"Ziji Kuragoniy" haqida Qozizoda Rumiy G‘iyosiddin Jamshid Koshiy
Download 80 Kb.
|
1459743410 64184
Ali Qushchi
Malumki, Koshiyning vafotidan so‘ng ko‘p o‘tmay Qozida Rumiy ham vafot qildi. Shundan so‘ng Ulug‘bek rasadxona boshlig‘i qilib Ali Qushchini tayinlaydi. U haqida «Ziji Kuragoniy»ning so‘z boshida shunday so‘zlar yozilgan: «Yoshlikning gullagan va navqiron davrini o‘tayotgan Ali ibn Muhammad al- Qushchi fan va bilimning jang maydonida xuddi qilichdek o‘tkir, uning ilmiy ishlarga rahbarlik qila olishga ishonch shu qadar kuchliki, u haqda gapirib, Ali Qushchining shuhrati, yaqin vaqt ichida, o‘z mamlakatimiz va dunyoning boshqa qisimlari bo‘ylab keng taraladi, deb bemalol aytish mumkin». Olimning to‘la ismi sharifi Alouddin Ali ibn Muhammad al-Qushchi bo‘lgan. Ali Qushchi taxminan 1402 yilda Samarqandda to‘g‘ilib, yoshligida Ulug‘bekning tarbiyasida bo‘lgan va unda astronomiyaga qiziqish uyg‘otishda ustozning roli katta bo‘lgan. Ali ibn Muhammadga «Qushchi» taxallusi berilishining boisi dastlab u saroyda ovchi (burgut ovlovchi) lavozimida ishlaganidan deb ma’lum qiladi tarixiy manbalar. Ulug‘bek uni o‘ziga yaqin olib «o‘g‘lim» deb atagan. Astronomiyaga katta qiziqish bildirib, rasadxona ishlay boshlagach, vaqt o‘tishi bilan u Ulug‘bekning ilmiy hamkoridan yaqin do‘stiga aylangan. Karmanada qo‘shimcha ta’lim olib qaytgach, o‘z ishiga sadoqat bilan kirishib, Ulug‘bekning ishonchli shogirdi va yordamchisi bo‘lib qolgan. Astronomik kuzatishlarga moxirligi va chuqur bilimi evaziga «o‘z davrining Bitlimusi (Ptolemeyi)» degan taxallus olgan. - «Hisob risolasi» va «Astronomiya risolasi» degan ilmiy risolalarni yozdi (1474 y). Bu asar Hind arifmetikasi (o‘nlik sistemasi), astronomlar arifmetikasi (oltmishlik sistema) va geometriyadan tuzilgan bo‘lib, Osiyo mamlakatlarida o‘quv qo‘llanma bo‘lib xizmat qilgan; - «Kaerlar haqida risola» kitobida kaerlar bilan matematik amallarni bajarish haqida yozadi; - matematik amallarni bajarish va tekshirish qoidalarini ishlab chiqqan; - Ali Qushchi «AL-Muhammadiya» kitobining kirish qismida «Har bir son musbat va manfiy bo‘ladi» deb boshlab, musbat va manfiy sonlar haqida yozadi; - uchburchak va doira sirt yuzini topish formulalarini chiqaradi; - «Astronomiyaga oid risola» kitobida oldin matematik (geometrik) tushunchalar haqida yozib kitobning keyingi qismida moddalar to‘rt unsur: o‘t, havo, suv va tuprokdan tuzilgan, deb ta’lim beradi; - Yulduz va sayyoralar harakatlari, perigey (past) va apogey (yuqori) masofalari, Quyoshdan uzoqligi, o‘rni haqida jadval tuzadi. Quyosh va Oy tutilishlarini hisoblaydi; - Ulug‘bek vafotidan keyin 15 ming jild kitobdan tuzilgan kutubxonani Ali Qushchi boshqargan. Rivoyatlarga qaraganda bu kitoblarning bir qismi Hazrat Bashar qishlogidagi (Samarqand viloyati) tepalikka yashirilgan. Ayrim tarixchilar, jumladan, akademik V.Bartold ham Ulug‘bek vafotidan (1449 yil) so‘ng rasadxona o‘z faoliyatini to‘xtatdi, xususan Ali Qushchi ham Samarqandni tashlab ketdi, deb yozadilar. Biroq astronom G.Jalolov Samarqand rasadxonasi xodimlarning faoliyatini ko‘p yillar tadqiq qilib, o‘zining "Samarqand rasadxonasi astronomlarining ayrim e’tiborga loyiq fikrlari" maqolasida Ali Qushchi Ulug‘bek vafotidan keyin uzoq yillar Temurning evarasi, Samarqand xokimi Abdusaid Mirzoning davrida ham rasadxona ilmiy ishlarini davom ettirganini va Abdusaid Mirzoga bag‘ishlab "Sharx at-Tajrid al-Kalom" asarini yozganini ma’lum qiladi. Abduraxmon Jomiyning shogirdi Jomiy tarjimai xolining mualifi Abdalvosi an–Nizomiy ham "Makomati madlaviy Jomiy" asarida, Ali Qushchi Xirotda Jomiy bilan uchrashib suhbat qurgani va suhbatda Ali Qushchi astranomiya bo‘yicha bir necha asarlar va sharxlar yozish rejasi borligining shuningdek Rumga ko‘chish niyati borligini ma’lum qiladi. Jomiy Ali Qushchiga keksaygan paytida bunday uzoq safarga otlanishiga e’tiroz bildirgan. Biroq Qushchi o‘z fikridan qaytmagan. "Uzoq yo‘l yurib Ali Qushchi Rumgacha yetib bordi biroq shundan so‘ng ko‘p vaqt o‘tmay, Xirotga uning o‘limi haqida xabar yetib keldi",- deb yozdi Abdalvosi an-Nizomiy. Shunday qilib, tarixiy manbalar Ali Qushchining 1474 yilda Istambulda vafot qilganligi va Abo Ayyub Ansoriy mozoriga dafn etilganidan dalolat beradi. Ali Qushchi "Astranomiya ilmi haqida risola", "Geometrik masalalar va astronomiya", ""Ulug‘bek ziji"ga sharh", "Samo pog‘onalari", "Astronomiyadan bosh (katta ) xulosa" kabi astronomik va turk sultoni Muhammad II ga bag‘ishlangan "Arifmetikadan Muhammad risolasi", "Arifmetikaning qaymog‘i", "Geometriya haqida risola", "Arifmetik qoidalar va geometriya haqida kursatmalar risolasi" kabi matematik asarlarining va "Xitoynoma" deyluvchi tarixiy asarning muallifidir. Mirim Chalabiy, Husayn Birjandiy, Bahovaddin Omuliy, Najmiddin- Alixon kabi Ali Qushchining boshqa shogirdlari ham ustoz ishlarini davom ettirib, ilmiy maktab ishlariga sharhlar yozib, yangi kashfiyotlar qildilar va asarlar yozdilar; Download 80 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling