Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56
Bog'liq
KURS

Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
Sochiluvchan omixta yem yetarlicha bir xil maydalangan mahsulotdir. Uni ishlab 
chiqarishda ingrediyentlar begona aralashmalardan tozalanib, qobiqsizlantiriladi va 
maydalaniladi. Tayyorlanadigan ingrediyentlar meyorlagich va aralashtirgichdan 
о‘tkaziladi. 
Briketlangan omixta yem odatda tо‘liq ratsionli holatda ishlab chiqariladi. 
Briketlar sakkizburchak shaklga ega bо‘lib, uzunligi 160-170 mm, kengligi 70-80 mm, 
qalinligi 30-60 mm. Ularni ishlab chiqarish uchun 
maydalangan ingrediyentlar va pichan aralashmasi tayyorlanadi. Olingan oquvchan 
massa maxsus aralashtirgichga tushadi va bir vaqtning о‘zida undan meyorlangan 
tarqoq melassa ham uzatiladi. Maydalangan ingrediyent, pichan va melassa 
aralashmasidan tashkil topgan massa presslarga tushib, briketlanadi.
Donador (granulali) omixta yem ma’lum diametr va balandlikdagi uncha katta 
bо‘lmagan silindr shaklli granula deb ataluvchi oquvchan massani namoyon qiladi. 
Ishlab chiqarishda: quruq va xо‘l usul granulalar qо‘llaniladi. Granulali omixta yem 
odatda parrandalar va hovuz baliqlarini boqish uchun ishlatiladi.
Galetlar teshikli tо‘g‘ri burchak shaklida kulcha kо‘rinishida bо‘ladi. Uni ishlab 
chiqarish uchun, avval, soluvchan omixta yem olinadi, sо‘ngra undan achitqili xamir 
qorilib, galetlar pishiriladi va quritiladi.
Omixta yem tarkibi va yem-xashaklik qiymati bо‘yicha ikki asosiy guruhga 
bо‘linadi: tо‘liq ratsionli va konsentratli.
2.5. Uskunalarni tanlash va hisoblash 
I.Siloslar miqdori va omborlar maydonini xisoblash. 
Omixta yemning kо‘p sonli komponentlarini joylashtirishda saqlashning normal 
sharoiti va ularning sifati hamda xolatini kuzatish imkoni bо‘lishi kerak. Silos 
korpuslari va xom ashyo omborlari sig‘imini xisoblashda korxona quvvati adabiyotlarda 
berilishicha, 100-150-500 t/s gacha bо‘lgan sexlar uchun saqlash davri quydagi 
muddatlar (sut) da olinadi:
Har bir turdagi xom ashyoni saqlash uchun silosning umumiy meyoriy sig‘imi YE
1
quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi: 


34 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling