Zilzila ta'sirida zamin mustahkamlik ko'rsatkichlarini o'zgarishi zilzila, yer qimirlash
Gyandja zilzilasi Gyandja zilzilasi
Download 243.49 Kb.
|
ZILZILA TA\'SIRIDA ZAMIN MUSTAHKAMLIK KO\'RSATKICHLARINI O\'ZGARISHI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Buyuk Xitoy zilzilasi Buyuk Xitoy zilzilasi
- Yamayka zilzilasi
- Messina zilzilasi Messina zilzilasi
- Toshkent zilzilasi
Gyandja zilzilasi Gyandja zilzilasi — hozirgi Ozarbayjon hududining Gyandja shahri yaqinidagi 1139-yili 30-sentabr kuni boʻlgan 11 ballik zilziladir. Oqibatda 230 ming kishi halok boʻldi, 8 ta koʻl hosil boʻldi (Geygel ko'li). Bu zilzila tarixdagi eng falokatli 5 zilzilalar toifasiga kiradi.
Buyuk Xitoy zilzilasi Buyuk Xitoy zilzilasi (xit. 嘉靖大地震) — Shensi provinsiyasida 1556-yil 23-yanvar kuni sodir boʻlgan. Salkam 830 000 kishi halok boʻldi. Epetsentr Vey daryosi vodiysida boʻlib, Xuasyane shahri butkul yoʻq boʻldi. 20 mlik yoriqlar paydo boʻldi, 500 kmlik hududga zilzila taʼsir koʻrsatdi. Zilziladan soʻng ancha vaqt aftershok holati kuzatildi. Yamayka zilzilasi 1692-yilning 7-iyun kuni tahminan 11:43 da Port-Royal shahrida sodir boʻlgan. 2 ming kishi sunami oqibatida, 3 ming kishi tarqalgan kasallik va jarohatlar oqibatida halok boʻldi. Ulugʻ Sitsiliya zilzilasi Sitsiliya tarixidagi eng kuchli zilziladir, 1693-yil Etna vulqoni otilishi ortidan sodir boʻldi. 60-100 ming kishigacha insonlar halok boʻldi. Shundan soʻng arxetikturaning barokko uslubining yangi koʻrinishi „sitsiliya barokko“si yaraldi. Messina zilzilasi Messina zilzilasi Messina zilzilasi (ital. Terremoto di Messina) 1908-yil 28-dekabr kuni soat 5:20 da Sitsiliya va Appenin yarimoroli oʻrtasida 7.8 magnitudada sodir boʻldi. 3 m lik sunami yuzaga keldi. Halok boʻlganlar soni turli maʼlumotlarga koʻra 200 minggacha boʻlgan. Ashxabod zilzilasi Rixter shkalasi boʻyicha 7.3 ballik zilzila 1948-yil 6-oktabr kuni mahalliy vaqt boʻyicha 02:17 da sodir boʻldi. Zilzila Oʻchogʻi Ashxabod shahrining ostida 18 km chuqurlikda joylashgan edi. Markazda MSK-64 shkalasi boʻyicha tebranishlar 9-10 balgacha yetgan. Shahar toʻliq buzildi, 35 ming kishi vafot etdi. Toshkent zilzilasi Asosiy maqola: Toshkent zilzilalari 1966-yil 26-aprel soat 5 dan 22 minut 52 sekund oʻtganda Toshkentda qattiq yer qimirlash roʻy berdi. Zilziladan avval kuchli portlashdagi kabi tovush eshitilib, shahar chekkasida shafaq koʻrindi. Ilmiy tekshirishlarning natijalariga koʻra, shafaqning kelib chiqishiga sabab, yer ostida yigʻilgan tektonik kuchlanishning yer yuzasiga chiqishi vaqtida elektr energiyasiga aylanishidir. Zilzila oʻchogʻi 5-10 km chuqurlikda joylashgan. Zilzila energiyasi 1014 joulga yaqin, epitsentrda uning kuchi 8 ballga yetgan. Zilzila markazi (Qashqar mahallasi va Labzak oʻrnida) vertikal zarblar kuchining magnitudasi (M) 5,3 ga, silkinish 8 balldan ziyod, maksimal vayronalik zonasi 10-12 km2 ga teng boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi choʻziqroq shaklda boʻlib, shimoli-gʻarbdan janubi-sharqqa yoʻnalgan. Zilzila natijasida atrofga seysmik toʻlqinlarning soʻnib borishi natijasida 8, 7, 6 balli maydonlar ajratilgan. Yerning 2-3 Gs chastotada tebranishi 10-12 daqiqa davom etdi. 9-maydan 10-mayga oʻtar kechasi, 24-may va 5-iyunda kuchli (6-7 ball) silkinishlar takrorlangan. Zilzila natijasida 2 mln. m2 dan ziyod turar joy, 236 maʼmuriy bino, 700 ga yaqin savdo va umumiy ovqatlanish shoxobchalari, 26 kommunal xoʻjalik korxonasi, 180 ga yaqin oʻquv yurti, 8 ming oʻrinli maktablar, 36 madaniy-maishiy muassasa, 185 tibbiyot va 245 sanoat korxonasi binolari zarar koʻrdi, 78 ming oila yoki 300 ming kishi boshpanasiz qoldi, qurbonlar boʻldi. Asosiy tebranish 1966-68-yillar mobaynida bir qancha aftershoklar bilan davom etdi. Markaziy seysmik stansiya birinchi kuchli zarbadan soʻng silkinishlarning 2500 dan ortiq takrorlanganini qayd qildi. Zilzila ortidan paydo boʻlgan sunami Download 243.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling