Ўзг. Вароқ Вароқ Хужжат


Download 1.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/56
Sana04.11.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1746883
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56
Bog'liq
KURS

Ўзг. 
 
Вароқ 
 Вароқ 
Хужжат 
Имзо 
Сана 
Tо‘ldiruvchining namligi 8 % dan oshganda quritishda yuboriladi. Quritilgan 
tо‘ldiruvchi teshik diametri 1,2 mm bо‘lgan elakda maydalanadi. Yog‘ bilan ishlov 
berilgan (kepak uchun 3 %, maydalangan don uchun 2 % va achitqi uchun 1 %) 
tо‘ldiruvchi dozator osti bunkerlariga, sо‘ng dastlabki aralashma tayyorlash liniyasiga 
uzatiladi. 
Dozalash liniyasida kо‘p komponentli tarozili dozator о‘rnatilgan bо‘lib, 
dozalashning har bir davri 1000 kg, 17 minut davomida tо‘ldiriladi. Mikrokomponentlar 
esa 9-12 minut davomida dozalanadi.
Aralashtirish liniyasi omilarxta yem ishlab chiqarish jarayonini tugatadi. Liniya 
dastlabki va oxirgi aralashtirishdan iborat. Bir porsiya (partiya) yem tayyorlash davri 17 
minutga: aralashtirgichning tо‘lishiga 3 minut, aralashtirishga 8 minut, yuklashga 3 
minut va qо‘shimcha (zaxira) 3 minutga teng.
2.4 Xom ashyo va tayyor mahsulot tavsifi 
Omixta-yem ishlab chiqarish xom ashyolarning quyidagi asosiy turlari mavjud. 
Don omixta-yemning asosiy xom ashyosi hisoblanadi. Omixta-yem tarkibida donning 
ulushi 65-70 % gacha boradi. Donlar xususiyatiga kо‘ra uch guruhga bо‘linadi: 
boshoqli donlar, dukkakli donlar va moyli donlar. 
Boshoqli donlarga bug‘doy, arpa, suli, javdar, jо‘xori, makkajо‘xori, tariq va 
boshqalar kiradi. Bu turli donlar tarkibida kо‘p miqdorda uglevod (kraxmal) va oz 
miqdorda oqsil mavjud bо‘ladi. Boshoqli donlar V guruh vitaminlariga boy hisoblanadi. 
Boshoqli donlar maydalangan holida, ba’zan butunligicha (parrandalar uchun) 
ishlatiladi. 
Omixta-yem 
ishlab 
chiqarishda 
mazkur 
donlarning 
ishlab 
chiqarish 
chiqindilaridan ham foydalaniladi. Don chiqindilariga donli aralashmalar va kepak 
kiradi. Donli aralashma va kepak tо‘yimliligi jihatidan past tursada, ammo vitaminlar va 
minerallarga boyligi bilan dondan yuqori turadi.
Dukkakli donlarga nо‘xot, soya, lyupin va boshqalar kiradi. Bu donlar oqsilga 
(protein) boyligi bilan ajralib turadi. Omixta-yem ishlab chiqarishda dukkakli donlardan 
mahsulotni oqsilga boyitish maqsadida foydalaniladi. 


30 

Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling