Oldindan zo’riqishning miqdorlari. Armaturani tirgaklarga taranglab oldindan zo’riqish hosil qilishdagi element kuchlanganlik holatlarini ko’rib chiqamiz. Cho’zilgan zonaga yuzasi Asp bo’lgan, siqilgan zonaga esa yuzasi A'sp bo’lgan armatura joylashtiriladi, bunda Asp>A'sp. Pastdagi va yuqoridagi armaturalarni tirgaklarda sp va 'sp kuchlanishlar bilan taranglanadi (2.18,a-rasm).
2.18-rasm. Armaturani tirgaklarda taranglab oldindan zo’riqish hosil qilishdagi egiluvchi element kuchlanganlik holati
Konstruksiyalarni loyihalashda oldindan uyg’otiladigan kuchlanishning qiymati po’latning elastiklik chegarasidan katta bo’lmasligi, biroq, juda kichkina bo’lmasligi ham zarur.
Тemirbeton konstruksiyalarni loyihalashda sp va 'sp odatda bir xil qilib olinadi va quyidagi oraliqda belgilanadi:
armaturani mexanik usulda taranglaganda
0,32 Rs,ser sp 0,95Rs,ser; (2.20)
armaturani elektr-termik va elektr-termomexanik usullarda taranglaganda
0,30Rs,ser+pspRs,ser–p, (2.20).
Armatura mexanik usulda taranglanganda r=0,05sp; elektr-termik usulda esa r=30+360/l (2.21) bo’ladi, bu yerda l – tirgaklarning tashqi sirtalari orasidagi masofa, m da.
Oldindan zo’riqishning nazorat qilinadigan miqdorlari. Тirgaklarga tirab taranglashda hosil bo’ladigan kuchlanishning nazorat qiladigan qiymati con1 ni aniqlash uchun, sp dan ankerlarning deformatsiyalanishi va armaturaning ishqalanishi natijasida yo’qotilgan kuchlanishlar (bularni aniqlash usullari quyida beriladi) ayirib tashlanadi. Armaturaning betonga tirab tortishdan hosil bo’lgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
con2 = sp – bp. (2.22)
Armaturaning tirgaklarga taranglab tortishdan hosil bo’lgan kuchlanishning nazorat qilinadigan qiymati quyidagi formula orqali aniqlanadi:
con1 = sp – 3 – 4 , (2.23)
bunda bp – P1 siquvchi kuch ta’sirida Asp armaturaning og’irlik markazi sathida betonda sodir bo’ladigan birinchi yo’qotishlarni hisobga olib aniqlanadigan kuchlanish. sp – yo’qotishlarni hisobga olmasdan qabul qilinadi.
Aramaturali elementda (sterjen, kanat, o’ramlarda) nazorat qilinadigan kuch.
Do'stlaringiz bilan baham: |