Ўзг.
Вароқ
Вароқ
Хужжат
Имзо
Сана
Sochiluvchan omixta yem yetarlicha bir xil maydalangan mahsulotdir. Uni ishlab
chiqarishda ingrediyentlar begona aralashmalardan tozalanib, qobiqsizlantiriladi va
maydalaniladi. Tayyorlanadigan ingrediyentlar meyorlagich va aralashtirgichdan
о‘tkaziladi.
Briketlangan omixta yem odatda tо‘liq ratsionli holatda ishlab chiqariladi.
Briketlar sakkizburchak shaklga ega bо‘lib, uzunligi 160-170 mm, kengligi 70-80 mm,
qalinligi 30-60 mm. Ularni ishlab chiqarish uchun
maydalangan ingrediyentlar va pichan aralashmasi tayyorlanadi. Olingan oquvchan
massa maxsus aralashtirgichga tushadi va bir vaqtning о‘zida undan meyorlangan
tarqoq melassa ham uzatiladi. Maydalangan ingrediyent, pichan va melassa
aralashmasidan tashkil topgan massa presslarga tushib, briketlanadi.
Donador (granulali) omixta yem ma’lum diametr va balandlikdagi uncha katta
bо‘lmagan silindr shaklli granula deb ataluvchi oquvchan massani namoyon qiladi.
Ishlab chiqarishda: quruq va xо‘l usul granulalar qо‘llaniladi. Granulali omixta yem
odatda parrandalar va hovuz baliqlarini boqish uchun ishlatiladi.
Galetlar teshikli tо‘g‘ri burchak shaklida kulcha kо‘rinishida bо‘ladi. Uni ishlab
chiqarish uchun, avval, soluvchan omixta yem olinadi, sо‘ngra undan achitqili xamir
qorilib, galetlar pishiriladi va quritiladi.
Omixta yem tarkibi va yem-xashaklik qiymati bо‘yicha ikki asosiy guruhga
bо‘linadi: tо‘liq ratsionli va konsentratli.
2.5. Uskunalarni tanlash va hisoblash
I.Siloslar miqdori va omborlar maydonini xisoblash.
Omixta yemning kо‘p sonli komponentlarini joylashtirishda saqlashning normal
sharoiti va ularning sifati hamda xolatini kuzatish imkoni bо‘lishi kerak. Silos
korpuslari va xom ashyo omborlari sig‘imini xisoblashda korxona quvvati adabiyotlarda
berilishicha, 100-150-500 t/s gacha bо‘lgan sexlar uchun saqlash davri quydagi
muddatlar (sut) da olinadi:
Har bir turdagi xom ashyoni saqlash uchun silosning umumiy meyoriy sig‘imi YE
1
quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi:
34
Do'stlaringiz bilan baham: |