"Ziji Kuragoniy" haqida Qozizoda Rumiy G‘iyosiddin Jamshid Koshiy


Abu ja’far Muhammad ibn al-Hasan Nasiriddin Tusiy


Download 80 Kb.
bet6/6
Sana15.06.2023
Hajmi80 Kb.
#1487259
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1459743410 64184

Abu ja’far Muhammad ibn al-Hasan Nasiriddin Tusiy
1201 yilda Tus shahrida (Sharqiy Eron-Xurosonda joylashgan) tugildi. Tus shahri o‘sha vaqtda fan va madaniyat markazi edi. Shu yerda Ibn Sinoning shogirdlari Kamoliddin Muso ibn Yunusning rahbarligida Tusiy ma’lumot oldi. Chingizxonning nabirasi Xulaguxon Ko‘histonni bosib olib Tusiyni o‘ziga ilmiy ishlar buyicha maslahatchi qilib tayinladi. Tusiy taklifi bilan Maroga shaxriga rasadxona quriladi va Tusiy unga rahbar bo‘ladi. Rasadxona zamonaviy asboblar va o‘sha vaqtdagi mashxur ilmiy xodimlardan tashkil topdi. Tusiy ishlari, aniqrogi Tusiy rahbarligida bajarilgan ilmiy ishlar quyidagidan iborat:
- Astronomik kuzatishlar asosida ««Elxon jadvallari» («Zijji Elxoniy») tuzildi;
- Evklidning «Negizlar», «Optika», Arximedning «Doirani o‘lchash haqida», «Shar va silindr haqida», Ptolomeyning «Almagest», Apolloniyning «Konus kesimlari» asarlarini tarjima qilib, ularga sharh yozdi. Ibn Sinoning «Ishorat» asariga ham sharh yozgan.
- Tusiy 40 dan ko‘proq ilmiy asar yozgan bo‘lib ulardan «To‘liq to‘rt tomonlik haqida» (Shaklul-kita), «Kavondul-handasa», «Yorug‘likning akslanishi va sinishi», «Qimmatbaho toshlar haqida kitob», «Meditsina qonunlari» diqqatga sazovordir;
- Falsafa va mantiqqa doyr 50 ga yaqin ilmiy ishlar yozgan. Hozir dunyo kutubxonalarida uning 76 dan ortiq ilmiy ishlari mavjud;
- «Evklidning negizlar kitobiga sharhlar» nomli kitob Uqlidis tahriri ostida yozildi. Kitobda Tusiy parallel to‘g‘ri chiziqlar nazariyasi taraqqiyotida birinchi bo‘lib, beshinchi postulatni uchburchak ichki burchaklari yig‘indisi bilan bog‘laydi.
- Abul-Vafo (940-998) sekans va kosekans funksiyalari va Xorazmiy kiritgan tangens chizigidan foydalanib trigonometrik jadval tuzdi. Tusiy bu ilmiy ma’lumotlardan foydalanib trigonometriyani aloxida fan shaklida astronomiyadan ajratdi.
- Sferik trigonometriyadagi sferik uchburchakalar tomonlari va burchaklari orasidagi munosabatni ifodaladi, sharhlar yozdi, ey kosinusi, tangensi, kotangensi, sekansi va kosekansi tushunchalarini kiritdi.
- «Taxta va tuproq yordamida arifmetikadan to‘plam» kitobida arifmetik to‘rt amallar, darajaga ko‘tarish va ildizdan chiqarish amallari yangi va sodda hind usulida ishlab chiqilgan. Bunda Nasafiy, Koshiy va boshqa olimlar ishidan foydalangan.
Ozarbayjonlik buyuk olim Nasiriddin Tusiy fizika-matematika sohasida ishlagan buyuk alloma hisoblanadi.
Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling