Zilzilaning manbasi, energiyasi va magnitudasi haqida tushuncha


Download 494.97 Kb.
Pdf ko'rish
Sana06.05.2023
Hajmi494.97 Kb.
#1433813
Bog'liq
kG1oHZbLvtiF76frK2g7MuNh3D14ojeMlzBujybp



Zilzilaning manbasi, energiyasi 
 va magnitudasi haqida tushuncha 
Zilzilaning magnitudasiga va zilzila vaqtida ajralib chiqadigan 
energiyaning miqdoriga to‘liqroq baho berish uchun ro‘y beradigan 
jarayonni sxematik ravishda tasvirlab (1.9-rasm), ba’zi yuqorida ko‘rib 
o‘tgan tushunchalarimizni yana bir bor qaytarishimizga to‘g‘ri keladi.
Ro‘y bergan zilzilaning kuchi (intensivligi) er sirtining har xil joylarida 
turlicha bo‘ladi. Bu asosan plitaning manbada uzilgan o‘lchamlariga, u 
erdagi materialning xossalariga, ajralib chiqqan energiyaning miqdoriga 
va gipotsentrdan er sirtigacha bo‘lgan masofaga bog‘liqdir.
Manba deganda plitaning uzilgan joyi (hajmi), ya’ni energiya 
ajralib chiqqan joy - atrof muhit tushuniladi (1.9-rasmda shtrixlangan 
joy manbadir). Gipotsentr (fokus)—manbaning shartli markazi bo‘lib, 
uzilish ro‘y bergan joyning markazi hisoblanadi. Er sirtida, ya’ni 
epitsentr atrofida bir xil kuch bilan silkingan nuqtalarni tutashtiruvchi 
yopiq egri chiziq izoseysta deb ataladi (1.9-rasm). 


1.9-rasm. Manba, gipotsentr, epitsentr va izoseystalar sxemasi
 


Misol tariqasida, bo‘lib o‘tgan zilzilalarning magnitudala- ri bilan 
tanishamiz: Nobida (1891y.) -M=8,4; Janubiy Amerika- Kolumbiyada 
(1906y.) - M=8,6; Sanrikuda (1933y.) - M=8,5; CHilida (1960) - 
M=9.3-9.5; Xitoy-Tyanshanda (28 iyul 1976y.) - M=7.8; Meksika –
Mexikoda (18-19 sentyabr 1985y.)- M=8.1 va M=7.9; Arme- niya-
Spitakda (7 dekabr 1988y.) - M=7.2; Rossiya-Neftogorskda (27 may 
1995y.) - M=9.0; Indoneziya-Sumatrada (26 dekabr 2004y.) -M=9.1; 
Gaitida (12 yanvar 2010y.) - M=7.0; CHilida (27 fevral 2010y.) - 
M=8,8; YAponiyada (11 mart 2011y.) – M=9.0-9.1
bo‘lgan. 
Zilzila vaqtida ajralib chiqkqan energiyaning katta qismi seys- mik 
to‘lqinlar shaklida har tarafga tarqaladi. Seysmik to‘lqinlar tarqalib 
turgan (davom etgan) vaqtni hisobga olgan holda zilzila jarayonida 
hosil bo‘lgan to‘liq energiya aniqlanadi. 
Adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlarga qaraganda ba’zi kuchli 
zilzilalar vaqtida ajralgan energiyalarning taqribiy qiymati quyidagicha: 
YAponiya-Kantoda (1923y.) - 10
23 
erg, Santamada (1931y.)-10
21
erg, 
Sanrikuda (1933y.) - 10
25 
erg, Tonankoyda (1944y.) - 10
24 
erg, 
Mikovada (1945y.) - 10
22 
erg, Ashxabodda (1948y.) - 10
23 
erg, Hait - 
Tojikstonda (1949y.) - 10
24 
erg, CHilida (1960y.) - 10
25
erg bo‘lgan.


1.10-rasm. Chilidagi zilzila epitsentrining Er shari aylanish o‘qiga 
nisbatan joylashishi 


Sunami haqida tushuncha 
Hozirda ishlatiladigan sunami so‘zi aslida yaponcha bo‘lib, u «su-
na-mi» degan bo‘g‘inlarni birlashishi natijasida paydo bo‘lgan so‘zdir. 
Uning so‘zma – so‘z tarjimasi «ko‘rfozdagi katta to‘lqin» ma’nosini 
bildiradi.
Okean tubida sodir bo‘ladigan zilzila yoki vulqon otilishi katta 
uzunlikdagi o‘ta kuchli dengiz to‘lqinlarini, ya’ni sunamini vujudga 
keltiradi. Ba’zi hollarda bu to‘lqinlar quruqlikka 30-40 m balandlikdagi 
to‘lqin bo‘lib, quruqlik bo‘yicha 10 km gacha bo‘lgan masofaga kirib 
borishi mumkin (1.11-rasm). Sunami keltirgan ofat zilzila hosil qilgan 
ofatlardan ham ayanchli bo‘lgan hollar mavjud. 


1.11 - rasm. Sunamining qirg‘oq yaqinidagi ko‘rinishi 


1.12-rasm. 11 mart 2011y. YAponiyada sodir bo‘lgan zilzila hosil qilgan 
sunami to‘lqinlarining okeanda tarqalishi


1.13- rasm. Sunami to‘lqinining qirg‘oqqa yaqinlashgan sari
o‘zgarib borishi 


Zilzilalar va sunamilarning keltirgan ofatlari haqida 
qisqacha ma’lumot 
Kuchli zilzilalar misli ko‘rilmagan vayronagarchiliklar va 
halokatlarni olib keladi. Zilzilalar keltirib chiqaradigan halokatlar 
geologik halokatlarning ichida eng ashaddiysi hisoblanadi. XX asrda 
vulqon otilishi natijasida 100 000 yaqin insonlar hayotdan ko‘z yumgan 
bo‘lsa, zilzilalar natijasida halok bo‘lganlarning soni bundan 25 barobar 
ko‘pdir. Bundan tashqari kuchli zilzilalar er sirti relefini o‘zgartiradi, er 
qobig‘ida joylashgan plitalarning ko‘chishiga olib keladi, katta-katta 
yoriqlar paydo qiladi, er sirtida ko‘tarilish va cho‘kishlarni hosil qiladi, 
daryo o‘zanlarini o‘zgartiradi va borliq sun’iy qurilgan bino-inshootlarni 
vayron qiladi (1.15-rasm). 



1.15- rasm. 11-mart 2011 yilda YAponiyada sodir bo‘lgan zilzilaning er 
sirtida hosil qilgan cho‘kish-ko‘tarilishlari 
 va paydo bo‘lgan yoriqlar 

Download 494.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling