«Ўзбекистон темир йўллари» датк
Download 1.58 Mb.
|
«O’zbekiston temir yO’llari» datk Òoshkent temir yo’l muhandisla
II bosqichda betonning cho’zilish zonasida yoriqlar paydo bo’ladi. Yorilgan kesimda betondagi kuchlanish nolga teng deb olinadi. Yoriq bilan neytral o’q orasidagi kichkina cho’zilish zonasi hisobga olinmaydi. Siqilish zonasida betondagi kuchlanish siqilishdagi mustahkamlik chegarasidan kam bo’lib, cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish avval s ga, bosqich oxirida esa Rs ga tenglashadi. Bu bosqich konstruksiyalarni chegaraviy holatlarini ikkinchi guruhi bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi.
III bosqich elementning sinishi (buzilishi) oldidagi bosqichdir. Bunda betonning siqilish zonasidagi kuchlanishlar epyurasi plastik deformatsiyalar evaziga egrilashadi. Betonning siqilish zonasidagi kuchlanish Rs yoki s ga tenglashadi, cho’zilish zonasidagi yoriqlar kattalashadi, to’sin bikirligi kamayadi, salqilik tez o’sib borib, to’sin sinadi. III bosqichda to’sinning sinishi cho’ziluvchi armaturaning soni va mexanik xossalariga bog’liq. Agar to’sin o’z me’yorida armaturalangan bo’lsa, sinish cho’zilgan armatura tomonidan boshlanadi. Bunday yemirilish birinchi sxema bo’yicha yemirilish deyiladi. Armaturadagi kuchlanish oqish chegarasiga yetganda, armaturaning plastik deformatsiyasi va to’sinning salqiligi tez o’sib boradi, buning oqibatida betoning siqilish zonasida kuchlanish mustahkamlik chegarasiga yetadi va beton yemiriladi. Shunday qilib, temirbeton elementi sinishdan ilgari, unda «plastik sharnir» hosil bo’ladi, bu kesimda beton va armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga erishadi. Bunga asoslanib (A.F. Loleyt taklifiga ko’ra), yuk ko’tarish qobiliyati bo’yicha hisoblash formulalarini, statikaning muvozanat shartlaridan foydalanib chiqarsa bo’ladi. 2.19-rasm. Egiladigan elementlar normal kesimidagi kuchlanishlar epyurasi va ularning kuchlanish va deformatsiyalanish holatining bosqichlari Egiluvchi elementlarda cho’ziluvchi armaturaning miqdori me’yoridan ko’p bo’lsa, yemirilish betonning siqilish zonasida boshlanadi, bunda cho’ziluvchi armaturadagi kuchlanish chegaraviy qiymatga yetib bormasligi mumkin. Bunday yemirilish ikkinchi sxema bo’yicha yemirilish deyiladi (2.19-rasm). Buzuvchi kuchlanishlar hamda chegaraviy holatlar usulining zamirida III bosqich yotadi. Ushbu bosqich konstruksiya elementlarni chegaraviy holatlarining I guruhi bo’yicha hisoblashda asosiy bosqich sanaladi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling