Zbekiston xalqaro islom akademiyasi islomshunoslik fakulteti


Arabiston yarimoroli payg‘mbarlari faoliyati


Download 105 Kb.
bet9/12
Sana20.12.2022
Hajmi105 Kb.
#1037683
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
QUR’ONDA NOMLARI ZIKR ETILGAN PAYG’AMBARLARNING QADIMGI DUNYO DAVLATLARIDAGI

2.3 Arabiston yarimoroli payg‘mbarlari faoliyati

Hud — Qurʼonda zikr qilingan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, u Od qavmidan boʻlib, oʻz qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Bu qavm gavdali, jismonan baquvvat kishilar boʻlib, Yaman va Ummon oʻrtasidagi Ahqof degan joyda yashagan. Ular butlarga sigʻingan, yolgʻiz Allohga ibodat qilishga daʼ-vat etgan Hudni tahqirlab, yolgʻonchi va aqli zaif deb atashgan. Hud oʻz qavmini agarda yolgʻiz Allohga ibodat qil-masalar avvalda oʻtgan sarkash qavmlarga boʻlgani kabi, bularga ham Allohning azobi nozil boʻlishidan ogohlantiradi. Ammo Od qavmi bari bir oʻz zalolatida davom etaverdi va Hudga itoat etmadi. Shundan soʻng Alloh 3 yil yomgʻir yogʻdirmay, qurgʻoqchilikka giriftor etsa ham, bu qavm tavba-tazarru qilmagan. Oʻz qavmining imon keltirishidan umidini uzgan Hud oʻziga imon keltirgan moʻminlar bilan Makkaga ketib oʻsha yerda vafot etgan. Hidoyatga yurmagan qavm ustiga esa Alloh kuchli boʻron yuborib, hammalarini halok qildi ("Alhoqqa" surasi, 6—7-oyatlar).
Solih — Qurʼonda zikr etilgan paygʻambarlardan biri. Qurʼonga koʻra, Samud qavmini hidoyatga boshlash uchun paygʻambar qilib yuborilgan. Hijoz bilan Shom orasida Hijr degan joyda yashovchi bu qavm nafsoniy lazzatlarga berilgan, huzurbaxsh ichimliklar ichib, oʻzlari yasab olgan butlarga sigʻinar edi. Solih ularni faqat Allohga ibodat qilishga chaqiradi. Biroq qavm hidoyat yoʻliga yurish oʻrniga Solihni masxara qila boshlaydi va haqiqatdan ham paygʻambar boʻlsang, bizga moʻʼjiza koʻrsat deb daʼvo qiladi. Shunda Solih Allohdan oʻziga bir moʻʼjiza berishini soʻrab duo qiladi. Alloh Solihning duosini ijobat qiladi va Solih moʻʼjiza koʻrsatib xarsang toshdan tuya chiqaradi. Solih qavmni tuyaga ozor bermaslikka chaqirib, havzadan bir kun tuya, bir kun qavm suv ichishi lozimligini bildiradi (Qamar surasi, 27—28-oyatlar). Ammo, qavm tuyani soʻyib yuboradi, Solih va uning oilasini yoʻqotishga qasd qiladi. Shunda osmondan kuchli chaqmoq yuborilib, ular halok etiladi (Zoriyot surasi, 44-oyat). Solih oʻziga imon keltirgan kishilar bilan birga Falastindagi Ramla degan joyga borib, umrining oxirigacha shu yerda yashaydi.
Shuayb — Qurʼonda tilga olingan paygʻambarlardan biri. Arabistonlik 4 paygʻambardan (HudSolihMuhammad bilan birga) biri. Shuayb oʻz qavmini fasohatli usullar bilan imonga daʼvat etganligidan „paygʻambarlar xatibi“ deb nom olgan. Shuayb va uning qavmi Arabiston yarim orolining Qizil dengiz qirgʻogʻidagi Madyon degan joyda yashab oʻtgan. Bu qavm, asosan, savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Ular Allohga ibodat qilish oʻrniga turli ilohlarga sigʻinadigan, moddiy boylik orttirishga hirs qoʻygan, bu yoʻlda har qanday razolat, nohaqliklardan qaytmaydigan kishilar edi. Savdo qilganlarida tosh-tarozidan urib qolishga odatlanishgandi. Shuayb oʻz qavmini savdoda halollikka, kishilar haqiga xiyonat qilmaslikka daʼvat eta boshladi. Shuaybning nasihatlariga koʻnmagan qavmning barchasi zilzila yuz berishi natijasida halokatga uchradi. Qurʻonda paygʻambarlarga boʻysunmagan qavmlarni Alloh qattiq azobga duchor qilishi eslatiladi. Shuayb alayhis-salom va uning oʻz qavmini daʼvat qilgani va gumroh qavmning boshiga tushgan azob-uqubatlar haqida Qurʼonda Aʻrof surasi, 85-87-oyatlarHud surasi, 87-90-oyatlarda bayon qilingan.

Download 105 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling