Zehnli bola
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
Original BSB II O zbek tili UM 5-11-sinflar 1
O‘quvchi uchun
1.Matnni o‘qing va bo‘sh joylarni foydalanish uchun berilgan so‘zlardan mosini qo‘yib to‘ldiring. (2ta so‘z ortiqcha berilgan) ZEHNLI BOLA (Mo‘g ‘ul ertagi) Burungi zamonlarda chol, kampir va ularning yetti yashar o‘g‘li yashagan ekan. Ularning bitta oti, uchta ozg‘in qora echkisi bor ekan. 1. ……. xaroba uyda yashar ekan. Cholning topgani qozon qaynatishga zo‘rg‘a yetar ekan. Uning o‘g‘lidan umidi katta ekan. Chunki u nihoyatda chaqqon va zehnli bo‘lib o‘sayotgan ekan. Kunlardan bir kuni ularning o‘toviga amaldor kirib kelibdi. U bir kechaga boshpana so‘rabdi. 2. …… odam pastkash va badjahl ekan. Hamma undan qo'rqar ekan. U o'tovga kirganida bola katta kosada qimiz ichayotgan ekan. Bolaga ko‘zi tushishi bilan amaldor xaxolab kulib yuboribdi. - Shu ham tovoq bo‘ldi-yu! 3. …….. emas, haqiqiy g‘o‘la. Bola qimiz ichishdan to'xtab, hayron bo‘lib mehmonga: - Hurmatli janob. Nahotki sizning molingiz shunchalik kam bo‘lsa. Uni mana shu 4. ,,……….“ bilan sug'orish mumkin bo‘lsa? - deb so'rabdi. 5. ……….. qizarib-bo'zaribdi. Javob qaytarishga so‘z ham topa olmabdi. Ertalab u yo‘lga chiqishga tayyorlanibdi. Kechasi bilan echkilar otining qorinbog'ini chaynab qo'yganini sezib qolibdi. 6. ………. qattiq jahli chiqib, cholga: - Keltirgan ziyonni to‘la, bo'lmasa yomon qilaman! - debdi. Bolakay otasini himoya qilib: - Hurmatli mehmon! Otingizning qorinbog'ini echkilar chaynagan. To'lovni echkilardan undirib oling, - debdi. Bu gaplardan keyin amaldor indamay 7. ……… minib, jo‘nab qolibdi. Lekin sal nariga borganda, otning oldingi oyog‘i yumronqoziq iniga tushib, ot munkib ketibdi. Amaldor yerga uchib tushibdi. 8. …………… jahli chiqibdi. Otni qamchi bilan qattiq-qattiq savalay ketibdi. Buni tomosha qilib turgan bolakay xaxolab kula boshlabdi. - Ahmoq 9. ……. , nimaga kulasan? - deb so'rabdi amaldor. - Nimaga kulmay? Xalqning gapi to‘g‘ri ekan. Yolg'on ishlatganning oti yumronqoziq iniga qoqilib, yerga qulaydi. Demak, siz g‘irt yolg'onchi ekansiz! Amaldor uyalganidan bolaga javob ham qaytara olmabdi. U 10. …….. jilovidan tutgancha boshini xam qilib, qorasini o'chiribdi. Dili egrining tili qisqa bo'ladi, deganlari shu bo‘lsa kerak. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling