Ўзбекистон темир йўллари


kafedrasi mudiri ___________ Abdurazzoqov U.U


Download 94.85 Kb.
bet2/10
Sana20.06.2023
Hajmi94.85 Kb.
#1630410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1 kurs Malakaviy amaliyot TVI 2022 9

kafedrasi mudiri ___________ Abdurazzoqov U.U



Amaliyot/modul

O‘quv yili
2022-2023

Semestr
2

ECTS - Kreditlar
2

Amaliyot /modul turi Majburiy

Ta’lim tili
O‘zbek

Haftadagi dars soatlari
30 soat

Amaliyot turi

Umumiy yuklama
(soat)

Undan mustaqil ta’lim (soat)

Malakaviy
amaliyoti

60 soat

2

-



Kirish
2017 - 2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi, parlament palatalari qo‘shma majlisi va tashkiliy yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida: «Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 10 fevraldagi 75-son qaroriga muvofiq: masofadan o‘qitish va axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalangan holda amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lgan ta’lim shakllarini joriy etish, hamda oliy ta’lim muassasalari faoliyatida ilg‘or pedagogik texnologiyalar va innovasion o‘qitish usullaridan keng foydalanish asosida o‘quv rejalari va fan dasturlarini takomillashtirish, shuningdek, ta’lim jarayoni sifatini izchil oshirib borish, o‘qitishning samarali shakllari va usullari hamda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida uslubiy ko‘rsatma ishlab chiqilgan.
Fan va texnikaning rivojlanishi, uning yutuqlarini iqtisodiyotning barcha sohalariga tadbiq etilishi oliy o‘quv yurtlari talabalari bilimlarining salmog‘i va saviyasini oshirishni talab etadi. Bularning barchasi yangi ish joylarini tashkil etish, mamlakatimizda avtomobilsozlik va mashinasozlik sohalarida yangi texnologiyalarini o‘zlashtirish, ixtisoslashtirilgan transport vositalarini, yo‘l-qurilish mashinalari va jihozlarini ishlab chiqarish va ta’mirlashni taqozo etadi. Respublikamizda avtomobilsozlik, mashinasozlik va avtomobil transportini ekspluatasiya qilish sohalariga yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlashda malakaviy amaliyot alohida ahamiyatga ega bo‘lib, talabalarni umumkasbiy va ixtisoslik fanlarini o‘zlashtirishda olgan bilimlarini nazariy va amaliy mustahkamlash, texnik hujjatlar turlarini va o‘tish bosqichlari tartibini qo‘llashni o‘rganish, ixtisoslashtirilgan transport vositalari, yo‘l-qurilish mashinalari va jihozlarini ishlab chiqarish va ta’mirlash bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lish, sohada qo‘llaniladigan hisob usullari bilan tanishish, detallar va uzellarni loyihalash, mustahkamlikka hisoblash, ishlov berilishi aniqligiga, ishonchlilikka va boshqalarga hisoblash ko‘nikmalarini egallash ko‘zda tutiladi.
Talabalar malakaviy amaliyot davrida kafedra faoliyati, avtomobilsozlik va mashinasozlik korxonalari, avtota’mirlash korxonalari, avtomobillarni ishlab chiqarish va ta’mirlash va mashinasozlik korxonalarida mashina va uning qismlarini loyihalash, ishlab chiqarish, yig‘ish, sinash, avtotransport vositalaridan foydalanish korxonalarida ta’mirlash bo‘limlarini loyihalash, avtotrancport vositalari detallarini ta’mirlash texnologiyalari va nazorat qilish usullarini, korxonaning boshqaruv va tashkiliy tarkibi, bo‘limlarining vazifalarini o‘rganish bo‘yicha ko‘nikmalarni egallaydilar.




  1. Download 94.85 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling