Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
Ўзг.
Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана Bо‘r, tuz va boshqa minerallar boshqa turdagi xomashyolardan ajratilgan holda alohida yopiq binolarda saqlanadi. Tuzlarni saqlashda shuni nazarda tutish kerakki, u namiqib, devor suvog‘i, beton devor va pollarni yemiradi. Shu sababli tuz uchun mо‘ljallangan omborlarning poli va devori yog‘och taxtalar bilan qoplanadi. Sо‘tali makkajо‘xori atmosfera namligi tushmaydigan ayvonga yoki omborlarga joylashtirilgan holda saqlanadi. Sо‘tali makkajо‘xorini bevosita yerda saqlab bо‘lmaydi. Moy ishlab chiqarishda yuqori haroratli va past namli shrot olinadi. Bunday holda shrot saqlashga chidamsiz va hattoki, tashishda namlikni jadal yutishi о‘z-о‘zidan qizish jarayonining rivojlanishiga, haroratning ortishiga olib keladi, bu esa о‘z-о‘zidan yonishiga, ma’lum sharoitlarda, hattoki portlashga sabab bо‘lishi mumkin. Xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash. Zaruriyat bо‘yicha omborda saqlanayotgan xom ashyo qayta ishlashga beriladi. Xom ashyoni tozalash va ajratish Omixta yem korxonalariga kelib tushadigan xom ashyolar tarkibida sezilarli darajada aralashmalarga ega. Shuning uchun ularni tarkibidan begona aralashmalarni tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Don massasi tarkibida asosiy ekin turi (bug‘doy, makkajо‘xori, arpa, suli)dan tashqari organik va mineral kelib chiqishli, shu bilan birga metallmagnit aralashmalar xam mavjud. Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini о‘lchamlari va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvchi begona aralashmalardan tozalash uchun havo-elakli separatorlardan foydalaniladi. Yengil aralashmalar esa xavo yordamida tozalaniladi. Yirikligi bо‘yicha bо‘r, tuz, ohak uni va fosfatni nazorat qilish uchun A1- DSM markali elovchi uskunalar qо‘llanadi). Mahsulot g‘alvirga tushgandan keyin aylanma harakat bilan g‘alvir yuzasining butun kengligi bо‘yicha tarqaladi. G‘alvirning qiya holati (3-4 0 ) mahsulotni uskunani bо‘shatish qismi tomon harakatlanishini ta’minlaydi. Bunda elanadigan mahsulotning yirik qismlari qatlam yuzasiga kо‘tarilgan holda mayda qismchalar esa g‘alvirga tushib, uning teshiklari orqali pastga ketadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling