"Ziji Kuragoniy" haqida Qozizoda Rumiy G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
Download 80 Kb.
|
1459743410 64184
"Ziji Kuragoniy" haqida
O‘rta asrda ishga tushgan barcha rasadxonalar o‘z oldiga Quyosh, Oy va oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lgan 5 ta sayyoraning yulduzlar fonidagi harakatlarini o‘rganish; astronomik kuzatishlar asosida astronomik doimiyliklarning qiymatlarini hisoblab topish; mazkur yoritkichlarning o‘rinlarini vaqt bo‘yicha aks ettirish; shuningdek Quyosh yoki Oy ta kvimlariga tegishli jadvallar va boshqa yordamchi astronomik jadvallarni hisoblash, yulduzlarning koordianatalari, ayrim yirik shaharlarning geografik koordianatalarini aniqlab, ularni jadvalda aks ettirish kabi vazifalarni qo‘yardi. Binobarin o‘rta asr rasadxonlari faoliyatining katta qismi olingan kuzatish materiallari asosida jadvallar tuzishga sarfladi. Mazkur jadvallar odatda "zij" deb yuritilar edi. Fors olimlarining qo‘lyozmalarida bu atama VII asrdan boshlab uchraydi. Xususan Muhammad al-Xorazmiy o‘zining asosiy astronomik asarini Bag‘dod xalifi Ma’munga bag‘ishlab "Zij al-Ma’muniy", Umar Xayyom Isfaxon sultoni Malikshoxga bag‘ishlab "Zij al-Malikshoxiy", N.Tusiy Xulaguxonga bag‘ishlab "Ziji Ilxoniy", G‘iyosiddin Koshiy esa Ulug‘bekning otasi Shoxruxga bag‘ishlab "ziji Xaqoniy" deb atagan edi. Ulug‘bek rasdxonasi faoliyatining maxsuli "Ziji jadidi Kuragoniy" nomi bilan dunyoga tanildi. "Ziji jadidi Kuragoniy" so‘z boshidan, nazariy qismdan va jadvallardan tashkil topgan bo‘lib jami 430 sahifani tashkil etadi. "Zij"ning jadvallarsiz matnli qismi 60 sahifani, qolgan 370 sahifasi esa astronomik, triogometrik, geografik va astrolyogik jadvallardan tashkil topgan. So‘z boshi atigi 2 sahifadan iborat bo‘lib, unda rasadxonaning tashkil qilinishi va "zij"ni tayyorlashda ishtirok etgan olimlar haqida gap boradi. Nazariy qism esa 4 bo‘limdan (maqoladan) iborat bo‘lib, birinchi bo‘lim o‘sha paytda asosiy taqvimlardan hisoblangan xijriy, Yezdigerd, Jaloliy (U. Xayyom asos solgan). Xitoy va uyg‘ur taqvimlari hamda ularning biridan ikkinchisiga o‘tish haqidagi hisob-kitoblarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi bo‘lim sferik va amaliy astronomiya masalalalridan tarkib topib yoritkichlarning azimutlarini, Makkaga tomon yo‘nalishni aniqlashni hamda yerda aholi punktlarining geografik uzunlama va kenglamalarini hisoblaash usullarini bayon qiladi. Uchinchi bo‘lim Quyosh, Oy va boshqa sayyoralarning harakat nazariyalariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularning astronomik uzunlama va kenglama bo‘yicha o‘rinlarini aniqlash va u bilan bog‘lik hodisalar xususan Quyosh va Oy tutilishlari haqida gap boradi. To‘rtinchi bo‘lim esa uncha katta bo‘lmay, "Boshqa astronomik ishlar haqida"gi ma’lumotlarga, jumladan bir necha sahifasi astrolyogiyaga oid jadvallar tuzishga bag‘ishlangan. 430 sahifali "Ziji Kuragoniy"ning atigi 5 foizi yulduzlar jadvalini tashkil qiladi. Ma’lumki Samarqand olimlari o‘z oldilariga Quyosh, Oy va sayyoralarni sistemalar asosida astronomiyaning doimiyliklarini-ekliptikaning ekvatorga og‘ish burchagini, yillik pretsessiya kattaligini, yulduz yilining uzunligi va shu kabi boshqa kattaliklarning aniq qiymatlarini topish vazifalarini qo‘ygan edilar. "Zij" jadvallaring qariiyb 80 foizi Kuyosh, Oy va sayyoralarga bag‘ishlangan. Turli astronmik hodisalar ayniqsa Quyosh va Oy tutilishlarini oldindan aniqlash maqsadida mazkur tutilishlar kuzatiladigan shaharlarning koordinatlarini aniqlash zarurati to‘g‘iladi. "Zij"da 247 shahar va aholi punktlarining koordinatlari keltirilgan. Ulardan qanchasi bevosita Samarqandda aniqlanganligini aytish qiyin, chunki ularning ko‘pchiligi N.Tusiyning "Ziji Ilhoniy"sida ham keltirilgan. "Ziji Kuragoniy"ning nazariy qismi G‘iyosiddin Koshiy tomonidan dastlab fors tilida so‘ngra arab tilida yozilganligini ma’lum qiladi sharqshunos olim G.Jalolov. Arab tilida yozilgan "Zij"ning oxirgi sahifasida: "Ko‘chirishni...Samarqandda rasadxonasi bo‘lgan Ulug‘bek sultonning o‘g‘li mavlono Sulton yakunladi. Ulamolaring ulamosi bizning Ash-shayximiz ulug‘ as-Said G‘iyosiddin Jamshidning arabcha "Ziji"ning nushasiga yangi rasadxona egasining nabirasi muharrirlik qilgan",-deb yozilgan. Rasadxona, G‘iyosiddin Koshiy va Qozizoda Rumiy vafotidan so‘ng Ali Qushchi rahbarligida to 1447-48 yillarga qadar faoliyat ko‘rsatganidan darak beruvchi dalillar mavjud. Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling