Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56
Bog'liq
KURS

Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
Bо‘r, tuz va boshqa minerallar boshqa turdagi xomashyolardan ajratilgan holda 
alohida yopiq binolarda saqlanadi. Tuzlarni saqlashda shuni nazarda tutish kerakki, u 
namiqib, devor suvog‘i, beton devor va pollarni yemiradi. Shu sababli tuz uchun 
mо‘ljallangan omborlarning poli va devori yog‘och taxtalar bilan qoplanadi. Sо‘tali 
makkajо‘xori atmosfera namligi tushmaydigan ayvonga yoki omborlarga joylashtirilgan 
holda saqlanadi. Sо‘tali makkajо‘xorini bevosita yerda saqlab bо‘lmaydi. 
Moy ishlab chiqarishda yuqori haroratli va past namli shrot olinadi. Bunday holda 
shrot saqlashga chidamsiz va hattoki, tashishda namlikni jadal yutishi о‘z-о‘zidan qizish 
jarayonining rivojlanishiga, haroratning ortishiga olib keladi, bu esa о‘z-о‘zidan 
yonishiga, ma’lum sharoitlarda, hattoki portlashga sabab bо‘lishi mumkin.
Xom ashyoni qayta ishlashga tayyorlash. Zaruriyat bо‘yicha omborda 
saqlanayotgan xom ashyo qayta ishlashga beriladi. 
Xom ashyoni tozalash va ajratish
Omixta yem korxonalariga kelib tushadigan xom ashyolar tarkibida sezilarli 
darajada aralashmalarga ega. Shuning uchun ularni tarkibidan begona aralashmalarni 
tozalash jarayoni amalga oshiriladi. Don massasi tarkibida asosiy ekin turi (bug‘doy, 
makkajо‘xori, arpa, suli)dan tashqari organik va mineral kelib chiqishli, shu bilan birga 
metallmagnit aralashmalar xam mavjud. Omixta yem ishlab chiqarishda don massasini 
о‘lchamlari va aerodinamik xossalari bilan farq qiluvchi begona aralashmalardan 
tozalash uchun havo-elakli separatorlardan foydalaniladi. Yengil aralashmalar esa xavo 
yordamida tozalaniladi. 
Yirikligi bо‘yicha bо‘r, tuz, ohak uni va fosfatni nazorat qilish uchun A1- 
DSM markali elovchi uskunalar qо‘llanadi). Mahsulot g‘alvirga tushgandan keyin 
aylanma harakat bilan g‘alvir yuzasining butun kengligi bо‘yicha tarqaladi.
G‘alvirning qiya holati (3-4
0
) mahsulotni uskunani bо‘shatish qismi tomon 
harakatlanishini ta’minlaydi. Bunda elanadigan mahsulotning yirik qismlari qatlam 
yuzasiga kо‘tarilgan holda mayda qismchalar esa g‘alvirga tushib, uning teshiklari 
orqali pastga ketadi.


28 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling