Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис


Әдебиятлар 1. Мактабгача таълим тушунчаси info.ziyonet.uz


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/266
Sana17.08.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1667691
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   266
Bog'liq
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021

Әдебиятлар
1. Мактабгача таълим тушунчаси info.ziyonet.uz 
2. О‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O‗zbekiston yoshlari 
forumida o‗zlagan nutqi www.sammi.uz 
3. Хўжаев П., Раҳимқулов К., Нигмонов Б, Хўжаева М.П «Спорт ва ҳаракатли 
уйинлар ва уни ўқитиш методикаси» 12-бет, Тошкент-2007 й. 
4. Хўжаев П., Раҳимқулов К., Нигмонов Б., Хўжаева М.П Спорт ва ҳаракатли 
ўйинлар ва уни ўқитиш. 
5. Ниѐзов И. Олимпия спорт уйинлари Тошкент-2006 й. 3-бет. 
SINF RAHBARI TARBIYAVIY FAOLIYATINING SHAKL VA METODLAR 
 
A.M.Joldasbaeva – NukusDPI, pedagogika nazariyasi va tarixi
mutaxassisligi- magistranti
So‘nggi yillarda sinf rahbarining faoliyati turli shakl va metodlar bilan boyitildi. 
Tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va o‘tkazishda o‘quv yurti jamoat tashkilotlarining roli tobora 
oshirildi. Ushbu ishni tayyorlashdan maqsad o‘quv yurtining sinf rahbariga xozirgi vaqtda 
mamlakatda uzluksiz ta‘limning yagona tizimini yaratish borasidagi ish uslublarini har 
tomonlama keng joriy qilish va metodik yordam ko‘rsatishdan iboratdir. Ideologik muassasalar 
sifatida o‘quv yurti oldiga muhim tarbiyaviy vazifalar ko‘yilgan, bu esa ayni vaqtda har bir sinf 
rahbarining asosiy vazifalarni xisoblanadi, shunday qilib. Alohida sinf birlashib o‘quv yurtini 
tashkil etadilar. Aloxida sinf jamoalari ko‘lga kiritgan ta‘lim va tarbiya borasidagi 
muvaffaqiyatlar butun o‘quv yurti jamoasining muvaffaqiyatini ta‘minlaydi. Shu nuqtai 
nazardan sinf rahbarining ma‘suliyati jamiyat oldida rahbarlik ma‘suliyatidan kam emas. 
Shuning uchun maktab direktorlari sinf rahbari vazifasiga tajribali, tashkilotchi, mexnatsevar, 
maxoratli, yosh avlodni sevadigan o‘qituvchilarni tayinlab, ular bilan muntazam ish olib 
boradilar. 
Sinf rahbarining muhim vazifalaridan biri-bu o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan havasi, 
e‘tiqodi va bilim, qobilyatini rivojlantirish, kasb-xunarga bo‘lgan layoqatini, yosh va ruxiy 
xususiyatlar asosida rivojlantirish, har bir o‘quvchining bo‘lg‘usi xayoti rejalarini amalga 
oshirish, o‘quvchilarning salomatligini muxofaza qilishdan iborat. Faollarga ishonish, ularning 
sinf jamoasi orasida obro‘sini ko‘tarish, o‘z vaqtida ularga tegishli yordam ko‘rsatish sinf 
rahbarining bevosita asosiy vazifasidir. Shuningdek, sinf rahbarining tashkilotchilik unksiyasi 
tarbiya jarayonida muhim vosita sanaladi. Chunki, tashkilotchilik tushunchasining o‘zi keng 


265 
manoga ega. Maxsus bir maqsadni ko‘zlab u yoki bu ishni tadbiriy choralarnitashkil etish sinf 
rahbaridan katta malaka va maxsus mahoratni talab qiladi. Tashkilotchilik funktsiyasi bir necha 
elementlarga bog‘liqdir:
- o‘tgan ishlarni tashkil qilish, uning muvaffaqiyati yokimuvaffaqiyatsizligi sabablarini 
belgilab olish. 
- sinfda o‘tkaziladigan barcha ishlar tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lib, ma‘lum maqsadni 
ko‘zlab o‘tkazilishi va sinf rahbari turli tarbiy ishlarni o‘tkazishda oldin shu ishning modelini 
tuza bilish lozim. 
- sinf rahbari oldiga qo‘yilgan maqsadga yetishish uchun o‘z oldiga aniq vazifa qo‘ya 
bilish lozim. 
- sinf rahbari har bir tarbiriy choralarni amalga oshirishda o‘qituvchi va o‘quvchilarning 
qobiiliyatlariga qarab, vazifalarni taqsimlash, ma‘lum reja asosida tarbiyaviy tadbirlarning 
o‘tazish o‘rni, vaqti, soati, javobgar shaxslar va tizimligini aniqlash lozim. 
- ma‘lumki tarbiyaviy ish bajarishda bajaruvchi kishilarni to‘g‘ri taqsimlash, ishga boshqa 
o‘qituvchilarni, ota-onalar, o‘quvchilar, otaliktashkilotlari va ish obektini aniqlash lozim. 
Sinf rahbarining asosiy faoliyati esa quyidagilarni bilishni talab etadi: 
- har bir o‘quvchini shaxs sifatida o‘rganish; 
- o‘quvchilarning sinfda tarbiyalashni tashkil etish; 
- talablarning bilim-tarbiyasini oshirish va ularning tartib intizomini mustahkamlash; 
- sinfda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish va o‘tkazish; 
- fan o‘qituvchilarining tarbiyaviy shlarini (koordinatsiyalash) birlashtirish; 
- o‘quvchilarning ota-onalari bilan ishlash; 
- sinf rahbari fan o‘qituv ishlariga nisbatan tarbiyaning ko‘p qirrali muhim vazifalarini 
bajaradi. SHuning uchun uning oldiga juda katta pedagogik va psixologik talablar qo‘ygan, bu 
talablar tarbiyaviy ishlarni yuqori darajaga ko‘tarishda muhim rol o‘ynaydi. Demak 
yuqoridagilarga tayangan holda sinf rahbarining faoliyatiga nisbatan qo‘yilgan talablar 
quyidagilardan iborat: 
- yuqori g‘oyaviylik va onglilik; 
- sinf rahbari katta obro‘ga ehtiromga va hurmatga ega bo‘lishi; 
- pedagogik mahorat; 
- madaniy qobiliyatning mavdudligi; 
- pedagogik odobga ega bo‘lish; 
- yosh avlodga nisbatan hurmat va ehtiromda bo‘lish; 
- tashkilotchilik malakasi va mahoratiga ega bulish; 
- tarbiya ishlariga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lish; 
- sinf rahbari kasbini yuqoriga ko‘tarish va mustaqil bilim olish qobiliyatiga ega bo‘lish. 
Xulosa qilib aytadigan bulsak Pedagoglarda biz albatta oliyjanoblik hissini 
tarbiyalashimiz shart. Oliyjanoblik qalbning o‘ziga xos holatidir. Bu holat insonda sokinlik, 
hurmat, mehr, g‘urur hislarining qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. 
Pedagogning o‘quvchilarga bo‘lgan nisbatan bo‘lgan munosabati mehr, hayrihohlik va 
yordamida iborat bo‘lishi kerak. Ma‘lumki rivojlanish uchun yordam berish murakkab jarayon 
bo‘lib, o‘quvchilar oldgiga qo‘yib o‘zi chetda qarab turishi va faqat shu talablar qanday 
bajarilayotganligini kuzatib borishi yetarli degan xulosaga kelgan pedagoglar katta hatoga yo‘l 
qo‘yadilar. Rasmiy hujjatlarga sinf rahbarining vazifalari qisman bayon qilingan bo‘lsa ham biz 
quyida sinf rahbarining vazifalarini aniq tarzda ko‘rsatishni zarur deb bildik.
Sinf rahbarining vazifalari: 
- anatomik, fiziologik va psixologik xususviyatlarini o‘rganish; 


266 
- o‘quvchilarning kundalik davomati odob, xulqi va jamoat ishlariga qatnashishini 
tekshirib borish; 
- o‘quvchilarning rejimga rioya qilishlari va uyga berilgan vazifalarni tayyorlab 
borishlarini kuzatish; 
- sinfda ishlaydigan fan o‘qituvchilari bilan majlis o‘tkazish; 
- darsda o‘quvchilarning davomatini ta‘minlash, sinfda va maktabda navbatchilikni tashkil 
etish, xonani jihozlash, xonadagi o‘quv asboblarini saqlashga o‘rtgatish, o‘quvchilarning 
qiyinchiliklarini nazorat qilib ular bilan suhbat o‘tkazish; 
- sinf majlichlarini tizimli va tartibli o‘tkazish; 
- «Kamolot» tashkiloti bilan ish rejalariga muvofiq darsdan tashqvari ishlarini tashkil 
etish; 
- o‘quvchirlarning darsdan tashqari o‘qishlari va anjumanlarini o‘ikazish; 
- sinf o‘quvchilari bilan sport, harbiy vatanparlik tarbiyasi borasida tadbiriy choralar 
ko‘rish, o‘quvchilar sog‘lig‘ini muntazam nazorat qilish, jismoniy tarbiya o‘qituvchilari, harbiy 
ta‘lim o‘qituvchilari bilan doimiy aloqada bo‘lish; 
- o‘quvchilarni rag‘batlantirish va zarur vaqtlarda ularga nisbatan chora ko‘rish; 
- o‘quvchilarning ota-onalari bilan tarbiya borasida doimiy aloqada bo‘lish va ular bilan 
individual suhbatda bo‘lish; 
- o‘quvchilarning shaxsiy va sinfga oid hujjvtlarni tartibli olib borish. 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   266




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling