Ўзбекскистон алоқа ва ахборотлаштириш агентстлиги


Kirish va o‘zaro o‘tkazuvchanliklarni tajribada aniqlash mumkin


Download 1.73 Mb.
bet15/23
Sana08.03.2023
Hajmi1.73 Mb.
#1252832
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Лаборатория э ва схемалар 3 семестр (Восстановлен)

Kirish va o‘zaro o‘tkazuvchanliklarni tajribada aniqlash mumkin: gki=Ik/Ei. Agar Yei=1 bo‘lsa, u holda tok son jihatdan o‘tkazuvchanlikka teng bo‘ladi: Ik = I gki. Bir xil indekslarli o‘tkazuvchanliklar o‘xshash yoki o‘z o‘tkazuvchanliklari deyiladi, turli indekslarli o‘tkazuvchanliklar esa o‘zaro o‘tkazuvchanliklar deyiladi.
Usta-ust qo‘yish usuli bilan birga o‘zarolik prinsipi
Bu usul istalgan tarmoqdagi elektr tokini aniqlash uchun ishlatiladi. Masalan, k tarmoqda EYuKi birga teng bo‘lgan (Ek = 1) kuchlanish manbai o‘rnatiladi.
Elektr zanjirdagi barcha qolgan manbalarni oldindan nolga teng o‘rnatish bilan kuchlanish manbalari bo‘lgan tarmoqlarning va k tarmoqning o‘zaro o‘tkazuvchanliklarini aniqlash mumkin. Chiziqlilik xossasi va ustam-ust qo‘yish xossasidan foydalanish bilan k tarmoqdagi elektr tokini aniqlash mumkin:

Analitik jihatdan k tarmoqdagi elektr tokini kontur toklar usuli orqali tenglama tuzish iblan aniqlash mumkin. k tarmoq xorda (egri chiziqning ikki nuqtasini tutashtiruvi to‘g‘ri chiziq) bo‘lishi kerak. Tenglamalar tizimi Kramer qoidasi bo‘yicha yechiladi:

bu yerda Δkj – asosiy qarshiliklar matritsasisidan k-ustun va j-satr o‘chirilganda va na (-1)k+jga ko‘paytirilganda olingan qarshiliklar matritsasining algebraik to‘ldiruvchisi aniqlagichi, keyin aniqlagich hisoblangan;
Δ(R) qarshiliklar matritsasi aniqlagichi,
Em – konturlar EYuKlari.
Ekvivalent generator usuli
Usul faqat bitta maxsus ajratilgan tarmoqda tok, kuchlanish yoki quvvatni aniqlash talab qilinganida elektr zanjirlarni tahlil qilish va hisoblashni soddalashtirishga javob beradi. Sxemaning qolgan qismlari aktiv ikki qutbli hisoblanadi (bu tarmoqning ulanishi nuqtalariga nisbatan).
Ekvivalent generator usulining xususiy holini ko‘rib chiqamiz:
- aktiv ikki qutbli chiqishlaridagi Usi salt ishlash kuchlanishini hisoblash (yoki o‘lchash) zarur;
Iqt qisqa tutashuv elektr tokini hisoblash (yoki o‘lchash) zarur;
- aktiv ikki qutblining ekvivalent qarshiligini quyidagi formula bo‘yicha aniqlash:

- ekvivalent kuchlanish manbaining EYuKi salt ishlash kuchlanishiga teng (Eekv = Usi).
Ikkita tugunlar usuli
Ikkita tugunlar usuli ixtiyoriy passiv elementlar, tok manbalari va kuchlanish manbalari soniga ega bo‘lgan bir necha parallel ulangan tarmoqlarni bitta Yeekv ekvivalent kuchlanish manbai va ketma-ket ulangan Rekv ekvivalent qarshilikka almashtirish uchun qo‘llanadi. Bu murakkab tarmoqlangan elektr tarmoqlarni yechishni soddalashtirishga imkon beradi.
Ikkita tugunlar usuli tugunlar potensiallari usulining xususiy holi hisoblanadi:

bu yerda - o‘z tarmog‘i o‘tkazuvchanligiga kuchlanish manbai EYuKlari ko‘paytmalarining algebraik yig‘indisi;
– tok manbalari toklarinig algebraik yig‘indisi;
- burchaklar orasidagi barcha tarmoqlar o‘tkazuvchanliklarining yig‘indisi.
Kompensatsiyalash teoremasi.
1. Agar rezistorning (passiv elementning) qarshiligini Ye kuchlanish manbai bilan almashtirilsa, elektr zanjirdagi elektr toki o‘zgarmaydi. Uning EYuKi elektr tokiga qarama-qarshi yo‘nalgan va E = I R ga teng (2a- rasm)
2. ΔR qarshilik o‘zgarganida ΔI tokning o‘zgarishi ΔR qarshilikni o‘zgarishi o‘rniga I elektr tokiga qarama qarshi yo‘nalgan EYuK (ΔE = IΔR) ulanganida bo‘lgani kabi bo‘ladi.

7.2- rasm. Kompensatsiyalash usulini tushuntiradigan sxema


Kompensatsiyalash usuli ko‘pincha komponentlarning o‘zgarishlariga sxema tarmoqlaridagi toklarning (kuchlanishlarning) sezgirligini aniqlashda qo‘llanadi. Bu laboratoriya ishida vaqtga bog‘liq bo‘lmaydigan jamlangan parametrlarli chiziqli zanjirlardagi sezgirlik ko‘rib chiqiladi. Elektr sxemalarni loyihalashtirishda sezgirik quyidagi sababga ko‘ra ko‘rib chiqiladi: elektr sxemalarning komponentlar ±30, ±20. ±10, ±5, ±2, ±1, ±0.5, ±0.25, ±0.1%ga nominallar og‘adigan tayyorlanadi, chunki ularni oshirilgan aniqlikda tayyorlashda narx ko‘p karrali ortadi va shuning uchun komponetning maksimal ruxsat etiladigan o‘zgarishiga foizli nisbatda parametrning (elektr toki va kuchlanishning) sezgirligi tekshiriladi.


Komponentning berilgan o‘zgarishida sxemalar parametrlarining (elektr toki va kuchlanishning) o‘zgarishini miqdoran baholash sezgirlik koeffitsienti hisoblanadi. Elektr zanjirlarda k tarmoq I1 tokini t tarmoqdagi Rm S rezistor nominaliga bog‘liq o‘zgarishi sezgirlik koeffitsienti quyidagi bog‘liqlik orqal aniqlanadi:

bu yerda - Rm komponentning o‘zgarishiga Ik tokning o‘zgarishi bog‘liqligi sezgirlik koeffitsienti;
ΔIk –k tarmoqdagi tokning o‘zgarishi;
ΔRm – qarshilik nominalini 0 dan ΔR gacha o‘zgarishi .

Download 1.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling