Nazorat va muhokama uchun savollar va topshiriqlar
1.Tahlilda qо‘llaniladigan iqtisodiy-matematik usullarga umumiy ta’rif.
2.Korrelyatsion-regression usulni qо‘lashning afzalliklari nimada?
3.Integral usulini qо‘llashning mohiyati nimada?
4. Omillar tizimini determinallashgan modellarda aks ettirishning asosiy jihatlari.
5. Tahlil usullarini taokomillashtirish masalalari nimalardan iborat?
V-MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA ULARNING AXBOROT MANBALARI
Reja:
5.1.Xо‘jalik faoliyatini tahlil qilishning turlarini turkumlash va ularning boshqaruv funksiyasi.
5.2.Xо‘jalik faoliyatini joriy (retrospektiv) tahlili.
5.3.Tezkor (operativ) tahlil.
5.4.Istiqbol tahlili.
5.5.Moliya – iqtisodiy tahlil.
5.6.Texnik – iqtisodiy tahlil.
5.7.Taqqoslama (korxonalararo) tahlil.
5.8.Funksional – qiymat tahlili.
5.9.Iqtisodiy tahlilning asosiy axborot manbalari.
5.10.Iqtisodiy tahlilda qо‘llaniladigan ma’lumotlar manbalarini tо‘g‘riligini tekshirish usullari.
5.11.Tahliliy hisoblar va tahlil natijalarini rasmiylashtirish.
5.1. Xо‘jalik faoliyatini tahlil qilish turlarini turkumlash va ularning boshqaruv funksiyalari
Tahlil turlarini turkumlash - ularni umumlashtirish va bir tizimga keltirishga, eng muhim tomonlarini aniqlashga hamda ushbu fanning istiqbolda yanada takomillashtirish uchun keng imkoniyat ochib beradi. Tahlil turlarini guruhlashtirish belgilariga quyidagilarni kiritish mumkin: tahlilning vazifalari, uni о‘tkazish muddati, qabul qilinadigan qarorlarning xarakteri, korxonalar faoliyatini о‘rganishning asosiy tomonlari, rezervlarni aniqlash usullari, о‘rganiladigan obyekt, tahlil qiluvchi subyekt, о‘rganiladigan hodisalarning kо‘lami, axborotlarni qayta ishlash usullari kabilar. Barcha turdagi tahlilning turlari ularning bajargan vazifalariga qarab quyidagi guruhlarga umumlashtiriladi: biznes-rejaning tig‘izligi va asoslanganligini baholash va uning bajarilishini nazorat qilish, erishiladigan natijalarni oldindan aytib berish va erishilgan natijalarga obyektiv baho berish va shu maqsadda korxona faoliyatiga bog‘liq va bog‘liq bо‘lmagan sabablarni aniq belgilash, ichki xо‘jalik hisobi yakunini о‘tkazish, rezervlarni aniqlash va ularni ishlab chiqarishga jalb etish, kelgusida rejalashtirish uchun asos (baza)ni aniqlash, optimal boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun tahliliy variantlarni tayyorlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |