Ўзбкистон республикаси


Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari


Download 303 Kb.
bet9/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

3.3. Iqtisodiy tahlilning maxsus usullari
Tahlilning usuli unga bо‘ysinuvchi maxsus usullar orqali ifodalaniladi. Korxonalar faoliyatini tahlil qilishda turli maxsus usullar qо‘llaniladi. Shulardan eng asosiylari quyidagilardir:
a) taqqoslash usuli - korxona faoliyatini tahlil qilishning eng asosiy usulidir, zero «barcha narsa taqqoslashda aniqlanadi».
b) guruhlashtirish. U har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tekshirishning ajralmas qismi bо‘lib hisoblanadi. Guruhlashtirish, ayniqsa, amaliy jihatdan ishlab chiqarishda keng qо‘llaniladi. Masalan, yuqorida ta’kidlanganidek tovar mahsuloti ishlab chiqarishga ta’sir qiluvchi omillarni guruhlashtirish (mehnat, mehnat vositalari va mehnat predmetlari omillari) misol bо‘ladi.
v) yetakchi halqani ajratib qо‘yish usuli. Korxona faoliyati tahlil qilinayotgan vaqtda nihoyatda kо‘p dalil va hodisalar uchraydiki, ularni tо‘la tahlil qilish imkoni yо‘qligi uchun bu usuldan foydalaniladi. Bu usul u yoki bu hodisalarning sababini aniqlashdan tashqari texnikani hamda ishlab chiqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish vazifalarini muvaffaqiyatli hal etish imkonini beradi;
g) mutlaq va nisbiy miqdorlar. Mutlaq miqdorlar orqali iqtisodiy kо‘rsatkichlarning umumiy hajmi aniqlanadi. Nisbiy kо‘rsatkichlar esa biznes-rejaning bajarish darajasini va ishlab chiqarishni rivojlantirish sur’atini belgilaydi.
d)dinamika metodi. Muhim hodisalar, jarayonlarning har birini rivojlanishida, deb qarash kerakligini kо‘rsatadi. Demak, bu tahlil qilish jarayonida korxona faoliyati rivojlanayotganda, deb qaraladi va bu bilan uning ishidagi ayrim о‘zgarishlari ochiladi;
ye) indekslar. Ular yordamida ma’lumotlarni qator yillar bо‘yicha taqqoslash mumkin. Bu о‘rinda bazali va zanjirsimon indekslardan foydalaniladi.
j) bartaraf etish (eliminirovaniye) usuli. Xо‘jalik faoliyatiga yuqorida aytib о‘tilgandek juda kо‘p omillar ta’sir qiladi: asosiy, qо‘shimcha, tashqi va hokazo. Bu usul yordamida ushbu omillarni bir-biridan ajratib, alohida tahlil qilishga imkon beradi. Ushbu usul turli usullar bilan amalga oshiriladi, jumladan, zanjirli bog‘lanish usuli bilan ham.

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling