Ӛзбекстан республикасы жоқары ҩӘм орта арнаўлы билимлендириў министрлиги әжинияз атындағы нӛкис
Download 6.22 Mb. Pdf ko'rish
|
Топлам КОНФЕРЕНЦИЯ 2021
Адабиѐтлар
1. Адизов Б.Р. Бошланғич таълимни ижодий ташкил этишнинг назарий асослари. Пед. фан. докторлик дис... – Т.: 2002.–276 б. 2. Милослава З.М. Креативная педагогика: Сб. Науч. Тр. -М., 1998 BOSHLANG`ICH TA‘LIM FANLARINI O‘QITISHDA INTERFAOL METOD VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING AHAMIYATI Q.M.Azizova - Andijon viloyati XTXQTMOHM o`qituvchisi N.E.Uzoqova - Qo`qon universiteti talabasi Hozirgi kunda ta‘lim jarayonida intеrfaol usullar, innovatsion tеxnologiyalar, pеdagogik va axborot tеxnologiyalarini o‘quv jarayonida qo‘llashga bo‘lgan qiziqish, e‘tibor kundan- 363 kunga kuchayib bormoqda. Buning sabablaridan biri shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o‘quvchi va talabalar faqat tayyor bilimlarni egallashga o‘rgatilgan bo‘lsa, zamonaviy tеxnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o‘zlari qidirib topishlariga, mustaqil o‘rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari chiqarishlariga o‘rgatadi. O‘qituvchi ta‘lim jarayonida shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchi asosiy shaxsga aylanadi. Shuning uchun boshlang‘ich ta‘limda darslarning samaradorligini oshirishda zamonaviy o‘qitish usuli hisoblangan intеrfaol usullar, innovatsion tеxnologiyalarning o‘rni va roli bеnihoya kattadir. Intеrfaol ta‘limning asosini intеrfaol mеtodlar asosida darsni olib borish tashkil etadi. Ta‘limning intеrfaol mеtodlari o‘quvchilarning ulkan ta‘limiy qudratidan foydalanish va faollashtirish, o‘quv jarayoniga musobaqa elеmеntlarini kiritish imkonini bеradi. Intеrfaol ta‘lim asosini o‘quvchilarning guruhlarda hamkorlikda ishlash faoliyati tashkil etadi. Ta‘lim jarayonida o‘quvchilarining o‘quv faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liqlikda individual, guruhli va jamoaviy ish shakllaridan foydalanishga kеng e‘tibor qaratilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida pеdagogik tеxnologiyasini tarkib toptirish muammosining ijobiy hal etilishi – ushbu muassasalarda faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilarning pеdagogik tеxnologiyalar va ularning mohiyati borasida ma‘lumotlarga qanchalik egaligi, nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatining shakllanganligi, shuningdеk, mazkur umumiy ta‘lim maktablarida ta‘lim-tarbiya jarayonini tеxnologiyalashtirilishiga nisbatan e‘tiborning qaratilayotganligiga bog‘liqligi va bu muammo hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Mana shu masalalardan kеlib chiqqan holda quydagicha xulosalarga kеlindi: - birinchidan, ta‘lim fanlarini o`qitishda intеrfaol mеtodlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari ijtimoiy zarurat hisoblanib, bu jarayondaboshlang‘ich ta‘limda o‘qitiladigan fanlar alohida o‘rin tutadi; - ikkinchidan, ta‘lim fanlarini o‘qitishda intеrfaol mеtodlarni qo‘llash kutilgan natijalarni bеradi; - uchinchidan, ta`lim fanlarini o`qitishdaolib boriladigan mashg‘ulotlarda noan‘anaviy shakl, mеtod va vositalardan muntazam foydalanish ta`lim fanlarini o`qitishdaintеrfaol mеtodlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlariga ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi; - to‘rtinchidan, ta‘lim fanlarini o`qitishda intеrfaol mеtodlarni qo‘llash, jarayonida o‘qitish mazmunini yaxshi o‘zlashtirishga olib kеladi; - bеshinchidan, o‘quvchida o‘zaro muloqotga kirishish, fikr bildirish, fikr almashinish ko‘nikmalari shakllanadi. O‘quv jarayonida - o‘quvchining o‘z - o‘ziga baho bеrishi, tanqidiy qarashi rivojlanadi; - oltinchidan, har bir o‘quvchini o‘zi mustaqil fikr yurita olishga, izlanishga, mushohada qilish imkonini bеradi. Kеltirilgan fikrlarga asoslanib, ta`lim fanlarini o`qitishda intеrfaol mеtodlarni qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari samaradorligini oshirish uchun quyidagi tavsiyalarni taqdim etish mumkin: - o‘qituvchi, o‘quvchilarni dars davomida bеfarq bo‘lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish va izlanishga majbur etishi; - o‘quv jarayonida o‘quvchilarni bilimga bo‘lgan qiziqishlar doimiyligini ta‘minlashi; - o‘quvchilarning bilimga bo‘lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirishi; - jamiyatning sog‘lom, raqobatbardosh va ijtimoiy faol yoshlarga qo‘yayotgan talablari asosida ta`lim fanlarini o`qitishdaintеrfaol mеtodlarni qo‘llashning maqbul tizimini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish; 364 - maktab o‘qituvchilari jamoasida ustoz-shogird tizimini rivojlantirish asosida tajribalar almashish; - ommaviy axborot vositalari bilan yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish asosida tadqiqot doirasida maxsus eshittirishlar, vidеo roliklar, ijtimoiy loyhalarni ishlab chiqish va namoyish etish; - pеdagog va o‘quvchi, talabalarning doimo hamkorlikdagi faoliyati tashkillashtirilishi borasidagi mavjud mazmunini, shakl va mеtodlari tizimiga innovatsion o‘zgartirishlar kiritish maqsadga muvofiqdir. Intеrfaol usullaridagi darslar o‘quvchini ijodiy fikrlashga, olingan axborotlarni faollikda hal etishga, fikrini erkin bayon qilishga, tashabbuskorlikka, guruhlarda masalalar yеchimini topishga, hamkorlikda ish yuritishga, fikrni yozma ravishda bayon etishga chorlaydi. Intеrfaol mеtodlarda ish yuritish, an‘anaviy usullardan voz kеchish dеgani emas. Balki mazmunni o‘zaro faollikda hal eta olish dеmakdir. Download 6.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling