Ўзбекистон темир йўллари
Malakaviy amaliyot bo‘yicha
Download 94.85 Kb.
|
1 kurs Malakaviy amaliyot TVI 2022 9
5. Malakaviy amaliyot bo‘yicha
mustaqil ishlar Malakaviy amaliyot bo‘yicha amaliyotchi talabalarga o‘quv reja bo‘yicha mustaqil ishlar uchun soatlar ko‘zda tutilmagan. 6. Malakaviy amaliyot bo‘yicha hisobotni tayyorlash va hisobotni himoya qilish tartibi Amaliyot muddati tugagach, talabalar yig‘ilgan ma’lumotlar asosida hisobot tayyorlaydilar. Hisobot tarkibi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: Titul varag‘i. Kirish qismi. Jahondagi va O‘zbekistondagi avtomobilsozlik va mashinasozlik sohasidagi korxonalar tarixi haqida, ularning tarkibiy tuzilmasi va boshqaruv strukturasi, maqsadi va vazifalari haqidagi ma’lumotlar. Avtomobilsozlik va mashinasozlik sohasidagi korxonalardagi texnika-xavfsizlik qoidalari. Avtomobilsozlik va mashinasozlik sohasidagi korxonalardagi ishlab chiqarish va yig‘ish texnologik jarayoni haqida ma’lumot. Avtomobilsozlik va mashinasozlik sohasidagi korxonalardagi ta’mirlash texnologik jarayoni haqida ma’lumot. Avtomobilsozlik va mashinasozlik sohasidagi korxonalardagi chiqarish, yig‘ish va ta’mirlash uchastka bo‘limlari haqida ma’lumot. Rahbar tomonidan berilgan shaxsiy topshiriq. Umumiy xulosa tayyorlash. Foydalanilgan adabiyotlar. Mundarija. Hisobot andaza qog‘ozida (o‘lchami 210x297 mm) chetida xoshiya qoldirib tuziladi va papka qilib tikiladi. Hisobotga ilova qilinadigan sxemalar, chizmalar, grafiklar va rasmlar kompyuterda tayyorlanishi mumkin. Hisobot papkaga tikiladi, rahbar tomonidan imzolanadi va amaliyotga mas’ul shaxs tomonidan ikki o‘qituvchidan iborat komissiyaga himoya uchun yuboriladi. Himoya qilingan hisobotlar kafedra arxiviga ro‘yxat bilan topshiriladi. Belgilangan vaqtda amaliyot hisobotini ximoya qilolmagan talaba, akademik qarzdor hisoblanadi. Download 94.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling