Ózbekistonda oliy ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, islohotlar va uning istiqbollari
Download 10.63 Kb.
|
Ózbekistonda oliy ta’lim tizimidagi o’zgarishlar, islohotlar va -fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish
Kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ijtimoiy rivojlanish, fan-texnika taraqqiyoti talablariga, ishlab chiqarishdagi, mehnat bozoridagi o‘zgarishlarga muvofiq ravishda, shuningdek odamlarning shaxsiy talab-extiyojlarini hisobga olib, kasbiy bilim hamda ko‘nikmalarini o‘zlashtirish va boyitish, shuningdek yangi ixtisos o‘rgatish maqsadida amalga oshiriladi. Kadrlarning malakasini oshirish va ularni kayta tayyorlash davlat mablag‘lari xisobidan, shuningdek korxonalar, muassasalar tashkilotlar, ayrim shaxslar bilan shartnomalar asosida davlat tasarrufidagi va boshqa xil o‘quv yurtlari bazasida amalga oshiriladi. Ta’limning shakllari, muddatlari va mazmuni buyurtmachi bilan kelishilgan holda o‘quv yurtlari tomonidan belgilanadi.Sh.M.Mirziyoevning O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha “Harakatlar strategiyasida”gi farmonida ijtimoiy soha, xususan. Ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida belgilangan vazifalarni o’rganing.Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish:Taʼlim va fan sohasini rivojlantirish: uzluksiz taʼlim tizimini yana-da takomillashtirish, sifatli taʼlim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish; taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital taʼmirlash, ularni zamonaviy oʻquv va laboratoriya asboblari, kompyuter texnikasi va oʻquv-metodik qoʻllanmalar bilan jihozlash orqali ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan maqsadli chora-tadbirlarni koʻrish; maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish va ushbu muassasalarda bolalarning har tomonlama intellektual, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash, bolalarning maktabgacha taʼlim bilan qamrab olinishini jiddiy oshirish va foydalanish imkoniyatlarini taʼminlash, pedagog va mutaxassislarning malaka darajasini yuksaltirish; umumiy oʻrta taʼlim sifatini tubdan oshirish, chet tillar, informatika hamda matematika, fizika, kimyo, biologiya kabi boshqa muhim va talab yuqori boʻlgan fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda oʻrganish; Download 10.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling