Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги
Download 1.05 Mb. Pdf ko'rish
|
Uslubiy(IOT amaliyot1-10)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2-rasm.
1-amaliy mashg’ulot. Cisco packet tracer dasturining intenet buyumlari
tarmog‘ini loyihalash imkoniyatlari bilan tanishish Ishdan maqsad: Cisco packet tracer dasturi yordamida Sodda va murakkab bo‘lmagan IoT loyihalarini ishlab chiqish. Ishning bajarilishi Buguni amaliy mashg‘ulotida biz IoT asosida murakkab bo‘lmagan aqlli uy loyihasini ishlab chiqamiz. Buning uchun Cisco packet tracer dasturidan foydalanmiz. Bu dasturning 7 versiyasida aqilli uy, aqilli shahar va aqillisanoat tizimlarini loyixalash imkoni mavjud. Mazkur amaliy ishimizda IP tarmoq orqali bir necha aqilli uy jihozlarini markaziy boshqarish qurilmasi Home Gatavey vositasida boshqarishni amalga oshiriladi. 1.1-rasm. IP tarmog’I orqali boshqarilishi mumkin bo’lgan IoT. 1.1-rasmda tasvirlanganidek, loyixada IP tarmog‘i oraqali boshqarilish mumkin bo‘lgan garaj, kamera, oyna, bu qurilmalarni masofadan tarmoq orqali boshqaruvchi smartfon xamda Home Gateway qurilmalari qo‘llanilgan. Bu qurilmalarni Home Gateway ga Wi-Fi texnologiyasi orqali boshg‘lab chiqamiz. Buning uchun har bir qurilmaning sozlash oynasida Advanced bo‘limiga o‘tib, undagi I/O Config oynaga o‘tish lozim (1.2-rasm). 1.2-rasm. I/O Config bo’limi. Bu oynadan Network Adapter(tarmoq adapteri) bandidan simsiz ulanishni tanlaymiz (1.3-rasm). 1.3-rasm. Simsiz ulanish. Shu tarzda barcha IoT jixozlarni simsiz ulanishga moslanadi. Endi bu qurilmalar Wi-Fi texnologiyasi orqali Home Gatawey ga ulanadilar avtomatik tarzda (1.4-rasm). 1.4-rasm. Home Gateway ga ulanish. Endi bu qurilmalar uchun ularni sozlash oynalarida IoT server vazifasini qay bir qurilma bajarayotganligini ko‘rsatish lozim. Butmoqda bu vazifani Home Gateway bajarmoqda. Demak IoT qurilmalarning barchasida sozlash oynalarini ochamiz (ularni ustiga ikki marta chertish orqali) va undagi config oynasiga o‘tamiz. Bu oynaning quyi qismida IoTserver bandidan Home Gateway ni belgilab qo‘yamiz (1.5-rasm). 1.5-rasm. Config bo’limi. Endi navbat smartfonni tarmoqga ulashga keldi. Smartfon tarmoqga Wi-Fi orqali bog’lanadi. Faqat buning uchun Home Gateway xosil qilayotgan Wi-Fi tarmog‘ini SSID sini (bu HomeGateway) smartfonga kiritish lozim. Home Gateway barcha qurilmalarga tarmoq parametrlarini avtomatik beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling