Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56
Bog'liq
KURS

Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
Moyli donlarga kungaboqar, paxta, zig‘ir va boshqalar kiradi.Ular omuxta-
yemga yaxlit xolida qо‘shilmaydi, balki yog‘-moy sanoati chiqindilari kunjara va shrot 
holida ishlatiladi.
Moyli ekin donlari yog‘ va oqsilga boy hisoblanadi. Shu bilan birga ba’zi 
turlarida zaharli moddalar (gossipol, sinil kislotasi) ham mavjud. Omuxta-yem tarkibida 
bu moddalar miqdori belgilangan kо‘rsatgichdan ortib ketmasligi kerak. 
О‘t uni omixta-yemning qimmatli xom ashyosi hisoblanadi. О‘t uni о‘rib 
quritilgan о‘tni maydalash orqali hosil qilinadi. О‘t uni oqsil, karotin, A va boshqa 
vitaminlarga boy mahsulot hisoblanadi. 
Omixta-yem ishlab chiqarishda oziq-ovqat qand, kraxmal, patoka, spirt va pivo 
sanoati chiqindilaridan keng foydalaniladi. Qand sanoati chiqindisiga
qand lavlagi turpi (jom) va ozuqaviy patoka (melassa) kiradi. Quritilgan lavlagi turpi 
tarkibida kо‘p miqdorda uglevod mavjud bо‘lib, kavsh qaytaruvchi hayvonlar uchun 
qimmatli ozuqa hisoblanadi. Melassa suyuq kо‘rinishga ega, uning tarkibida 50 % 
gacha eruvchan uglevodlar mavjud. Melassa hayvonlar organizmida juda yaxshi xazm 
bо‘ladi. 
Spirt va pivo chiqindilariga maydalangan don qoldiqlari va quritilgan barda 
kiradi. Bu mahsulotlar tо‘yimliligi jihatidan donga yaqin turadi. 
Hayvon mahsulotlaridan tayyorlangan ozuqalarga baliq uni, gо‘sht uni, suyak 
uni, qon va quritilgan suyak misol bо‘la oladi. Bular hayvon oqsiliga boy qimmatli 
mahsulot hisoblanadi. Omixta-yem tarkibiga yuqori energiya manbai bо‘lgan hayvon 
yog‘lari ham oz miqdorda qо‘shiladi (odatda 2-5 %). 
Omixta-yemlarni minerallar bilan boyitish maqsadida kо‘pgina moddalar-bо‘r, 
fosfatlar, osh tuzi va boshqalardan foydalaniladi. Shuningdek yem tarkibiga xilma-xil 
biologik faol moddalar qо‘shiladi. Ularga vitaminlar, mikroelementlar, antibiotiklar va 
boshqalar kiradi. Bu moddalar hayvonlar sog‘lig‘i uchun muhim hisoblanadi. Biologik 
faol moddalarni quyidagi guruhlarga bо‘lish mumkin: 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling