Ўзбкистон республикаси
Iqtisodiy tahlil metodining о‘ziga xos xususiyatlari
Download 303 Kb.
|
Iqtisodiy tahlil
3.2. Iqtisodiy tahlil metodining о‘ziga xos xususiyatlari
Iqtisodiy tahlil usulining eng muhim xususiyatlari quyidagilardan iborat: 1) Xо‘jalik faoliyatiga ta’sir qiluvchi texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil qilish va barcha omillarni tekshirishni muntazam va kompleks tarzda о‘tkazishga yondoshish, tahlil usulining eng muhim xususiyatlaridan biri bо‘lib hisoblanadi. Bu о‘rinda muntazam tahlilni kompleks tahlil bilan almashtirish aslo mumkin emas. Obyektni iyerarxik usul (bо‘ysunish tartibi) orqali boshqarish, masalan, sex korxonaning, korxona birlashmaning, birlashma tarmoqning bir qismi va hokazo sifatida о‘rganish sistemali tahlilga misol bо‘ladi. Kompleks tahlilda barcha kо‘rsatkichlar о‘rganiladi. 2)Tahlil usulining о‘ziga xos xarakterli xususiyatlaridan biri - iqtisodiy kо‘rsatkichlarning hartomonlama bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishida ekanligidir. Bu borada tahlilning vazifasi ana shu sabablarni aniqlashdir. Shuni ta’kidlash kerakki, hatto ayrim olingan iqtisodiy kо‘rsatkichga bir qancha sabablar ta’sir kо‘rsatadi. Binobarin, bu sabablar harakatini aniqlash juda ham murakkabdir. Shu sababli asosiy va hal qiluvchi sabab va omillar ta’sirini aniqlash kerak. Shunday qilib, tahlilning dastlabki sharti xо‘jalik faoliyatiga ta’sir etuvchi sabablarni iqtisodiy belgilariga qarab tо‘g‘ri turkumlash zarur. Masalan, tovar mahsuloti hajmining о‘sish sur’atiga ta’sir etuvchi omillar uch guruhga umumlashtiriladi: 1)Mehnat omillari. Bunga korxonaning ishchi kuchi bilan ta’minlanishi, ish vaqtidan foydalanish va mehnat unumdorligi kiradi. 2)Mehnat vositalari omiliga esa korxonaning asosiy fondlar bilan qay darajada ta’minlanganligi, ularning hajmi, strukturasi (tuzilishi), о‘sish sur’atlari, texnik holati va ulardan foydalanishning samaradorlik darajasi singari masalalar kiradi. 3)Mehnat predmetlari omillari. Bularga korxonaning xom ashyo va asosiy materiallar bilan ta’minlanganligi, ulardan foydalanish, samaradorlik darajasi kabi masalalar kiradi. Yuqorida sanab о‘tilgan omillar о‘ziga xos mustaqil ma’noga ega bо‘lishi bilan birga о‘zaro bir-biri bilan uzviy ravishda bog‘langandir. Download 303 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling