Ўзбкистон республикаси


Funksional – qiymat tahlili


Download 303 Kb.
bet17/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

5.8.Funksional – qiymat tahlili.
Funksional - qiymat tahlili. Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida keraksiz va ortiqcha xarajatlarni minimal darajaga keltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab chiqarish chog‘ida har tomonlama hisobga olish kerak. Bu masalani ijobiy hal qilishda FQT asqatadi. FQT - obyektni (mahsulot) texnologik va mehnat jarayonlari tizimli tarzda tadqiq qilib, mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - tadbirlarni ishlab chiqadi.
FQT ning asosiy maqsadi-ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari chog‘ida yangi xil mahsulotlarni loyihalashtirish va ularni о‘zlashtirishda ortiqcha xarajatlarning yuzaga kelishiga yо‘l qо‘ymaslik; ishlab chiqarish bosqichida loyiha bо‘yicha kо‘zda tutilgan xarajatlar darajasidan chetga chiqmaslikni; buyumni qо‘llash bosqichida oqlanmagan ekspluatatsion xarajat va yо‘qotishlarni bartaraf qilish va nihoyat, buyumlarni utilizatssiya (chiqitga) chiqarish bosqichida chiqitga chiqarilgan buyumlarni qayta ishlab, ulardan foydalanish jarayonini о‘z ichiga oladi.
5.9.Iqtisodiy tahlilning asosiy axborot manbalari.
Iqtisodiy tahlilning asosiy axborot manba’lari quyidagilar;.biznes - reja ma’lumotlari, buxgalteriya hisobi va hisoboti, statistik hisob va hisobot,, operativ (tezkor) hisob va hisobot, hisobdan tashqari ma’lumotlar. Ushbu sanab о‘tilgan ma’lumotlar ichida eng asosiysi buxgalteriya hisobi va hisobot hisoblanadi, chunki taxminan 70 foiz ma’lumotlarni iqtisodiy tahlil buxgalteriya hisobidan oladi.
Tahlil qilish jarayonida hisobdan tashqari ma’lumotlardan ham foydalanish katta samara beradi. Tahlil qilish jarayonida hisobdan tashqari ma’lumotlardan ham foydalanish katta samara beradi. Bularga: tekshirish va taftish aktlari, moliya va soliq idoralari, bankning bajargan tahlil natijalari, laboratoriya va tabobat nazorati materiallari, korxona mehnat jamoasining umumiy majlis materiallari kiradi.
Iqtisodiy tahlil qilishning samarasi avvalambor, hisobot ma’lumotlarining sifatiga bog‘liq. .

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling