Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат
Texnologik sxemani tanlash va asoslash
Download 1.25 Mb. Pdf ko'rish
|
KURS
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана
2.2 Texnologik sxemani tanlash va asoslash
Malumki, don yetishtirish va qayta ishlash jarayonlari minglab yillar avval ajdodlarimiz tomonidan kashf etilgan hamda bu borada halqimiz bebaho tajribalarni qо‘lga kiritgan. Shu qatorda hosil bо‘lgan chiqindilarni qayta ishlab, omixta yem ishlab chiqarish sanoati ham keng suratda rivojlanmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillarida halqimiz ehtiyojini taminlash maqsadida katta mablag‘ evaziga О‘zbekiston chetdan don mahsulotlarini olib kelar, hali oyoqqa turib olmagan yosh davlatimiz uchun bu moliyaviy jihatdan ancha qiyinchiliklarni keltirib chiqarar edi. Davr don mahsulotlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash texnologiyalariga alohida etibor berishni taqozo etdi. Bu borada davlatimiz strategik yо‘nalishlarini belgiladi va pirovard natijada don mustaqilligiga erishildi. 25 Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат Имзо Сана Sohaga yangi texnologiyalarning kirib kelishi qо‘l mehnatini kamaytirdi. Joylarda ekologik muhitning sog‘lomlashishiga katta tasir kо‘rsatdi, mahsulot tannarxi arzonlashdi. Korxonalarda ishlab chiqarish sharoitlari yaxshilanib bormoqda. Tom manoda don industriyasida modernizatsiyalash ishlari olib borilmoqda. Bu esa mahsulotlarning sifati yaxshilanishiga zamin yaratib oz fursatda kо‘p mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini bermoqda. Unumdorligi 150 t/s bо‘lgan omixta yem ishlab chiqarish korxonasida qо‘ylar uchun KS-3 retsepti asosida sochiluvchan omixta yem ishlab chiqarish uchun texnologik sxemani tanlashda omixta yem ishlab chiqarishga belgilangan qonun qoidalarga amal qilingan. Korxona tegirmonining un tortish bо‘limlarida kechadigan texnologik bosqichlar va rejimlar qoidalarga asoslangan holda tuzildi. Bunda yuqori unumdorlikka ega bо‘lgan eng yangi uskunalardan foydalanilgan. Texnologik sxemani va undagi bosqichlarni yem turi va retsepturaga qarab tanlanadi. Malakaviy bitiruv ishi mavzusiga kо‘ra berilgan omixta yem ishlab chiqarish bо‘yicha “Qoida”ga asosan xom ashyo tayyorlash, dozalash, arashtirish va tayyor mahsulot bо‘limlarining texnologik sxemalarini tanladim. Tanlangan texnologik sxemalar bо‘yicha jaryonlarni tashkillashtirish va boshqarishda quyidagi jihatlarni e’tiborga olish lozim: Donlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlashda samarali operatsiyalar о‘tkazish, barcha uskunalarning ishlash rejimiga rioya qilish, xom ashyoni tayyorlashda dondan aralashmalarni unumli ajratib olish va dozalash jarayonini optimallashtirish, aralashtirishda xom ashyolarni tо‘g‘ri turkumlash va nazorat qilish jarayonlari. Tuzilgan texnologik sxemalar quyidagi talabalarga javob berishi lozim: - о‘rnatilgan uskunalar unumdorligining texnik sharoitlariga va texnologik bosqichlarining tavsiya etiladigan ketma – ketligiga, - uskunalarni sxemada qabul qilishni shart bо‘yicha grafik tasvirlanishiga. Download 1.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling