Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Texnologik sxemani bayoni
Download 1,25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
2.3 Texnologik sxemani bayoni
26 Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана Omixta yemni rejalashtirilgan assortimentda ishlab chiqarish va korxona ishining uzluksizligini ta’minlash uchun xom ashyoning barcha turlari bо‘yicha ma’lum zahira tashkil qilinadi hamda sistematik ravishda tо‘ldirilib boriladi. Ishlov beriladigan xomashyoning asosiy miqdori temiryо‘l transportida va faqat unchalik kо‘p bо‘lmagan qismi avtomobilda yetkazib beriladi. Zamonaviy omixta yem zavodlari bir maromda ishlash uchun temiryо‘l transporti va avtomobil uchun yо‘llar, temir va avtomobil yо‘llaridan xomashyoni qabul qilish uchun mexanizatsiyalashgan qurilmalar va xomashyoni sochma hamda tara kо‘rinishida saqlashga mо‘ljallangan omborlar bо‘lishi kerak. Idishlardagi xomashyo oddiy omborlarda, sochiluvchan kо‘rinishli xomashyo, asosan, silos tipidagi omborlarda va zaruriyat tug‘ilganda oddiy omborlarda saqlanadi. Sun’iy yо‘llarda xomashyoni idishsiz holda yetkazib berish ortib borayapti, buning natijasida idish uchun, shuningdek, ishlab chiqarish joyida xomashyoni idishlarga joylashtirish va iste’mol joyida idishsizlantirish uchun ketadigan harajat kamayadi. Zavodda mavjud bо‘lgan omborlarga xomashyoni tо‘g‘ri joylashtirish uchun, ya’ni ishlab chiqarishga xomashyoning barcha turlarini uzatish imkonini yaratish, shuningdek, uni saqlashnita’minlash maqsadida xomashyoning joylashtirishning oylik tezkor rejasi tuziladi. Xom ashyoni joylashtirish sxemasi tuzilganda mavjud omborlar sig‘imidan ratsional foydalanish zaruriyati, xomashyoning sifatini (masalan, xо‘l proteinning turlicha miqdorga ega bо‘lgan baliq uni partiyalari alohida shtabellarga joylashtiriladi) e’tiborga olgan holda joylashtirish, saqlash jarayonida xomashyoni minimal darajada tashish zaruriyati e’tiborga olinadi. Xom ashyoni joylashtirish rejasini tuzishda ombor maydonining 10 % ombor yumushlari uchun saqlanadi, elevatorlarda esa har bir silos osti konveyeri uchun bitta silos zaxira uchun saqlanadi. Saqlanayotgan xom ashyo uchun doimiy kuzatuv о‘rnatiladi. Saqlashga chidamsizlari ishlab chiqarishga birinchi navbatda uzatiladi. Sifatining yomonlashuvi yoki saqlashda о‘z-о‘zidan qizish holati kuzatilganda, uning chidamliligini ta’minlovchi va xomashyoni omixta yem ishlab chiqarishga qо‘llash uchun zaruriy chora tadbirlar о‘tkaziladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling