Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/22
Sana31.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1311043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Uslubiy(IOT amaliyot1-10)

 
 
(imzo) 


KIRISH 
Ushbu uslubiy ko’rsatma «INTERNET OF THINGS» fanining o’quv 
dasturi asosida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg’ona filialida 
bakalavriatura talabalari uchun tayyorlangan. Unga ko’ra, amaliy mashg’ulot 
praktikumini o’tkazishdagi auditoriya mashg’ulotlari uchun, ya'ni amaliy 
mashg’ulot ishiga kiritish kollokviumi, amaliyot ishlarini bajarish, amaliyot 
tadqiqotlari natijalarini tahlil qilib rasmiylashtirilgan.
Talaba navbatdagi amaliy mashg’ulot ishlarini bajarishga faqatgina 
bajarilishi lozim bo’lgan amaliyot ishining vazifalari va mohiyatini aniq 
tushungandan so’ng kiritilishi mumkin. Talaba tadqiqotning nomi va 
maqsadlarini yozma ravishda tushuntira olishi shart.
Talaba, har bir ishdagi mavjud bo’lgan nazorat savollariga alohida e'tiborni 
qaratishi kerak. Bu savollar kelajakda – semestr davomida IOT fanidagi joriy va 
yakuniy nazoratiga tayyorlanishda uchrashi mumkin. Talaba shu savollarga 
javoblarni aniq o’zlashtirgan bo’lishi shart. Shundagina talaba navbatdagi amaliy 
mashg’ulot ishini bajarishga kiritilishi mumkin.
Talabaning amaliy mashg’ulot ishiga mustaqil tayyorlanishi jarayonida 
uslubiy qo’llanmada mustaqil ishlar uchun yoki nazorat savollari bo’limida 
keltirilgan hisoblash ishlarini ham bajarishi zarur.
Amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilish uchun talabaning 
laboratoriya stendida yiqishi lozim bo’lgan barcha o’lchov sxemalarini 
chizishlari kerak. Amaliy mashg’ulot ishini bajarishda talaba stendda o’lchov 
zanjirini 
uyda 
chizgan 
sxemalari 
yordamida, 
o’quv adabiyotlardan 
foydalanmasdan yiqishi zarur. Shuning uchun uyda tayyorlarlangan o’lchov 
sxemalari yetarli darajada to’liq va aniq bo’lishi zarur.
Amaliy mashg’ulot ishini bajarishga kiritilish uchun tayyorlanish vaqtida 
keltirilgan ko’pgina laboratoriya ishlarida ko’rsatilgan shaklda jadvallarni tuzish 
lozim. Uning kataklarida tajriba o’lchovlari va keyinga hisoblashlar natijalari 
joylashtiriladi. 
Eksperimental ko’nikmalardan tashqari, talaba amaliy mashg’ulot 
hisobotini to’ldirishni ham o’rganishi zarur. Bu hisobotda amaliy mashg’ulot 
ishiga tayyorlanishda, uni bajarishda va bajarilgan tadqiqot natijalariga ishlov 
berishda zarur bo’lgan barcha yozuvlar yoritilishi kerak. Hisobotni laboratoriya 
ishini bajarish uchun ruxsat berilishidan va uni himoya qilishdan oldin taqdim 
etiladi. Semestr oxirida hisobotni o’qituvchiga yakuniy nazoratga kirishga ruxsat 
olish va yig’ilgan ballarni hisoblash uchun topshiriladi. Hisobotda keltirilgan 


o’lchov birliklari, sxemalar chizilishi Davlat Standarti (1-ilovada keltirigan) 
asosida bo’lishi shart. Undagi mavjud xatolarni to’g’rilab bajarish ruxsat etiladi.
Hisobotda titul varaq bo’lib (2-ilovada keltirilgan), unda universitet, 
fakultetning nomlari, gurux raqami, talabaning familiyasi, ismi-sharifi va ishning 
nomi keltiriladi. 
Nazorat savollariga to’g’ri javoblari yozilgan hisoboti bo’lmagan talaba 
navbatdagi (guruhning kalendar rejasidagi) amaliy mashg’ulot ishiga 
kiritilmaydi. 



Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling