsiz, Elarslon, Takash

B) Otsiz, Elarslon, Aloviddin Muhammad, Takash

C) Takash, Aloviddin Muhammad, Otsiz, Takash, Abulg`ozi

D) Shohmalik, Otsiz, Elarslon, Takash




  1. Quyidagi hukmdorlarning hukmronlik qilgan yillari bilan to`g`ri ko`rsatilgan javob variantini aniqlang.

1) Qutbiddin Muhammad; 2) Otsiz; 3) Elarslon;

4) Takash; 5) Sulton Muhammad

a) 1156-1172 yy.; b) 1172-1200 yy.; c) 1127-1156 yy.; d) 1097-1127 yy.; e) 1200-1220 yy.

A) 1-d; 2-c; 3-a; 4-b; 5-e

B) 1-a; 2-b; 3-c; 4-d; 5-e

C) 1-d; 2-b; 3-c; 4-a; 5-e

D) 1-e; 2-c; 3-b; 4-d; 5-a


  1. “Iskandari Soniy” atamasi nimani anglatadi?

A) ”Buyuk Iskandar”

B) ”Iskandarning davomchisi”

C) ”Ikkinchi Iskandar”

D)”Iskandarning vorisi”





Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling