Zini boshqaruv tashkilotlarda jismoniy madaniyatni boshqarish tizimlari


O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy


Download 251.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana09.02.2023
Hajmi251.65 Kb.
#1180579
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
O\'Z O\'ZINI BOSHQARUV TASHKILOTLARDA JISMONIY MADANIYATNI BOSHQARISH11

2.1 O’quv yurtlariga ega bo’lgan davlat idoralari va ularning jismoniy 
tarbiya va sport sohasidagi vazifalari 
Xalq xo‘jaligining barcha sohalari bo‘yicha mutaxassis xodimlarni tayyorlash 
ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunda taraqqiy etgan mamlakatlarning ish 
tajribalaridan maqsadli foydalanilmoqda. Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti va 
davlatlararo qo‘shma korxonalarning yurtimizda faoliyat ko‘rsatishi zamon 
talablari asosida kadrlar tayyorlashni taqozo etmoqda. Boshqa davlatlar kabi 
O‘zbekistonda ham yangi asrda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va sport taraqqiyoti 
uchun katta ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, buyuk kelajakning sog‘lom 
avlodlarini tarbiyalab etishtirish, bo‘lajak o‘qituvchi, shifokor, muxandis, aktyor, 
rassom va barcha sohalardagi mutaxassislarni jismoniy kamolot sari etaklash 
buguniing 
muhim 
vazifalaridan 
biridir. 
Jismoniy 
jihatdan 
barkamol 
mutaxassislarni tarbiyalab etishtirishda o‘quv yurtlariga ega bo‘lgan vazirliklar, 
davlat qo‘mitalari, konqernlar, davlat kompaniyalari o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. 
Ma‘lumki, o‘quv yurtlarining dasturlari hamda o‘quv rejalari Xalq ta‘limi va Oliy 
va o‘rta maxsus ta‘lim vazirliklari tomonidan ishlab chiqilsada, ular boshqa 
sohalardagi vazirliklar tarkibidagi barcha o‘quv yurtlarida bevosita qo‘llaniladi. 
Ular asosan o‘quv yurtlarini moliyaviy, moddiy-texnik jihatdan ta‘minlashda 
xizmat qiladi. SHunga ko‘ra, o‘quv yurtlari uchun ishlab chiqilgan yagona 
«Jismoniy tarbiya» dasturi barcha turdagi o‘quv yurtlarida qo‘llaniladi. O‘quv 
yurtlarining asosiy qismi Xalq ta‘limi va Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirliklari 
tarkibida bo‘lsada, tibbiyot, savdo, qishloq va suv xo‘jaligi, texnika, qurilish va 
boshqa sohalardagi vazirliklar hamda qo‘mitalar tarkibida ham o‘rta maxsus va 
oliy o‘quv yurtlari mavjuddir. Ularda jismoniy tarbiya darslari, sport turlari 
bo‘yicha mashg‘ulotlar, ommaviy sog‘lomlashtiruvchi sport tadbirlari Davlat 
dasturi asosida olib boriladi. «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari asosida 
bo‘lajak mutaxassislarning jismoniy kamolotini oshirish ishlari amalga oshiriladi. 


24 O‘quv yurtlariga eta bo‘lgan barcha davlat idoralarida «Jismoniy tarbiya va 
sport to‘g‘risida»gi Qonun, «Sog‘lom avlod uchun» davlat dasturi, davlat ta‘lim 
standarti talablari amalga oshiriladi. 

Download 251.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling