Ўзбкистон республикаси


Nazorat uchun savollar va topshiriqlar


Download 303 Kb.
bet5/29
Sana14.02.2023
Hajmi303 Kb.
#1197006
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
Iqtisodiy tahlil

Nazorat uchun savollar va topshiriqlar
1.Iqtisodiy tahlilning dastlabki boshlang‘ich davri.
2.О‘zbekistonda iqtisodiy tahlilning holati.
3.Iqtisodiy tahlil va bilish nazariyasi.
4.Obyektiv (mavjud) dunyoni bilish jarayonining bosqichlari - jonli mushohada, abstrakt tafakkur, amaliyot.
5.Iqtisodiy tahlil va dialektikaning asosiy tamoyillari.
6.Umumnazariy jihatdan analiz, sintez, deduktsiya, induksiya tushunchalarining mohiyati.
7. Iqtisodiy tahlilning tamoyillari.
8.Rezervlarinng turlari.
II -MAVZU. IQTISODIY TAHLILNING PREDMETI,  VAZIFALARI VA MAZMUNI
Reja:
2.1. Iqtisodiy tahlil mazmuni
2.2. Iqtisodiy tahlilning predmeti
2.3. Iqtisodiy tahlilning vazifalari
2.1. Iqtisodiy tahlil mazmuni
Iqtisodiy tahlil о‘z mazmuni jihatidan turlichadir. Tahlilning ikki xil yо‘nalishi mavjud: moliya - iqtisodiy va texnik - iqtisodiy. Moliya iqtisodiy tahlilda biznes-rejaning bajarilishiga ta’sir kо‘rsatuvchi (texnika, texnologiya, ishlab chiqarishni tashkil etish) kabi omillar о‘rganilmaydi. Texnik-iqtisodiy tahlilda esa texnika va texnologiya hamda ishlab chiqarishni tashkil etishga oid hamma masalalar har tomonlama va chuqur о‘rganilib, uning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga kо‘rsatgan ta’siri ham aniqlanadi.
Tahlil korxona va uning bо‘linmalari faoliyatining hamma tomonlarini о‘z ichiga olgan umumiy hamda ishning qandaydir biror tomoni yoki korxonaning bir necha bо‘g‘inlarini о‘z ichiga olgan tanlanma (tematik) bо‘ladi. Shuningdek, yirik masalalarga bag‘ishlangan, korxonaning kundalik ishini о‘rganishga va ichki imkoniyatlarini topishga qaratilgan tezkor tahlil bо‘ladi.
Qabul qilinadigan qarorlarning xarakteriga qarab, tahlil quyidagilarga bо‘linadi: dastlabki, tezkor, yakuniy va istiqbolli. Tahlil о‘tkazish muddatlari (har kuni, bir oyda va bir yilda) yoki zarur bо‘lishiga qarab ahyon-ahyonda olib borilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlil о‘tkazishning 3 bosqichi mavjud:
1)korxona faoliyatining umumiy iqtisodiy natijalarini kо‘rib chiqishdan boshlanadi, chunki u ishning samaradorligini aniqlash, о‘tgan davrlarga nisbatan о‘zgarishlarni, korxona faoliyatining boshqa tomonlarini bilish imkonini beradi;
2)biznes-rejaning bajarilish darajasiga ta’sir etuvchi eng muhim omillarni tekshirish natijasida ichki xо‘jalik rezervlarini aniqlash;
3)tahliliy tekshirishlar natijalarini umumlashtirish va shu asosda butun rezervlarni о‘z ichiga olgan yig‘ma rezervlarni hisoblash. (tо‘plam rezervlar).

Download 303 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling