Zbekistonrespublikasiaxborottexn ologiyalarivakommunikatsiyalarini
Download 461.57 Kb. Pdf ko'rish
|
5-mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ikki taktli dvigatel Ikki taktli dvigatel
Oʻzgarmas tok— tok kuchi va yoʻnalishi vaqt oʻtishi bilan
oʻzgarmaydigan elektr toki . Oʻzgarmas tok oʻzgarmas elektr yurituvchi kuch taʼsirida oʻtkazgichdan yasalgan berk zanjirda vujudga kelishi mumkin. Agar elektr zanjiri tarmoqlanmagan boʻlsa, uning hamma qismlaridan oʻtayotgan tok kuchi bir xil boʻladi. Oʻzgarmas tokning asosiy qonunlari Om qonuni va Joul — Lens qonunidan iborat. Ishtirok etayotgan qarshiliklar va elektr yurituvchi kuchlardan foydalanib, zanjir tarmoqlarining har biridan oqayotgan tok kuchi va yoʻnalishi Kirxgof qoidalari asosida hisoblanadi. Oʻzgarmas tokdan turli sanoat tarmoqlarida, mas, elektrometallurgiya , transport, aloqa, avtomatika va boshqalarlarda foydalaniladi. Ikki taktli dvigatel Ikki taktli dvigatel - ish sikli porshenning ikki yurishida, yaʼni tirsakli valning bir marta aylanishida bajariladigan ichki yo’nuv dvigateli. Yonuvchi aralashmaning tayyorlanishiga qarab, karbyuratorli va dizel xillarga boʻlinadi. Karbyuratorli I. t. d.da yonuvchi aralashma kri- voshipli kameraga (undagi siyraklanish hisobiga) soʻrilib, soʻngra silindrga haydaladi, dizel dvigatellarda esa silindrga yonilgʻi maxsus haydash nasoslari yordamida kiritiladi. Silindrlarda ish bajargan gaz klapanlar va alohida tuynuklar orqali chiqarib yuboriladi. Rasmda yonuvchi aralashma krivoshipli kamera orqali haydaladigan karbyuratorli dvigatelning tuzilishi va ishlashi kursatilgan. Porshen pastki chek-ka nuqta (p.ch.n.) dan yukrrigi chekka nuqta (yu.ch.n.) ga harakatlanganda, da-stlab, haydash tuynugini, soʻngra chiqarish tuynugini berkitib, ish aralashmasini qisadi Bunda qisish va soʻrish takti bajariladi. Porshen yu.ch.n.ga yaqinlashganda elektr uchkuni ish aralashmasini yondiradi (rasm, b). Aralashma yonishi natijasida hosil boʻlgan yuqori bosimli gazlar porshenni pastga itaradi. Porshenning harakati shatun (rasm, v) orqali tirsakli valga uzatiladi. Porshen p.ch.n.ga yaqinlashganda chiqarish tuynugi ochilib, silindr ichidagi gazlar atmosferaga chiqib ketadi. Bunda ish yoʻli va chikarish takti bajariladi. Porshen pastga harakat qilib, karter boʻshligʻidagi yonuvchi aralashmani qisadi va haydash tuynugini ochadi. Bu vaqtda karterda siyraklanish hosil boʻlib, karbyuratordagi yonuvchi aralashma soʻrish tuynugi orqali karterga kiradi. Ikki taktli chiqish kaskadlari. Kuchaytirgichni V holatdagi ish holatini ko‘rib chiqamiz. Ikkala tranzistorning kirishida signali bo‘lmaganda emitterga nisbatan baza potensiali nolga teng. YUkdagi kuchlanish ham nolga teng. Tranzistorning kollektoriga emitterga nisbatan o‘zgarmas kuch ulangan. Musbat Yarim davrli kirish signali berilsa Tr1ning ikkinchi W1-1 cho‘lg‘amida umumiy nuqtaga nisbatan manfiy potensial hosil bo‘ladi, cho‘lg‘amning ikkinchi bo‘limida W1-2 musbat Yarim davr hosil bo‘ladi. Natijada tranzistor T2 yopiq holatda bo‘ladi, tranzistor T1 ning bazasidan esa ib1 toki oqib o‘tadi. Natijada tranzistor T1 ochiladi va uning kollektoridan ik1= ib1 tok oqadi W2-1 cho‘lg‘amdan esa U2- 1=ik1 Ryuk=ik1 n2 2 Ryuk kuchlanish hosil bo‘ladi. YUkda esa kuchlanishning musbat Yarim davri hosil bo‘ladi Download 461.57 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling