Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti
Misr nabiylari va tamaddunlari
Download 105 Kb.
|
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI
2.2 Misr nabiylari va tamaddunlari
Muso — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Qadimgi yahudiy manbalarida Moshe, xristian manbalarida Moisey nomi bilan maʼlum. Muso Yahudiylikka eʼtiqod qiluvchilar Musoni iudaizm asoschisi deb hisoblaydilar. Qurʼonning bir necha suralarida Musoning nomi qayd etilgan. Baʼzi rivoyatlarda Muso „Bani Isroil“ qabilasida tugʻilishi, Misr podshohi (firʼavn) ning taxtdan ketishiga sababchi boʻlishi, taqdir taqozosi bilan Misrdan qochib ketishi va arab qiziga uylanganligi aytiladi. Alloh, Musoni Isroil qabilasini Firʼavn zulmidan ozod qilib, Misrdan olib chiqib ketishga daʼvat qiladi. Unga Sino togʻida „10 vasiyat“ tosh lavhasini taqdim etadi. Muso qoʻlidagi tayoqning ilonga aylanishi, choʻntagidan qoʻlini chiqarganda oyna kabi yaltirab koʻzlarni qamashtirishi kabi moʻjizalarga ega boʻlgan. Unga Tavrot nozil etilgan. Musoni yahudiylar, musulmonlar, xristianlar paygʻambar deb hisoblaydilar.[1] Zamonaviy ilmiy konsensus shundan iboratki, Muso afsonaviy shaxs bo'lgan, ammo amerikalik arxeolog Uilyam G. Dever Musoga o'xshash shaxs miloddan avvalgi 13-asrda yashagan bo'lishi mumkin degan fikrni bildirgan. Shunga qaramay, Dever arxeologik dalillar yo'qligini ham ta'kidlagan.[2][3] Tavrotni olgan deb hisoblangan Muso alayhissalomning umrining taxminiy yillari bilan Tavrotning yozilishi orasida ming yilga yaqin vaqt bor. Muso haqidagi birinchi yozma manbalar Bobil surgunligi davrida yaratilgan deb taxmin qilingan manbalardir Banu Isroil Yusuf alayhissalom davrlarida asl vatanlaridan Misrga hijrat qilgan edi. Akalari Yusuf alayhissalomni quduqqa tashlab ketganlaridan soʻng karvondagi yoʻlovchilar u kishini topib olib, Misr aziziga, yaʼni vazirga sotishdi. Oradan yillar oʻtib, Yusuf alayhissalom bosh vazirlik martabasiga koʻtarildilar va ota-onalari boshliq butun qavmlarini Misrga chaqirdilar. Zamon oʻtishi bilan ular shu joyda oʻrnashib, oʻzlaridan koʻpayib, koʻp sonli xalqqa aylanishdi. Qavmlaridan koʻplab paygʻambarlar chiqqan, qadimdan samoviy dinlar bilan aloqada boʻlib, paygʻambarlar keltirgan aqiyda va dinga egalik qilib yashab oʻtgan bu xalq Misrning butparastlik dinini hech qabul etmas, ayniqsa fir’avnning shaxsiga sigʻinishni mutlaqo istamas edi. Oʻzini Xudo oʻrniga qoʻygan fir’avn ularni aynan shu sababli qiynardi. Shu bilan birga, ilohiy taʼlimot, ilohiy tuzum va ilohiy adolatdan xabardor boʻlgan Banu Isroil qavmida fir’avn oʻz shaxsi, hukmi va xudolik daʼvosiga qarshi katta xavf-xatarni koʻrardi. Banu Isroilning haqiqatdan xabardorligining oʻzi fir’avn uchun katta tashvish edi. Fir’avnga qolsa, qani endi Banu Isroil oʻzi bilgan haqiqatga amal qilmasa va oʻsha haqiqatni yerlik aholiga ham oʻrgatmasa. Shu maqsadda fir’avn dastlab ularning oralarini boʻlib tashladi. Banu Isroilni ezish, zugʻum oʻtkazish siyosatini olib bordi, oʻziga sigʻingani uchun yerlik aholini ulardan yuqori qoʻydi. Nihoyat Banu Isroilni zaiflashtirish yoʻlini oʻylab topdi: oʻgʻillarini boʻgʻizlash va qizlarini tirik qoldirish siyosatini qoʻlladi. Shu yoʻl bilan asta-sekin Banu Isroilni yer yuzidan umuman yoʻqotishni rejalashtirdi. Erkaklar yoʻq boʻlib ketaversa, odam soni kamayadi, ayollarni xohlagan koʻyga solish oson boʻladi. Buning uchun bahona ham topildi. Rivoyatlarda kelishicha, fir’avn atrofidagi gumashta sehrgar-kohinlar unga „Banu Isroildan kelajakda tugʻilajak bir oʻgʻil bola sening mulkingning zavolidir“, degan xabarni yetkazishdi. Fir’avn oʻz mulkining zavolga uchrashiga chiday olmadi. Taxtiga boʻlgan xavfni joniga boʻlgan xavfdan ustun koʻrdi. Garchi oʻzi xudolikni daʼvo qilsa ham, taxtiga xavf solgani uchun ona qornidagi homiladan ham qoʻrqdi. Fir’avnning gumashtalari uning bu zaif joyini yaxshi bilishardi. Shuning uchun fir’avnga yoqmagan toifaning homiladagi bolasini ham unga ashaddiy dushman, taxtiga koʻz olaytirgan qilib koʻrsatishga urinishdi. Kelajakda Banu Isroildan tugʻiladigan har bir oʻgʻil bola uning mulkining zavoli boʻlishi mumkin. Shu bois fir’avn „Ular darhol oʻldirilsin!“ degan farmon chiqardi. Shu soatdan boshlab har bir Banu isroillik homilador ayolning yonida bir doya qoʻshilib yuradigan boʻldi. Ayolning koʻzi yorishi bilan doya koʻrar, chaqaloq oʻgʻil boʻlsa, xabar berar va jallodlar bolani oʻldirishardi. Shu tariqa fir’avn oʻzining misli koʻrilmagan shafqatsiz siyosatini yurgizdi7. Muso alayhissalom davrlarida Ramses II ning fir’avn, yaʼni Misr podshohi (mil. avv. XIII asr) boʻlganini koʻpchilik taʼkidlaydi. Qur’oni Karimda Xudoning yoʻlidan chiqqan fuqarolarni oʻz xohishiga boʻysundirishga harakat qilgan, odamlarga oʻzini robb sifatida koʻrsatgan, oʻziga boʻysunmay, uning aytganini qilmagan, unga qul boʻlishni xohlamaganlarga cheksiz zulm oʻtkazgan yagona hukmdori mutlaq bu shaxs mustabid podshoh sifatida sifatlanadi. Oʻzi hukmronlik qilgan yer aholisini turli toifalarga ajratib, boʻlib tashlash barcha fir’avnlarning odatidir, chunki u faqat oʻzini, oʻz halovatini, oʻz taxtini oʻylaydi, taxtdan ajrab qolmaslik uchun har qanday pastkashlikdan qaytmaydi. Aholini parchalash esa fir’avnga aynan taxtni mustahkamlash, shaxsiy rohatini taʼminlash uchun kerak, chunki fir’avn aholini toifalarga boʻlib tashlab, ularning orasida nizo chiqarib, bir-biriga qarshi qilib qoʻysa, ular bir-birlari bilan ovora boʻlib, fir’avn bilan ishlari boʻlmay qoʻyadi. Qaysi taraf oʻziga yaxshiroq topinsa, oʻshani quvvatlab, boshqalarning tomoshasini koʻrib, hukm suraveradi. Muso alayhissalom davrlaridagi Misr fir’avni ham shu yoʻldan borib, Misr aholisini turli toifalarga boʻlib tashlagan edi. „Ulardan bir toifasini ezar, oʻgʻillarini soʻyib, qizlarini tirik qoldirardi. U buzgʻunchilardan boʻlgan edi“ (Qasas surasi, 4-oyat). Fir’avn ezgan toifa Banu Isroil edi. „Biz esa yer yuzida xoʻrlanganlarga beminnat neʼmat berishni, ularni peshvo qilishni, ularni vorislar qilishni va yer yuzida ularga imkon berishni, Fir’avn, Homon va ikkovining lashkarlariga ulardan qoʻrqqan narsalarini koʻrsatishni istaymiz“ (5-6-oyatlar). Homon — fir’avnning vaziri. U har doim fir’avn qiladigan yomonliklarga bosh-qosh boʻlib kelgan. Fir’avn, Homon va ularning askarlari Banu Isroildan nima uchun qoʻrqishardi? Aniqki, ular mulkiga zavol yetishi xavfidan behalovat edilar. Alloh taolo ular qoʻrqqan narsani aynan Banu Isroil orqali koʻrsatishni vaʼda qilmoqda. Muso alayhissalom nihoyatda xatarli bir vaqtda dunyoga kelganlari uchun onalari nima qilishni bilmay qoldi. Fir’avnning aygʻoqchilari yangi tugʻilgan goʻdakning oʻgʻilligini sezib qolishsa, uni onasidan tortib olib, oʻldirishlari mumkin. Nima qilish kerak? Biror chorasi bormi? Insonning qoʻlida hech qanday chora yoʻq. Shunda Alloh taoloning Oʻzi yoʻl koʻrsatdi. "Musoning onasiga: „Uni emizaver. Qoʻrqqan chogʻingda uni daryoga tashla, qoʻrqma, mahzun boʻlma, Biz, uni senga albatta qaytaramiz va uni rasullardan qilamiz“, deb vahiy qildik" (7-oyat). „Baribir oʻlib ketadi, deb bolani tashlab qoʻyma, uni emizaver, noumid boʻlma. Agar fir’avnning odamlari uni oʻldirishidan qoʻrqsang, bolani sandiqqa solib, daryoga tashla“. „…qoʻrqma, mahzun boʻlma…“ „Bolamga nima boʻlar ekan, deb qoʻrqma. Jigargoʻshamdan ayrilib qolyapman, deb xafa boʻlma“. „Biz uni senga albatta qaytaramiz va uni rasullardan qilamiz“, deb vahiy qildik". Yaʼni „Biz bolangni tezda oʻzingga qaytaramiz va uni oʻzing emizasan. Kelajakda esa uni paygʻambarlardan qilamiz“. Alloh Muso alayhissalomning onasiga bildirgan ish amalga oshdi: ichiga goʻdak Muso solingan sandiq daryoda oqib borib, fir’avnning qasridagi boqqa kirdi. Hech narsaga qodir boʻlmagan, hatto oʻziga kerak boʻlgan ovqatni ham tanovul qila olmaydigan goʻdak Muso dushmanning qoq oʻrtasiga kelib tushdi. Alloh taolo fir’avnning xotinining qalbiga goʻdakning muhabbatini joyladi. Uning gapi bilan goʻdakni oʻldirmay, boqib olishga qaror qilindi.Muso alayhissalom oʻz qavmiga moyil boʻlib oʻsib-ulgʻaydilar. Bir kuni Banu isroillik bir odam yerlik qibtiy bilan janjallashib qoldi. Banu isroillik Muso alayhissalomdan yordam soʻradi. Muso alayhissalom qibtiyni bir urib, oʻldirib qoʻydilar. Boshqa bir kuni xuddi shunga oʻxshash holat yana takrorlandi. Muso alayhissalom boʻlgan voqealardan taʼsirlanib, buning oqibati nima boʻlar ekan, deb hadiksirab yurganlarida u kishiga xabar keldi. Bu haqda Qasas surasida shunday deyilgan. "…va shaharning narigi chetidan bir kishi shoshib kelib: „Ey Muso, aniqki, aʼyonlar seni oʻldirish uchun til biriktirmoqdalar. Chiqib ket! Men senga nasihat qiluvchilardanman“, dedi" (20-oyat). Soʻng Muso alayhissalom Madyan yurtiga bosh olib ketdilar. U yerda ikki qizga qoʻylarini sugʻorishda yordam berdilar. Oʻsha ikki qizning otalari boʻlmish Shuayb alayhissalom Muso alayhissalomga sakkiz yoki oʻn yil ishlab berish sharti bilan qizlaridan birini nikohlab berishni taklif qildilar va bu gap amalga oshdi haMuso Oradan yillar oʻtdi. Vaqti-soati kelganda, Muso alayhissalom oʻz ahllari bilan Misrga qaytishga qaror qildilar. Siyno mintaqasiga yetib kelganlarida Alloh vahiy qilib, u zotni fir’avn va uning qavmiga paygʻambar qilib yubordi. Shu bilan birga, Alloh Muso alayhissalomga akalari Horunni yordamchi qilib berdi, u zotni moʻ’jizalar bilan qoʻllab-quvvatladi8. Muso alayhissalom fir’avnni Allohga daʼvat qilar, u esa oʻz siyosatida, isyonda davom etib, oʻzining xudo ekanini daʼvo qilar, u zotni yolgʻonchiga chiqarar edi. Muso alayhissalomning qoʻllarining oq boʻlib chiqishi, hassalarining ilonga aylanib, harakatga kelishi kabi moʻ’jizalarni fir’avn sehr deb daʼvo qildi. Sehrgarlarni toʻplab, ular bilan Muso alayhissalom orasida bellashuv oʻtkazishni, kim gʻolib kelishini aniqlashini eʼlon qildi. Alloh taolo bu haqda Nozi’ot surasida xabar bergan: „Senga Musoning xabari keldimi?“ (15-oyat) Yaʼni „Senga Musoning xabari kelgan, buni bilasan“. „Esla, Robbi unga muqaddas Tuvo vodiysida nido qildi“ (16-oyat). Tur togʻida — Tuvo deb atalgan muqaddas vodiyda Muso alayhissalom boshqalarga nasib etmagan marhamatlarga, jumladan, Haq subhanahu va taolo bilan roz aytishish — bevosita soʻzlashish sharafiga muyassar boʻlganlar. Oyatda mana shu ulkan hodisa zikr qilinyapti. Oʻshanda Alloh taolo Muso alayhissalomga dedi: „Fir’avnning huzuriga bor, u tugʻyonga ketdi“ (17-oyat). Allohni unutib, tugʻyonga ketgan, haddidan oshib, kishilarga zulmni koʻpaytirgan, hattoki xudolik daʼvosini ham qilgan zolimga, tugʻyonga ketgan podshohga Alloh taolo Oʻz paygʻambari Muso alayhissalomni yuborib, yumshoq gapirishni tayinlayapti. "Ayt: „Senda poklanishga (ragʻbat) bormi?“ (18-oyat) Yaʼni „Ey fir’avn, senda kofirlikdan, xudolik daʼvosini qilishdan va boshqa gunohlaringdan poklanishga ragʻbat bormi?“ degin. Bunda dinga daʼvat qiluvchilar uchun katta ibrat bor. Agar daʼvat qilinayotgan shaxs fir’avn boʻlsa ham, unga yumshoq gapirib, tushuntirib, daʼvat qilish kerak. „…va seni Robbingga hidoyat qilsam, shoyadki, qoʻrq-sang“ (19-oyat). Yaʼni „Men seni Robbingni rozi qiladigan narsaga hidoyat qilaymi? Shoyad, oʻsha hidoyatga amal qilib, Allohdan qoʻrqadigan, Unga taqvo qiladigan bandalardan boʻlsang“. Ushbu oyatda oldin hidoyat, keyin qoʻrqish zikr qilinishi ham oʻziga yarasha hikmatga ega, chunki banda hidoyat topmaguncha, Allohdan qoʻrqmaydi. Keyingi oyatlarda esa Muso alayhissalom bilan fir’avn orasida boʻlib oʻtgan mojarolar zikr qilinadi. „…va unga katta oyat-alomatni koʻrsatdi“ (20-oyat). Alloh taolo Oʻz paygʻambarlarini qoʻllab-quvvatlash, kishilarga ularning haqiqiy paygʻambar ekanini tan oldirish uchun moʻ’jizalar beradi. Muso alayhissalomga ham Alloh taolo koʻplab moʻ’jizalar bergan. moʻ’jizani Qur’oni Karim baʼzida „oyat-alomat“ deydi. Bu oyatdagi ulkan alomatdan murod Muso alayhissalomga berilgan katta moʻ’jiza — qoʻllaridagi hassaning ilonga aylanishidir. Demak, shu moʻ’jizani u zot zolim fir’avnga koʻrsatdilar. Shunda „U yolgʻonchiga chiqardi va osiy boʻldi“ (21-oyat). Yaʼni fir’avn Allohning paygʻambari boʻlmish Muso alayhissalomni yolgʻonchiga chiqardi, Alloh taoloning amriga isyon qildi. „Soʻng ortiga oʻgirilib, tezlab ketdi“ (22-oyat). Yaʼni fir’avn Muso alayhissalom tomonlaridan koʻrsatilgan moʻ’jizalarni koʻrganidan soʻng ortiga oʻgirilib, tezlab yurib ketdi. „Keyin (odamlarni) toʻpladi va nido qildi“ (23-oyat). Fir’avn Muso alayhissalomning oldlaridan burilib ketganidan keyin borib, oʻz hukmi ostida yashayotgan odamlarni bir joyga toʻpladi va „Men sizlarning eng oliy robbingizman“, dedi" (24-oyat). Yaʼni robblik daʼvosini qildi. Qilganda ham, eng oliy robb¬lik daʼvosini qildi, chunki Muso alayhissalom fir’avnni ham, boshqalarni ham Robbul olaminga ibodat qilishga daʼvat qilgan edilar. Fir’avn oʻzining bu ishi ila „Muso daʼvat qilayotgan Robb emas, eng oliy robb menman“, demoqchi boʻldi. „Alloh uni avvalgi va oxirgi(gunoh)lari uchun bezdiruvchi iqobga oldi“ (25-oyat). U boʻlsa aqlini yoʻqotib: „Men sizlarning eng oliy robbingizman“, deb yuribdi. Vaʼdalashilgan kunda boʻlib oʻtgan bellashuvda Muso alayhissalom sehrgarlar ustidan gʻolib keldilar. Oʻzlari qilib yurgan narsa botil ekani ayon boʻlib, Allohga iymon keltirgan sehrgarlarni fir’avn osishga buyurdi, ularni qatl qildi. Soʻng Banu Isroilga nisbatan ozorlar yana ham shiddatli tus oldi. Shunda Alloh subhanahu va taolo fir’avnni va uning qavmini qahatchilik — ocharchilik yillari bilan siquvga oldi. Shunda ham ular oʻz ishlaridan qaytishmagach, Alloh taolo ularga boshqa uqubatlarni ham nozil qildi. Alloh taolo bu haqda Aʼrof surasida shunday xabar bergan: „Ustlariga toʻfon, chigirtkalar, kanalar, baqalar va qonni ochiq-oydin va mufassal belgilar qilib yubordik. Mutakabbirlik qildilar va jinoyatchi qavm boʻldilar“ (133-oyat). Yaʼni Alloh taolo fir’avn va uning ahli vaʼz-nasihatga quloq tutsin, insofu iymonga kelsin, qilayotgan jinoyatlaridan qaytsin deb, ularga mufassal tarzda, alohida-alohida qilib oyat-belgilarni yubordi. Baʼzi ulamolarning fikricha, Isro surasida „Batahqiq, Musoga toʻqqizta ochiq-oydin oyat-moʻ’jiza berdik“ deyilishiga qaraganda, toʻqqiz yilda toʻqqizta oyat-moʻ’jiza yuborilgan, chunonchi: aso, qoʻl, qahatchilik, meva va jonlarni nuqsonga uchratish, toʻfon, chigirtka, mita, baqa va qon. Bu holat haqida imom Ibn Jarir Tabariy Saʼid ibn Jubayr roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltiradilar: "Muso alayhissalom fir’avnning huzuriga kelib, „Banu Isroilni men bilan qoʻyib yuborgin“ deganida, fir’avn koʻnmadi. Shunda Alloh taolo ularning ustiga toʻfon — shiddatli yomgʻir yubordi. Ustlaridan sel qilib quydi. Ular „Bu ilohiy azob boʻlsa kerak“, deb qoʻrqishdi va Musoga: „Robbingga duo qil, bizdan yomgʻirni daf etsin. Biz senga iymon keltiramiz va Banu Isroilni sen bilan qoʻyib yuboramiz“, deyishdi. Muso alayhissalom duo qilgan edilar, ijobat boʻldi. Biroq ular iymon keltirishmadi, Banu Isroilni qoʻyib ham yuborishmadi. Oʻsha yili Alloh ularga bundan oldin yetishmagan turfa ziroat, meva va oʻt-oʻlanlarni oʻstirdi. Ular: „Biz orzu qilgan narsa shu edi“, deyishdi. Alloh ularning ustidan chigirtka balosini yuborib, oʻsimliklarga zavol yetkazdi. Ular chigirtkalardan oʻsimliklarga yetayotgan zararni koʻrib, nabototning urugʻi ham qolmasligiga ishonishdi va: „Ey Muso, Robbingga duo qil, bizdan chigirtka balosini daf etsin, biz senga iymon keltiramiz va Banu Isroilni sen bilan qoʻyib yuboramiz“, deyishdi. Muso alayhissalom duo qildilar. Alloh ularni chigirtka balosidan xalos etdi. Ular esa yana iymon keltirishmadi, Banu Isroilni ham qoʻyib yuborishmadi. Ular donlarni uyda saqlashni oʻrganib olishdi va xotirjam: „Endi saqlab olaveramiz“, deyishdi. Shunda Alloh ularga mitani (donning oʻzidan chiqadigan qurt) yubordi. Ulardan bir kishi tegirmonga oʻn jarib (don) olib borsa, oʻn qafiz ham un chiqmaydigan boʻldi9. Shunda ular: „Ey Muso, Robbingga duo qil, bizdan mitani daf etsin, biz senga iymon keltiramiz va Banu Isroilni sen bilan qoʻyib yuboramiz“, deyishdi. Muso alayhissalom Allohga duo qildilar va ulardan bu azob yiroqlashdi. Ammo ular Banu Isroilni qoʻyib yuborishdan yana bosh tortishdi. Bir kuni Muso alayhissalom fir’avnning huzurida oʻtirganlarida birdan baqaning ovozini eshitib qoldilar va fir’avnga: „Sen va qavming buni nima deb oʻylaysan?“ dedilar. U (fir’avn): „Bu ham bir balo boʻlmasa edi“, deb javob berdi. Kechga borib ularning har biri tomogʻigacha baqaga koʻmilib oʻtirar, gapirmoqchi boʻlishsa, ogʻizlariga baqa kirib ketar edi. Ular yana Musoga: „Robbingga duo qil, bizdan manavi baqalarni daf etsin. Keyin biz senga iymon keltiramiz va Banu Isroilni sen bilan birga qoʻyib yuboramiz“, deyishdi. Alloh ulardan baloni daf etdi, lekin qavm yana iymon keltirmadi. Soʻng Alloh ularning ustiga qon balosini yubordi. Anhorlardan, quduqlardan, idishlaridan suv olmoqchi boʻlishsa, yangi qon chiqar edi. Ular bu haqda fir’avnga arz qilib: „Biz qon balosiga uchradik. Toza ichimlik qolmadi“, deyishdi. Fir’avn: „U (Muso) sizlarni sehrlab qoʻygan boʻlsa, ajab emas“, dedi. Ular: „Qayerdan sehrlaydi? Biz idishlarimizda suv topa olmayapmiz, yangi qondan boshqa hech vaqo yoʻq!“ deyishdi. Soʻng kelib: „Ey Muso, Robbingga duo qil, bizdan qon balosini koʻtarsin. Keyin biz senga iymon keltiramiz va Banu Isroilni sen bilan birga qoʻyib yuboramiz“, deyishdi. Balo daf boʻldi. Ular yana iymon keltirishmadi, Banu Isroilni qoʻyib ham yuborishmadi". Alloh taolo Toho surasida xabar bergan: "Musoga „Bandalarim ila kechasi yoʻlga tush, ularga dengizdan quruq yoʻl och, yetib olishlaridan xavf qilma va qoʻrqma“, deb vahiy qildik" (77-oyat). Fir’avnning zulmi va tugʻyoni yana ham avjiga chiqdi. Oʻshanda Alloh taolo paygʻambari Muso alayhissalomga oʻz qavmi bilan Shom diyoriga hijrat qilishni buyurdi. Fir’avn va uning odamlaridan qochib, Qizil dengizning shimolidagi tor qismiga yetganlarida Allohning izni bilan Muso alayhissalom hassalari bilan dengizni urdilar. U yerdan oson oʻtadigan yoʻl ochildi. U zot qavmlari bilan mana shu yoʻl orqali oʻtib oldilar. „Fir’avn lashkarlari bilan ularning ortidan taʼqib etdi. Dengiz ularni oʻraganicha oʻrab oldi“ (78-oyat). Fir’avn oʻz askarlari bilan Banu Isroilni quvib kelib, ortlaridan dengizga tushdi. Ular dengiz tubida ketishayotgan bir paytda toʻxtab turgan suv birdan harakatga keldi va barchalari toʻlqinlar ostida qolib ketishdi. Alloh taolo ularni shu zaylda halok qildi. Muso alayhissalom va u zot bilan birga boʻlganlar esa qirgʻoqning narigi tomoniga eson-omon yetib olishdi. „Fir’avn oʻz qavmini adashtirdi, toʻgʻri yoʻlga boshlamadi“ (79-oyat). Oqibat shu tarzda yakun topdi. Xudoga emas, fir’avnlarga ergashganlar doimo shunday oqibat topadilar. Alloh taolo fir’avn va uning lashkarini gʻarq etib, Banu Isroilni zulm, jabr-sitamdan ozod qildi. Yahudiylar Muso alayhissalomdan yegulik-taom soʻrashdi. Alloh taolo ularga osmondan mann (shirinlik, taom) va salvo (pishirilgan bedana) tushirdi. Muso alayhissalom ular bilan yurishni davom ettirib, nihoyat Siyno mintaqasiga yetib bordilar. Muso alayhissalom toqqa chiqib, u yerda qirq kun turdilar. Oʻshanda Alloh taolo u zot bilan bevosita gaplashdi va Tavrotni nozil qildi, toshdan boʻlgan lavhlarga yozilgan vasiyatlarni berdi. Soʻng Muso alayhissalom oʻz qavmlariga qaytdilar. Ularning tilladan oʻzlari yasab olgan buzoqqa ibodat qilayotganlarini koʻrib, juda qattiq gʻazablandilar. Soʻng iqob tarzida ularga bir-birlarini oʻldirishga amr qildilar. Bu amr Allohdan boʻlgan edi. Shundan soʻng u zot qavmlariga Alloh subhanahu va taolo ularga tiyhni, yaʼni adashib-uloqib yurishni, zoye boʻlishni yozgani, bu ishlar Siyno sahrosida qirq yil davom etishi haqida xabar berdilar. Muso alayhissalom Horun alayhissalomdan keyin vafot etdilar. Banu Isroilni Muqaddas zaminga u zot emas, Yushaʼ ibn Nun olib kirdilar. Muso alayhissalom bu ¬dunyoni 120 yoshlarida tark etdilar va Oʻlik dengizining shimoli-sharqiy tarafida, Muob mintaqasidagi Nibu (Nebo) togʻiga dafn etildilar. Muso alayhissalomning qissalari Qur’oni Karimda eng koʻp kelgan qissadir. Mulohaza qilinsa, Muso alayhissalom insoniyat ilohiy taʼlimotlardan juda ham uzoqlashgan bir paytda paygʻambar boʻlganliklari anglashiladi. U zot paygʻambar boʻlib kelgan qavm podshohni „iloh“ deb eʼtiqod qilgan, jamiyat esa oʻzida barcha nobakorliklarni mujassam etgan edi. Ular har bir kattayu kichik masalada ilohiy taʼlimotdan uzoqlashib, oʻzlari ixtiro qilgan nobakorliklarga amal qilishga oʻtib olishgandi. Shuning uchun Muso alayhissalom ularga koʻplab tushuntirish ishlari olib borgan boʻlsalar ham, u zotning qavmlaridan boʻlgan bir guruh yoshlardan boshqa hech kim ilohiy yoʻlga yurmadi. Aksincha, ular oʻzlariga paygʻambar boʻlib kelgan zotni oʻldirishga qasd qilishdi. Muso alayhissalomning fir’avn va uning ahli bilan boʻlgan kurashlari kofir qavmning Alloh taolo tomonidan gʻarq qilinishi ila yakunlandi. Boshqa paygʻambarlarning qissalarida kofir qavm halok boʻladi, paygʻambar va unga iymon keltirganlar najot topadilar, ammo Muso alayhissalom qissasida asosiy voqealar kofir qavm halok boʻlganidan keyin boshlanadi. Fir’avn va uning qavmi halok boʻlganidan keyin Muso alayhissalom va u zotning akalari Horun alayhissalom oʻz qavmlari bilan yuzma-yuz qoladilar. Uzoq muddat qullikda, azob-uqubatda yashagan bu qavm Alloh taolo ozod qilib, Oʻz neʼmatlarini ato qilganidan keyin turli noshukrliklar qilishni boshladi. Muso alayhissalom ularni insofga, shukr qilishga chaqirib, daʼvat qilib, koʻp urindilar. Alloh taolo ham ularga tanbeh uchun turli azob-uqubatlarni yoʻllab turdi. Ammo xalq insofga kelmadi. Banu Isroilning nobakorligi borgan sari kuchayib boraverdi. Oxir-oqibat Alloh taolo ularning yosh bolalaridan boshqa barchalarini doimiy adashuvda oʻlib ketishlarini iroda qildi. Muso alayhissalomning qissalari Qur’oni Karimda bunchalik koʻp kelishining asosiy sabablaridan biri Banu Isroil ilohiy kitobga — Tavrotga amal qilib yashashi talab etilgan qavm edi. Musulmonlar ham oxirgi ilohiy kitob — Qur’oni Karimga amal qilib yashashlari lozim va lobud ummatdir. Ana shu maʼnoda ular hammadan koʻra Banu Isroildan koʻproq ibrat olishlari va ular yoʻl qoʻygan xatolarni takrorlamasliklari kerak. Shuning uchun ham Qur’oni Karim bu masalaga alohida eʼtibor bergan. Download 105 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling