Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/22
Sana31.03.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1311043
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Uslubiy(IOT amaliyot1-10)

3-amaliy mashg’ulot. Cisco packet tracer dasturi yordamida tutun 
datchiklarini qo’llashni o’rganish 
Ishdan maqsad: Cisco packet tracer dasturi yordamida Aqlli shahar 
loyihasini ishga tushirishni o‘rganish. 
Topshiriqning bajarilishi 
 
Cisco packet tracer dasturi yordamida aqilli shahar loyixasini amalga 
oshirishning barcha imkoniyatlari mavjud. Aqilli shahar loyixasini amalga 
oshirish uchun aqilli shaharning xususiyatlari bilan tanishib chiqish lozim. Aqilli 
shahar bu shaxar infratuzilmasidagi ko‘plab jarayonlarni avtomatik nazoratlash 
imkoni mavjud bo‘lgan shahardir. Bugungi kunda juda ko‘plab bunday loyixalar 
amalga oshirilmoqda va shuning uchun ham bu muxumdir.
Aqlli shahar - bu innovatsion texnologiyalarni qo'llash orqali aholining 
yuqori darajadagi boshqaruvini va samarali boshqaruvini ta'minlaydigan yangi 
avlod shahri kontseptsiyasi. 
Aqlli shaharning asosiy g'oyasi infokommunikatsiya texnologiyalari va 
narsalar Internetidan birgalikda foydalanishdir. Datchiklar va sensorli 
tarmoqlardan foydalanish real vaqtda monitoringni amalga oshirishga imkon 
beradi. Axborot fuqarolarning o'zlaridan yoki jamoat vositalaridan kelib chiqadi, 
so'ngra ma'lumotlar markazida qayta ishlanadi va tahlil qilinadi. 
Aqlli shahar infratuzilmasining quyidagi elementlari ajralib turadi: 
• Suv va energetika menejmenti - aqlli uy-joy kommunal xizmatlari; 
• Chiqindilarni boshqarish - aqlli chiqindilar; 
• Shahar ichida fuqarolarning harakatlanishini ta'minlash - shaxsiy va 
jamoat transporti uchun yo'llardan foydalanish samaradorligini 
oshirish, aqlli transport va aqlli avtoulovlarni joriy etish; 
• Raqamlashtirish va ishonchli aloqani ta'minlash - fuqarolar o'rtasida 
oson aloqa va axborot almashinuvi uchun muhit yaratish; 
• Fuqarolarning shahar boshqaruvida ishtirok etishi - elektron 
hukumat; 
• Atrof muhitni muhofaza qilish - ifloslanish va shovqin darajasini 
nazorat qilish, "yashil" mahallalarni yaratish; 
• Xavfsiz shahar - fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash; 
• Qulay elektron ta'lim va sog'liqni saqlash - aqlli sog'liqni saqlash, 
telemeditsina, masofaviy o'qitish. 
Aqilli shahar loyixasini elementlaridan biri bu ko‘cha chiroqlarini 
avtomatik boshqarilishidir. YA’ni ko‘cha chiroqlari yorug‘likning darajasiga 
bog‘liq ravishda avtomatik tarzda yonib o‘chishi, tungi vaqtda yaqinlashayotgan 
ob’ektlarga mos ravishda yonib o‘chishi lozim. Buning uchun ko‘cha chiroqlari 


xarakat datchigi va yorug‘lik datchigiga ega bo‘lishi lozim. Cisco packet tracer 
dasturida aynan ushbu imkoniyatlarga ega ko‘chachiroqlari mavjud (3.1-rasm). 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling