Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hajmiy dozalash.
Ўзг.
Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана bо‘lishi, ikkinchi tomondan esa barcha komponentlar yaxshilab aralashtirilgan bо‘lishi kerak.(10) Dozalash-bu retseptda о‘rnatilgan omixta yem komponentlari porsiyalarini о‘lchash yoki hajmiy о‘lchab berishdir. Tayyorlangan (tozalangan va maydalangan) komponentlar maxsus dozalovchi uskunalar dozatorlarga uzatiladi. Ishlash prinsipiga kо‘ra, dozalashning ikki usuli mavjud: hajmiy va о‘lchanadigan. Hajmiy dozalash komponentlarni uzluksiz о‘lchashni ta’minlaydi, tortiladigan esa dozatorlar konstruksiyasidan bog‘liq holda davriy va uzluksiz о‘lchashni ta’minlaydi. Hajmiy prinsip bо‘yicha dozalovchi uskunalar mahsulotni vaqt birligi oralig‘ida teng hajmda beradi, uskunalar esa komponentni talab qilingan miqdorda davriy yoki uzluksiz о‘lchaydi. Hajmiy dozalash. Eng keng tarqalgani barabanli va tarelkasimon dozatorlardir. Barabanli dozatorlar retseptga katta miqdorda qо‘shiladigan komponentlar uchun, tarelkasimoni esa kam miqdorda kiritiladigan komponentlar uchun qо‘llaniladi. Uzluksiz harakatlanuvchi ODZ-2 xajmiy dozatori hajmiy dozalash tamoyili bо‘yicha ishlaydi, uning unumdorligi barabanning aylanish chastotasi о‘zgarishi bilan boshqariladi.(5) Mahsulot dozator usti bunkeridan chiqib, yumshatkich bellari bilan yumshatilib, baraban yacheykasini tо‘ldiradi, qaysiki, aylanish natijasida uni dozatorning pastki qismiga yо‘naltiradi. Mahsulot harakatlanib, doimiy magnit yoyi orqali о‘tadi va metallomagnit aralashmalardan tozalanadi. Mahsulot dozatorning pastki qismidan yig‘uvchi zanjirli yoki vintli konveyerga qо‘yiladi.. Tarelkasimon tipidagi dozatorlar, avvalo, mineral va qiyin oquvchan komponentlarni dozalash uchun qо‘llaniladi. Bu dozatorlar mahsulotni bir tekisda, uzluksiz uzatilishini, yanada aniqroq dozalashni ta’minlaydi, namuna olishning qulayligi va uning nosozligini bartaraf qilishdagi oddiylikni hamda ta’mirlash qulayligini ta’minlaydi.(4) Sanoatda tarelkasimon dozatorlarning bir necha xil modifikatsiyasi ishlab chiqariladi: DDT-turli komponentlarni dozalash uchun; DT, MTD-3a-minerallar uchun; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling