Òzbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida tinchliksevar tashqi siyosati
Download 155.06 Kb.
|
Òzbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida tinchliksevar tashqi siyosati(BMT,YXHT,Shanxay Hamkorlik Tashkiloti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi doirasida hamkorlik
Òzbekistonning xalqaro tashkilotlar faoliyati doirasida tinchliksevar tashqi siyosati(BMT,YXHT,Shanxay Hamkorlik Tashkiloti). 22 dekabr kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Umid Abidxodjayev O‘zbekistonning keng doiradagi xorijiy sheriklari bilan do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishdagi muhim yutuqlari haqida gapirdi. Bugun AOKA press-xolida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Umid Abidxodjayev ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakatimizning xalqaro maydondagi hamkorligi masalalari bilan bog‘liq muhim ma’lumotlar taqdim etildi. So‘nggi yillarda O‘zbekiston keng doiradagi xorijiy sheriklar bilan do‘stona, o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirishda muhim yutuqlarga erishdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilgan ochiq, konstruktiv va amaliy tashqi siyosat dunyoning deyarli barcha mintaqalardagi davlatlar, shuningdek, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan samarali aloqalarni sezilarli darajada mustahkamlashga imkon berdi. Xususan, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) kabi mintaqaviy institutlar doirasida O‘zbekistonning hamkorligi sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. Mamlakatimiz 2019 yilda a’zo bo‘lgan Turkiy tilli davlatlarning hamkorlik kengashi (TDHK) faoliyatida ishtirok etishi Toshkentning ko‘p tomonlama diplomatiyasining yangi yo‘nalishiga aylandi. Bundan tashqari, joriy yilda O‘zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) tarkibida kuzatuvchi davlat maqomini oldi.
So‘nggi yillarda mamlakatimiz Hamdo‘stlik faoliyatidagi ishtirokini sezilarli darajada faollashtirdi. O‘zbekiston MDH Iqtisodiy Kengashi, Hamdo‘stlikning Parlamentlararo assambleyasi va 20 dan ortiq tarmoq organlariga qo‘shildi. Maqsadlari milliy manfaatlarga javob beradigan boshqa tarmoq organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Hamdo‘stlikka a’zo davlatlar O‘zbekistonning asosiy savdo sheriklari hisoblanadi. 2020 yilning 9 oyida respublikaning MDH davlatlari bilan tovar ayirboshlash hajmi 8 059,5 million dollarni va jami tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 29,3 foizni tashkil etdi. O‘zbekiston tomoni MDH davlatlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni O‘zbekistonning mavjud iqtisodiy salohiyatidan to‘liq foydalanish, shu jumladan, ta’minot va ishlab chiqarish mahsulotlari assortimentini diversifikatsiyasini kengaytirish asosida rivojlantirishdan manfaatdor. O‘zbekiston MDH davlatlari bilan transport va tranzit sohasida, shu jumladan, transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro imtiyoz va preferensiyalar berish, shuningdek, yangi o‘zaro manfaatli transport yo‘nalishlarini shakllantirish va rivojlantirish sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga katta ahamiyat beradi. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq jahondagi murakkab vaziyatga qaramay O‘zbekiston raisligi davrida bir qator muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Ular orasida Hukumat rahbarlari kengashi, iqtisodiy kengash, tashqi ishlar vazirlari kengashi, MDH davlatlari hududlarini o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar importi va tarqalishidan sanitariya muhofazasi muammolariga bag‘ishlangan Muvofiqlashtiruvchi kengash, ilmiy-texnikaviy va innovatsion sohalarda hamkorlik bo‘yicha davlatlararo kengash va boshqalarni alohida ta’kidlash lozim. Xususan, MDHni yanada rivojlantirish bo‘yicha yangilangan Konsepsiya, Hamdo‘stlikni 2030 yilgacha iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, shuningdek, harbiy va chegara sohasidagi hamkorlik, innovatsiya, transport, madaniyat va sport, turizm va yoshlar hamkorligi sohasidagi 9 dasturiy hujjat qabul qilindi. Joriy yilning 18 dekabr kuni Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi rahbarlari kengashining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tgan MDHda O‘zbekiston raisligining yakuniy tadbiri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Hamdo‘stlik doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha bir qator takliflarni bildirdi, shu jumladan: ● "yashil" va soddalashtirilgan yo‘laklar amaliyotini keng joriy etish; ● Hamdo‘stlik doirasida elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha yagona platformani ishga tushirish va "Yo‘l xaritasi" ni qabul qilish; ● Industrial sanoat kooperatsiyasining kompleks dasturini ishlab chiqish; ● transport koridorlarining raqobatbardoshligini oshirish, qoidalar va standartlarni muvofiqlashtirish, muvofiqlashtirilgan tarif siyosatini olib borish va o‘zaro imtiyozlar berish; ● barcha sanitariya talablariga rioya qilgan holda o‘zaro asosda havo qatnovini iloji boricha tezroq tiklash, bu ishbilarmonlik, gumanitar va turistik almashinuvni tiklashga yordam beradi; ● mehnat muhojirlarining hujjatlarini o‘zaro tan olishning yagona mexanizmini yaratish va bu borada alohida dastur qabul qilish; ● sanitariya-epidemiologik vaziyat samarali monitoringini olib borish, favqulodda vaziyatlarni kuzatish va tezkor ta’sir ko‘rsatish tizimini shakllantirish; Download 155.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling